Get Mystery Box with random crypto!

MRDIda ijodiy imtihonlar sanasi va oʻtkazilish vaqti aniq boʻl | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

MRDIda ijodiy imtihonlar sanasi va oʻtkazilish vaqti aniq boʻldi

Milliy rassomlik va dizayn institutida joriy oʻquv yilida kasbiy (ijodiy) imtihonlar “Chizmatasvir” va “Kompozitsiya” fanlaridan oʻtkaziladi hamda amaliy ishni bajarish uchun har bir fanga 160 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Quyida

• Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilish sanalari (yoʻnalishlar kesimida) vaqti va tartibi

• Kasbiy (ijodiy) imtihon mavzulari (kompozitsiya va mutaxassislik fanlaridan)

• Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga berilishi mumkin boʻlgan vazifalardan namunalar

• Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturlari va baholash mezonlari bilan tanishing.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 28-iyul sanasidan 5-avgust sanasiga qadar institutning bosh binosida yoʻnalishlar kesimida oʻtkaziladi. Bunda 7-avgust zaxira kuni hisoblanadi.

2021/2022 oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilish vaqti va tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi