Get Mystery Box with random crypto!

@Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz D
Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✦Davlat Test Markazining "Norasmiy" sahifasiga xush kelibsiz !
⚡Abituriyentlar hayoti haqida tezkor xabarlar.
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari
👤Admin : @BillionaireTM
@ConsultingRobot
✅Reklama xizmati : @rek_info

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2021-08-02 09:00:09
Yevropaning nufuzli universitetlaridan birida tahsil olishni istaysizmi?

Varshava menejment universiteti
Andijonda o'z filialini ochishi munosabati bilan bakalavriat hamda magistraturaga talabalar qabulini e'lon qiladi.

Talabalar suhbat orqali qabul qilinadi.
Hech qanday imtihon olinmaydi!

Darslar rus va ingliz tilida olib boriladi.

Oʻrinlar chegaralangan!

Ro'yhatdan o'tish
: https://collegiumhumanum.online/

Shoshling, birinchilar qatorida bo'lish imkinini qo'ldan boy bermang!

@Humanum_uz

Call center:
+998 90-203-20-00
+998 90-203-30-00
+998 90-203-40-00

Sayt | Instagram | Telegram
16.4K viewsFurqat Abdurayimov, 06:00
Ochish/sharhlash
2021-08-02 08:20:31
Abiturientlar uchun ajoyib motivatsiya!

- Imtihonda hayajonni bosish;
- Qo'rquvni yengish;
- Imtihonga dadil kirib borish sirlari;
- Imtihon haqida noto'g'ri tushunchalar.


Ushbu videoni imtihon topshirmoqchi bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashing! In Sha Alloh manfaatli bo'ladi!

P.S. Fursatdan foydalanib, yurtimizning barcha bo'lg'usi talabalari(abiturientlari)ga muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz!

MuhammadAli Eshonqulov

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
19.0K viewsНазир, edited  05:20
Ochish/sharhlash
2021-08-01 20:05:23
Bilimsiz farzandlarini pora bilan oʻqishga olib kirishga harakat qiladigan ota-onalarga aytar soʻzim shu:

Iltimos, undan koʻra shu pullarni farzandingizga bevosita bilim berishga sarflang. Zero ertaga qoʻlida bir parcha qogʻozi (diplomi) boʻlsayu, lekin bilimi boʻlmasa, hayotda bir umr qiynalib oʻtishi mumkin.


Bloger va Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning nutqidan

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
23.0K viewsНазир, 17:05
Ochish/sharhlash
2021-08-01 19:35:39
Vaksina olmagan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi-mi ?

Batafsil maʼlumot

https://t.me/Abituriyentlar/417
15.8K viewsНазир, 16:35
Ochish/sharhlash
2021-08-01 18:22:56 "Testsiz oʻtayotgan 1-avgust!

Vah-vah-vah... Bundan bir necha yil oldin ushbu kunda butun Oʻzbekiston “qaynar” edi.

Barcha mobil operatorlar bir xil yolgʻon bahona, yaʼni “texnik profilaktika ishlari” tufayli mobil internetni oʻchirishardi. Ammo nima uchun oʻchganini yosh bola ham bilardi. Lekin ular bizni ahmoq qilishardi goʻyo... Mobil internetning bir necha soat ishlamasligi ortidan biznesga bir necha millionlab zarar yetardi, ammo masʼullar boshqacharoq zamonaviy yoʻlni qidirib koʻrmas, xuddi hech narsani bilmaganday oʻsha ibtidoiy yoʻldan borishardi...

Hamma imtihonga shoshgan, yuz minglab taqdirlar shu 2-3 soat ichida hal boʻlardi. Oʻzbekiston kelajagi shu 3 soatlik qum soat ichiga qamab qoʻyilgan edi goʻyo...

Minglab insonlar shu birgina kunni kutishar, shu birgina kun ortidan yuz minglab dollar (balki bir necha million dollardir, kim bilsin) ishlab olishardi...

Ehheyeeye, yana qanchadan-qancha xotiralar bilan qoldi, bu 1-avgustdan.

Bugun esa 1-avgust — oddiy kun. Avgust oyining birinchi sanasi xolos. Mana ketma-ket 2 yildirki 1-avgustda hatto test sinovlari ham boʻlayotgani yoʻq. Hamma xotirjam. Hech narsa oʻchmagan (mabodo oy oxirida abonent toʻlovini qilmagan boʻlsangiz, oʻchgandir balki). Hammasi bip-binoyiday ishlab turibdi.

Aytmoqchimanki, oʻzgarishlar oʻz qoʻlimizda. Faqat ozzzzgina xohish va ozzzzgina siyosiy iroda boʻlsa yetarli. Boshqa sohalarga ham mana shu ozzzzgina xohishdan ozzzzgina berishsa, gullab ketardi koʻp narsa.

Sizda ushbu kun bilan bogʻliq qanday xotiralar qolgan?

Keling, yana bir bor 1-avgust - test sinovlari bilan bogʻliq balki shirin, balki achchiq, balki quvnoq, balki qaygʻuli xotiralarni yodga olamiz.

Izohlarda fikrlaringizni kutaman." - deydi Xushnudbek

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
24.0K viewsНазир, 15:22
Ochish/sharhlash
2021-08-01 13:01:54
Test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar manzili

Davlat test markazi rasmiy veb saytining "Stadionlar va xiyobonlar" bo‘limi orqali quyidagi ma’lumotlarni bilan olishingiz mumkin:

Stadion va xiyobonlar rasmi;
Manzilga kirib borish joylari;
Stadion va xiyobonlar nomi;
Stadion va xiyobonlar manzili;
Sektor raqamlari;
Guruhlar joylashuvi;
Stadion va xiyobonlarning Google-maps xaritasidagi geolokasiyasi

Raqamlarga ahamiyat bermang!
Ushbu ma’lumotlar o‘tgan yilga tegishli, guruh va sektor raqamlari o‘zgarsa ham, joy nomiga aloqasi bor ma’lumotlar o‘zgarmaydi!

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
24.6K viewsНазир, 10:01
Ochish/sharhlash
2021-08-01 10:18:01
Tanishuv: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Jurnalistlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliygoh Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat O'zbekistonda bor. Va biz jurnalistikani amaliyotda o'rganishni tavsiya qilamiz.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
23.8K viewsНазир, 07:18
Ochish/sharhlash
2021-07-31 21:00:17 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.

Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
26.5K viewsНазир, 18:00
Ochish/sharhlash
2021-07-31 18:24:09
Keyingi yildan magistraturaga mutaxassislik fanlaridan imtihonni ham DTM o‘tkazadi — vazir

“Bu yil vaqt qisqaligi uchun mutaxassislik fanlaridan olinadigan imtihonni DTMga o‘tkazishga ulgurmadik. Kelasi yilgi qabuldan mutaxassislik fanlaridan imtihonlar ham DTMga o‘tkaziladi. Bitiruvchi bakalavrlar buni bilishi kerak”, dedi Abduqodir Toshqulov.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
25.0K viewsНазир, 15:24
Ochish/sharhlash
2021-07-31 17:38:08 Imtihon boshlanish vaqti nima uchun 1 soat erta yozilgan ?

ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali abituriyentlar ruxsatnomasi olinadmi, va Pasport serasi va raqamini va 14 ta raqamni yani JSHSHIRni qanday kiritamiz ?

Botlar orqali Abituriyentlar ruxsatnomasini nima uchun ololmayabman ?

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
23.7K viewsMustafo, edited  14:38
Ochish/sharhlash