Get Mystery Box with random crypto!

ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ| ᴘᴇʀsᴏɴᴀʟ ʙʟᴏɢ

Telegram kanalining logotibi drjasurbek_blog — ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ| ᴘᴇʀsᴏɴᴀʟ ʙʟᴏɢ
Telegram kanalining logotibi drjasurbek_blog — ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ| ᴘᴇʀsᴏɴᴀʟ ʙʟᴏɢ
Kanal manzili: @drjasurbek_blog
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.52K
Kanalning ta’rifi

Bir ojiz banda.Allohning quli
-hayotim haqida
-shaxsiy fikrlar
-tibbiy baza
Blog oʻzim va sizga manfaat keltirishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni joylab boraman!
©Creator @Dr_Emro

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-06 18:41:24 Men ham shu terapiya kursining tarbiyalanuvchisiman. Tibbiyot talabalariga tavsiy qilaman sizlar ham ustozdan ilm oling In Shaa Alloh manfaatli bo'ladi!
1.2K viewsجَسورْ, 15:41
Ochish/sharhlash
2023-04-06 17:35:32
#maksimal_tarqating

"iMED Team" Terapiya kursiga yangi qabul boshlandi!

Kardiologiya va Pediatriya kursimizga 3 oylik Terapiyadan so'ng qabul qilinasiz. Chunki bu muddat davomida aholi o'rtasida keng tarqalgan barcha kasalliklarni o'rganib olasiz.

Kursimizni muvaffaqiyatli tugatgan ayrim talabalarning fikrlari bilan tanishing
https://t.me/iMed_onlayn_kurslar

Sahifalarimizga a'zo boʻling va manbalar bilan tanishib oling
Telegram | You Tube

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun
@manager_iMedteam
1.0K viewsجَسورْ, 14:35
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:02:28 #videodarsliklar
GASTROENTERELOGIYA

Qiziloʻngachning anatomik-fiziologik xossalari. EZOFAGIT.

Gastroezofagial Reflyuks

Barret Qiziloʻngachi

Oshqozonning anatomik-fiziologik xossalari 1-qism

Oshqozonning anatomik-fiziologik xossalari 2-qism

Oʻtkir Gastritlar

Surunkali Gastritlar

Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yara kasallliklari

Oʻt pufagi anatomo-fiziologik xossalari. Oʻt va xolesterin sintezi.

Oʻtkir xolesistit

Oʻt - tosh kasalligi

Oʻt yoʻllari diskineziyasi

Surunkali xolesistitlar

Oshqozon osti bezining anatomik-fiziologik xossalari

OʻTKIR PANKREATIT

Surunkali Pankreatit

Mustaqil oʻrganish istagi boʻlgan barchaga bu videodarsliklarni tavsiya qilamiz! Shuning uchun bu postni maksimal tarqatishga oʻz hissangizni qoʻshing.

Telegram sahifamiz
https://t.me/iMed_team
1.1K viewsجَسورْ, 06:02
Ochish/sharhlash
2023-04-05 07:56:06 Angela Merkel va o’zbek shifokori Angela Merkel, siyosiy maydondan ketgunicha dunyoning eng qudratli ayoli deb tan olingan inson. U Germaniya yurtboshisi bo’lib xizmat qildi. Oladigan oyligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi to’lanadigan liderlar qatoriga kiritilar…
982 viewsجَسورْ, 04:56
Ochish/sharhlash
2023-04-05 07:55:07 Angela Merkel va o’zbek shifokori

Angela Merkel, siyosiy maydondan ketgunicha dunyoning eng qudratli ayoli deb tan olingan inson. U Germaniya yurtboshisi bo’lib xizmat qildi. Oladigan oyligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi to’lanadigan liderlar qatoriga kiritilar edi. Har oyda 35 000 € atrofida oylik olar edi.*


O’tgan kuni bir do’stim bilan gaplashdim. U Germaniyada oftalmolog. Praxisga ega. Praxis bu klinika. Xususiy klinika emas, davlat tomonidan yordam qilinadigan klinika. Huddi bizdagi xususiy klinikalar kabi ishlaydi, ammo mijozlar kelishini davlat ta’minlaydi. Ya’ni mijoz ortidan quvishga ehtiyoj yo’q. Mutaxassis vazifasi bemorlarni ko’rish va davolash. Klinikani yurgizishga ham javobgar. Undagi ishchilarga (reception, yordamchi hodimlar va hok) oylik to’lashga, klinika binosi uchun ijara to’lash va hokazolarga javobgar. Har bir ko’rilgan bemor uchun davlat pul to’laydi.


Germaniyada mutaxassis shifokor imkoniyatlari ancha keng. Oftalmolog sifatida bir oyda 30 000€ topish mumkin. Bu operatsiya qilmagan holda. Agar operatsiya qilsa oyiga 40 000€ dan ko’proq topish mumkin.**


Bu postni o’qib fikr bildiruvchilarni uch guruhga ajratish mumkin bo’ladi. Biri bizning jamiyatda shifokorlar qadri haqida gapiradi va negativ munosabatda bo’ladi. Ikkinchisi esa shifokor maqsadi pul topish bo’lmasligi, xalq xizmatida bo’lishi haqida gapiradi. Uchinchisi esa o’ziga xulosa chiqaradi va indamasdan harakatini qiladi.


Nega Merkel haqida yozdim? Shunchaki hozirgi kunda institutni bitirish arafasida turgan yosh o’zbek talabasini fokusni bir joyga qo’yib aniq maqsad bilan harakat qilsa 7-8 yildan keyin qanday imkoniyatlarga erishishi mumkinligi haqida yaqqol misol qilish uchun.

Yana bir qo’shimcha sifatida shuni aytish mumkin. Bu raqamlar kuniga 8 soat (8 dan 4 gacha), haftasiga 5 kun ishlagandagi ko’rsatkich. Merkel haftasiga 40 soatdan ko’p ishlagan bo’lsa kerak.

Hukumat rahbaridan ko’ra ko’proq oylik topish mumkin ekanligi haqidagi fikrni ayrimlar aslo hazm qila olmaydi. Ammo qora jentra olishni hayotdagi asosiy maqsadiga aylantirish hech qanday savol tug’dirmaydi.

Harakat qilgan odam esa nafaqat bu fikrni hazm qila oladi, balki Merkeldan ko’proq oylik topa oladi.

Hammaga salomatlik tilab.

Bek Olimjon
04.04.23
Norvegiya
877 viewsجَسورْ, 04:55
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:10:16 Doktor Shermatov Bekzod Husanovich tomonidan "SEPSIS" mavzusida ovozli chat online darslari.


Albatta tinglang siz uchun juda foydali ma'lumotlar berilgan
Sizlar uchun eng foydali, toʻgʻri ma'lumotlarni berib boramiz

Bizni kuzatishda davom eting

𝙳𝚁.𝙹𝙰𝚂𝚄𝚁𝙱𝙴𝙺
1.0K viewsجَسورْ, 16:10
Ochish/sharhlash
2023-04-04 17:14:29 O'tkir gastritning klinik belgilari!

#gastrit

-Ishtahaning yo'qolishi
-Ko'ngil aynishi
-Epigastral sohada og'riq
-Qayt qilish
-Og'riq bosim va yonish xissini beradi
-Og'izdan yomon hid kelishi
-Meteorizm
-Diareya
-Holsizlanish

Yuqoridagi klinik belgilarning bir nechtasi agar sizda nomoyon bo'lsa Gastroenterolog yoki Terapevt shifokorga murojaat qiling shifokor tavsiyasiga amal qiling!

𝙳𝚁.𝙹𝙰𝚂𝚄𝚁𝙱𝙴𝙺
1.1K viewsجَسورْ, 14:14
Ochish/sharhlash
2023-04-04 09:14:19 Surish vs surmaslik

Oldingi postda tanlov narxi degan tushuncha haqida yozgan edim. Bugun ana shu tanlov narxi tushunchasi bo'yicha chetga ketish va ketmaslikni ijobiy va salbiy tomonlariga to'xtalamiz.

Mening auditoriyam asosan tibbiyot odamlari. Shuning uchun vaziyatga imkon qadar aniqlik bilan qarash maqsadida fikr eksperimenti o'tkazamiz. Bundagi misol tibbiyot instituti talabasini o'qishni tamomlab Germaniyaga yoki AQShga ketishi va u yerda mutaxassislik darajasiga erishishi misolida keltiramiz.

Surish ijobiy jihatlari
- $$
- ota-onasi, aka-ukasi va ular farzandlariga yordam bera olishi
- zamonaviy tibbiyot bilan ishlash imkoniyati
- xalqaro tajribaga ega bo'lish imkoniyati
- haqiqiy ilmiy izlanish bilan shug'ullana olishi
- ish beruvchi tomonidan qadrlanishi (boshliqdan hech qachon so'kish eshitmasligi)
- farzandlariga ko'proq vaqt ajratishga imkoniyati bo'lishi
- farzandlar sifatli ta'limi kafolatlanganligi
- farzandlarni kelajakdagi ishidan havotirda bo'lmasligi
- to'y qilish tashvishidan qutula olish imkoniyati
- shaxsiy rivojlanishga kengroq imkoniyatlar
- sayohat qilishga kengroq imkoniyatlar
- o'z tajribasi bilan o'rtoqlasha olishi (shu jumladan o'zbek tilida)
- erkinlikni kengroq his qila olishi
- ...

Surish salbiy jihatlari
- ota-onadan uzoqda bo'lishi
- do'stlardan uzoqda bo'lishi
- farzand tarbiyasidagi havotirlar
- e'tiqod borasidagi havotirlar
- ...

Surmaslik ijobiy jihatlari
- ota-ona yonida bo'lishi
- jamiyat bir qismi bo'lish hissi
- farzand tarbiyasidan unchalik havotirga tushmasligi
- e'tiqod borasidagi havotirlar yo'qligi
- xalq xizmatida bo'lishi
- ...

Surmaslik salbiy jihatlari
- bitirgandan keyin poliklinikada UASH bo'lib ishlashga mahkumligi
- mutaxassis bo'lish imkoniyatlari cheklanganligi
- moddiy kamchiliklar his qilishi
- farm sanoatga qul bo'lish havfi
- topayotgan puli halol ekanligiga shubha qilishi
- farzandlariga vaqt ajratish imkoni cheklanganligi
- erkinlik hissi yo'qligi
- boshliqdan so'kish eshitish
- komfortda yashashi
- ...

Ko'rib turganingizdek fikrlar to'liq emas. Sizningcha yana qanday + va - jihatlari bor?

Agar izohlarda yozishni hohlamasangiz @aloqaol_bot ga yozishingiz mumkin.
1.1K viewsجَسورْ, 06:14
Ochish/sharhlash