Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Telegram kanalining logotibi dtmnukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA Q
Telegram kanalining logotibi dtmnukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Kanal manzili: @dtmnukus
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19
Kanalning ta’rifi

Тест 2019/2020
Каналнинг манзили
👇👇👇👇👇👇↙️↙️↙️↙️

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-06 12:04:54 ​​Bitiruvchi sinf óquvchilari bilan uchrashuv va test topshiriqlarini aprobatsiyadan o’tkazish davom etmoqda
342 views09:04
Ochish/sharhlash
2021-02-05 17:18:39 Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

2021-yil 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlangan bo‘lib, 5-fevral kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.

Talabgorlarning murojaatlariga asosan, hujjatlarni qabul qilish 10-fevral kuniga qadar (10-fevral kuni ham) uzaytirildi.

Test sinovlari esa 24-25-fevral kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
276 views14:18
Ochish/sharhlash
2021-02-05 13:15:40 ​​Bitiruvchi sinf óquvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi
290 views10:15
Ochish/sharhlash
2021-02-05 13:04:51 Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari qanday o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun o‘tkazilayotgan test sinovlaridan lavhalar





Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
232 views10:04
Ochish/sharhlash
2021-02-05 11:58:42 Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash imtihoni natijalari

2021-yil 24-25-yanvar kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari bilan Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan (https://dtm.uz/page/cefr) “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali tanishish mumkin.

Apellatsiya uchun arizalar, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida qabul qilinadi.

Barchangizga omad tilaymiz!!!

- - -

Объявлены результаты тестовых испытаний по определению уровня знаний иностранного языка, проведенных в 24-25 января 2021 года.

Результаты тестовых испытаний можно узнать через «Персональный кабинет» на сайте dtm.uz (https://dtm.uz/page/cefr)

Заявления на апелляцию принимаются в течение пяти рабочих дней со дня объявления результатов.

Желаем всем удачи!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
198 views08:58
Ochish/sharhlash
2021-02-04 15:43:19
Diagnostik test sinovlari

Davlat test markazi tomonidan har hafta payshanba kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi test sinovlari 4-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Test sinovida ishtirok etish orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda va test topshiriqlari kitobi hamda javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishmoqda.

Mazkur xizmatdan 2 xil usulda foydalanish mumkin:

Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirish.

Test materiallarini olib ketib, ishlab bo‘lgandan so‘ng, o‘z natijasini bilish uchun qayta taqdim etish (buyurtma).

O‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali har hafta mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
209 views12:43
Ochish/sharhlash
2021-02-02 09:30:12 Davlat test markazi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan test sinovlari

2020-yilda
Davlat test markazi tomonidan 29 turdagi imtihon o‘tkazildi. Mazkur imtihonlarda jami ishtirok etishi belgilanganlar soni 1,6 mln. nafardan ortiqni tashkil etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
73 views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-02 08:40:45 Abiturientler hám olardıń ata-anaları dıqqatına!

Mámleketlik test orayı tárepinen 2021/2022 oqıw jılı ushın joqarı oqıw orınlarına kiriw test sınaqları formatındaǵı diagnostikalıq testler islep shıǵıldı.

Bul arqalı abiturientler tek ǵana ózleriniń bilimin sınawdı emes, jańadan usınılıp atırǵan 5 pánnen test materialları (test tapsırmaları kitabı hám juwapler beti) menen islesiw kónlikpesine iye boladı..

Test sınaqlarında qatnasıw ushın talapkerler http://my.dtm.uz/ saytı arqalı dizimnen ótiwleri hám kerekli maǵlıwmatlardı kiritken halda test variantlarına buyırtpa beriwleri múmkin.

Diagnostik test sınaqları menen baylanıslı maǵlıwmatlardı alıw ushın Mámleketlik test orayınıń Qaraqalpaqstan Respublikası bólimine múráját etiwińiz múmkin.
Mánzil: TATU Nókis filialı, Doslıq gúzarı 154-jay.
Telefonlar: 61-226-08-37, 93-489-83-28, 93-487-30-82
211 viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2021-02-01 19:28:16 Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-fevral kuni “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.

Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.

Bitiruvchi (abituriyent) test sinovi jarayonida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plasa, ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Loyiha bilan to‘liq tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/document/28636

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
111 views16:28
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:53:15 ​​2021 yil 1 fevral kuni Nukus tumanidagi 1-sonli umumta`lim maktabida davra suhbati tashkil etildi
133 views11:53
Ochish/sharhlash