Test natijasini ko‘rish yanada oson
Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida
test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar
test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham
o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.
Buning uchun mazkur saytdagi
“Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
test topshirilgan fanlar;
har bir fan bo‘yicha
test topshiriqlari soni;
har bir fan bo‘yicha
to‘g‘ri javoblar soni;
har bir fan bo‘yicha
umumiy to‘plangan ball;
har bir test topshirig‘iga
to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri javob berilganligi.
Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube