Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 24

2022-05-24 08:30:23
Ba'zi bir abituriyentlarning miyyasini mana shunaqa tozalash kerak

Siz ham tozalanishni istaysizmi?

Tik-tok bilan Instagramga mukkasidan ketgan tanishlarizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
4.7K viewsJasurbek Niyozov, 05:30
Ochish/sharhlash
2022-05-23 19:57:06 ​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-28-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
4.2K viewsJasurbek Niyozov, 16:57
Ochish/sharhlash
2022-05-23 18:55:05
#Ana_xolos #DAXSHAT

Abituriyentlar buni kutmagandi


IMTIHON dan keyin javoblar varaqasi almashib qoladimi?

Aniq javobni quyidagi link orqali bilib oling
4.6K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2022-05-23 13:30:33
Toshkentda birinchi bo‘lib qayerning elchixonasi ochilgan?
Anonymous Quiz
32%
AQSH
14%
Xitoy
42%
Rossiya
12%
Turkiya
2.1K voters5.9K viewsJasurbek Niyozov, 10:30
Ochish/sharhlash
2022-05-23 13:30:33
O‘rtayer dengizining sharqiy
qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan
hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan qadimgi davlatni aniqlang?
Anonymous Quiz
17%
Xet
27%
Mitanni
32%
Finikiya
24%
Ossuriya
1.5K voters5.2K viewsJasurbek Niyozov, 10:30
Ochish/sharhlash
2022-05-23 12:59:01
Abituriyentlarga super xushxabar

Bu yilgi imtihonlarda tushushi mumkin boʻlgan, 2021 yildagi imtihonlarda tushgan namunaviy testlarni topdik


O'zingizga kerakli fanlarning ustiga bosing va testlarni bepul yuklab oling

Ona tili
Adabiyot
Matematika
Kimyo
Tarix
Fizika
Rus tili
Ingliz tili
Biologiya
Geografiya
5.1K views𝐒𝐡𝐚𝐲𝐝𝐨𝐢 𝐉𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭, 09:59
Ochish/sharhlash
2022-05-23 08:29:02 #tushgan #savollar #imtihon2021

Amir Temur 1370 yilda kim bilan urushadi?
Amir Husayn

moturidiyga atab qaysi shaharda yodgorlik majmuasi barpo etilgan?
Samarqand

Xivada turar joy solig'i nima deb atalgan?
O'tov solig'i

1924-yil 12-iyulda kim O'rta Osiyoni milliy chegaralarga bo'lishni taklif qilgan?
Stalin

Ilk o'rta asrlarda qaysi hudud hukmdorlari dastlab malikshoh keyinchalik yabg'u deb atalgan?
Toxariston

1902-yilda qaysi qo'zg'olon sodir bo'lgan
Matyoqub pishiq

Qoraqalpoqlarda XVII-XVIII asrlarda vujudga kelgan shaharlar qaysi?
Chimboy va Qo'ng'irot

Qaysi shayboniy hukmdori davridan Buxoro xonligi deb atala boshlangan?
Ubaydullaxon

Buyuk meridianal yo'lga "Ipak yo'li" nomi kim tomondan berilgan?
Rixtgofen (1877-yil.)

Marg'inoniy qayerda tug'ilgan
Farg'ona, Rishton

Qo'qon xonligi tugatilgach, uning o'rnida qaysi viloyat tashkil qilingan?
Farg'ona

Hidoya asarining muallifi kim?
Marg'inoniy

"Oq kiyimlilar" qo'zg'oloni rahbari Muqannaning qarorgohi qaysi?
Som qal'asi

Ikkinchi jahon urushi davrida 15 nafar bolani o'z bag'riga olgan oila qaysi?
Shoahmad Shomahmudov va Bahri Akramovalar

2007-yilda 2750 yilligi nishonlangan shahar qaysi?
Samarqand


Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
6.1K viewsJasurbek Niyozov, 05:29
Ochish/sharhlash
2022-05-22 20:29:17
1,5 мингдан ортиқ ташаббускорлар тадбири — “Талабалар фестивали” бўлиб ўтди

Тошкент давлат юридик университетида “Ёшлар ҳаётида беш муҳим ташаббус” шиори остида ташкил этилган фестиваль доирасида 23 та лойиҳа, танлов ва ҳуқуқий акция ўтказилди.

Ундаги лойиҳа ва танловларни ўтказиш бўйича талабаларнинг ўзи ташаббускор бўлди ҳамда уларда 1 минг 546 нафар талаба иштирок этди.

Якунда 244 нафар талаба диплом ва пул ютуқлари билан, 32 нафар талаба ташаккурнома билан тақдирланди.

@DTM_Axboroti_uz
3.3K viewsJasurbek Niyozov, edited  17:29
Ochish/sharhlash
2022-05-22 18:59:02 #Tarqating

Va nihoyat abituriyentlar uchun super imkoniyatlarga ega bot yaratildi — @mandat_2022bot

Oʻtgan yilgi o'tish ballari - 00:00
Yo'nalishlar bo'yicha o'tish ballari -
Yo'nalishlarning fanlar majmuasi - 00:28
Fanlarga mos yo'nalishlar roʻyxati - 00:33
Oliygohlardagi mavjud yo'nalishlar - 00:40
Ballarga mos universitetlar ro'yxati - 00:49

Barchasini @mandat_2022bot — yordamida "shest sekundda" bilib oling!

@mandat_2022bot
@mandat_2022bot
@mandat_2022bot

Botdan foydalanish hozircha BEPUL!
4.0K viewsReklama menejer, 15:59
Ochish/sharhlash
2022-05-22 13:30:25 ​Bilasizmi?! O'tgan yilgi abituriyentlarning 36% qismi 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, o'tgan yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan. Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.

56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?
Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kirish ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham koʻrish mumkinki, kirish ballari anchayin past, Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt
4.9K viewsJasurbek Niyozov, 10:30
Ochish/sharhlash