Get Mystery Box with random crypto!

Surish vs surmaslik Oldingi postda tanlov narxi degan tushunc | ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ| ᴘᴇʀsᴏɴᴀʟ ʙʟᴏɢ

Surish vs surmaslik

Oldingi postda tanlov narxi degan tushuncha haqida yozgan edim. Bugun ana shu tanlov narxi tushunchasi bo'yicha chetga ketish va ketmaslikni ijobiy va salbiy tomonlariga to'xtalamiz.

Mening auditoriyam asosan tibbiyot odamlari. Shuning uchun vaziyatga imkon qadar aniqlik bilan qarash maqsadida fikr eksperimenti o'tkazamiz. Bundagi misol tibbiyot instituti talabasini o'qishni tamomlab Germaniyaga yoki AQShga ketishi va u yerda mutaxassislik darajasiga erishishi misolida keltiramiz.

Surish ijobiy jihatlari
- $$
- ota-onasi, aka-ukasi va ular farzandlariga yordam bera olishi
- zamonaviy tibbiyot bilan ishlash imkoniyati
- xalqaro tajribaga ega bo'lish imkoniyati
- haqiqiy ilmiy izlanish bilan shug'ullana olishi
- ish beruvchi tomonidan qadrlanishi (boshliqdan hech qachon so'kish eshitmasligi)
- farzandlariga ko'proq vaqt ajratishga imkoniyati bo'lishi
- farzandlar sifatli ta'limi kafolatlanganligi
- farzandlarni kelajakdagi ishidan havotirda bo'lmasligi
- to'y qilish tashvishidan qutula olish imkoniyati
- shaxsiy rivojlanishga kengroq imkoniyatlar
- sayohat qilishga kengroq imkoniyatlar
- o'z tajribasi bilan o'rtoqlasha olishi (shu jumladan o'zbek tilida)
- erkinlikni kengroq his qila olishi
- ...

Surish salbiy jihatlari
- ota-onadan uzoqda bo'lishi
- do'stlardan uzoqda bo'lishi
- farzand tarbiyasidagi havotirlar
- e'tiqod borasidagi havotirlar
- ...

Surmaslik ijobiy jihatlari
- ota-ona yonida bo'lishi
- jamiyat bir qismi bo'lish hissi
- farzand tarbiyasidan unchalik havotirga tushmasligi
- e'tiqod borasidagi havotirlar yo'qligi
- xalq xizmatida bo'lishi
- ...

Surmaslik salbiy jihatlari
- bitirgandan keyin poliklinikada UASH bo'lib ishlashga mahkumligi
- mutaxassis bo'lish imkoniyatlari cheklanganligi
- moddiy kamchiliklar his qilishi
- farm sanoatga qul bo'lish havfi
- topayotgan puli halol ekanligiga shubha qilishi
- farzandlariga vaqt ajratish imkoni cheklanganligi
- erkinlik hissi yo'qligi
- boshliqdan so'kish eshitish
- komfortda yashashi
- ...

Ko'rib turganingizdek fikrlar to'liq emas. Sizningcha yana qanday + va - jihatlari bor?

Agar izohlarda yozishni hohlamasangiz @aloqaol_bot ga yozishingiz mumkin.