Get Mystery Box with random crypto!

@Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz D
Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✦Davlat Test Markazining "Norasmiy" sahifasiga xush kelibsiz !
⚡Abituriyentlar hayoti haqida tezkor xabarlar.
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari
👤Admin : @BillionaireTM
@ConsultingRobot
✅Reklama xizmati : @rek_info

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-08-30 07:00:20
Yuridik texnikum mandat natijalari chiqdi

2021-yil 27-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari bilan texnikum.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

Mandat chiqqanda birinchilardan bo'lib e'lon qiladigan kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
21.8K viewsНазир, 04:00
Ochish/sharhlash
2021-08-29 17:40:01 Akademik litseylarga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va Akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
26.5K viewsНазир, 14:40
Ochish/sharhlash
2021-08-29 17:09:02
ТEЗКОР ХАБАРЛАР

Президент мустақиллик байрами арафасида янги фармонга имзо чекди!


Қарорда айтилганки .....
22.9K viewsTHE TRUTH , 14:09
Ochish/sharhlash
2021-08-29 16:02:40
Diqqat Yangi Kasallik

O'zbekistonda yangi kasallik qayd etildi. Mandatvirus deb nomlangan ushbu kasallik bilan qariyb 1.5 mln yoshlar chalingan.
Alomatlari bosh og'rig'i, sabrsizlik, jizzakilik. Iloji boricha abituriyentlardan uzoqroq yurishlariz so'raladi. Yuqish tezligi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Kasallik tuzalishi yoki kuchayishi mandat chiqishiga bog'liq.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
27.8K viewsMustafo, edited  13:02
Ochish/sharhlash
2021-08-29 11:16:59
Yangi o‘quv yilidan Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘qish haftasiga 5 kun bo‘ladi

Institut ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra, shanba talabalar uchun mustaqil tayyorgarlik kuni, professor o‘qituvchilar uchun metodologik kun deb e’lon qilingan. — SSV

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
26.2K viewsНазир, 08:16
Ochish/sharhlash
2021-08-28 19:42:59
Xushnudbek Mandat javoblari qachon chiqishi mumkinligini aytdi

Uning aytishicha: Yakuniy mandat javoblari kechikganining sababi harbiy bilim yurtlarining mandatlarini chiqishini kutgani bo'lgan.

Chunki, harbir OTM ga kirolmaganlarning ham nomzodlari oddiy OTMlarga birlashtirilib, keyin yakuniy qaror chiqariladi

Demak mana harbiy o'quv yurtlarining mandatlari chiqdi, endi navbat yakuniy mandatga!

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
30.4K viewsНазир, 16:42
Ochish/sharhlash
2021-08-28 15:59:01
#digital_OTM

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab barcha davlat OTMda talabalar o‘quv varaqasi, guruh jurnali, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari hamda aylanma varaqalari raqamlashtiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Raximjon Xakimov bilan intervyu.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
27.0K viewsНазир, 12:59
Ochish/sharhlash
2021-08-28 13:33:57
Mandat bugun chiqadi-mi?!

Telegram ijtimoiy tarmog'ida 2-3 kundan buyon mana shu rasmdagi xabar keng tarqalmoqda. Xabarda aytilishicha, go'yoki, bugun, 28-avgust kuni mandatga bosh vazir Abdulla Aripov imzo qo'yadi va natijalar aynan kechasi e'lon qilinadi. Necha aynan kechasiligi ham aytilgan!

Yetmaganiga, 28-avgust kuni abituriyentlarga uxlamaslik ham maslahat berilgan. Ammo DTM call center (1195) raqamiga bog'lanib aniqlashicha, ushbu xabarlar haqiqatdan yiroq va faqatgina rasmiy kanallardan xabar berilishini kutishimiz kerak.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
22.6K viewsㅤㅤㅤСирожиддин , edited  10:33
Ochish/sharhlash
2021-08-25 23:04:29
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Endilikda abituriyentlar topshirgan yo'nalishida nechta abituriyent topshirgani va nechanchi o‘rinda turganini bilish imkoniyati mavjud bo‘ldi


To‘liq ma'lumot olish uchun BATAFSIL O‘QISH ni bosing
2.8K viewsMustafo, 20:04
Ochish/sharhlash
2021-08-25 19:07:28 ​​​​#Tezkor

Mandat natijalari​​ 31-avgustga qadar eʼlon qilinishi kerak!!!

Tana harorati yuqori boʻlgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni boʻlib oʻtdi va natijalar eʼlon qilindi.

Demak, test sinovlarining oxirgi kuni 23-avgust hisoblanadi.

Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, tegishli nizomga koʻra, test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin BIR HAFTA MUDDAT ICHIDA (+7 kun) yani 31-avgustga qadar mandat natijalari eʼlon qilinishi kerak.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
15.1K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, edited  16:07
Ochish/sharhlash