Get Mystery Box with random crypto!

Angela Merkel va o’zbek shifokori Angela Merkel, siyosiy mayd | ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ| ᴘᴇʀsᴏɴᴀʟ ʙʟᴏɢ

Angela Merkel va o’zbek shifokori

Angela Merkel, siyosiy maydondan ketgunicha dunyoning eng qudratli ayoli deb tan olingan inson. U Germaniya yurtboshisi bo’lib xizmat qildi. Oladigan oyligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi to’lanadigan liderlar qatoriga kiritilar edi. Har oyda 35 000 € atrofida oylik olar edi.*


O’tgan kuni bir do’stim bilan gaplashdim. U Germaniyada oftalmolog. Praxisga ega. Praxis bu klinika. Xususiy klinika emas, davlat tomonidan yordam qilinadigan klinika. Huddi bizdagi xususiy klinikalar kabi ishlaydi, ammo mijozlar kelishini davlat ta’minlaydi. Ya’ni mijoz ortidan quvishga ehtiyoj yo’q. Mutaxassis vazifasi bemorlarni ko’rish va davolash. Klinikani yurgizishga ham javobgar. Undagi ishchilarga (reception, yordamchi hodimlar va hok) oylik to’lashga, klinika binosi uchun ijara to’lash va hokazolarga javobgar. Har bir ko’rilgan bemor uchun davlat pul to’laydi.


Germaniyada mutaxassis shifokor imkoniyatlari ancha keng. Oftalmolog sifatida bir oyda 30 000€ topish mumkin. Bu operatsiya qilmagan holda. Agar operatsiya qilsa oyiga 40 000€ dan ko’proq topish mumkin.**


Bu postni o’qib fikr bildiruvchilarni uch guruhga ajratish mumkin bo’ladi. Biri bizning jamiyatda shifokorlar qadri haqida gapiradi va negativ munosabatda bo’ladi. Ikkinchisi esa shifokor maqsadi pul topish bo’lmasligi, xalq xizmatida bo’lishi haqida gapiradi. Uchinchisi esa o’ziga xulosa chiqaradi va indamasdan harakatini qiladi.


Nega Merkel haqida yozdim? Shunchaki hozirgi kunda institutni bitirish arafasida turgan yosh o’zbek talabasini fokusni bir joyga qo’yib aniq maqsad bilan harakat qilsa 7-8 yildan keyin qanday imkoniyatlarga erishishi mumkinligi haqida yaqqol misol qilish uchun.

Yana bir qo’shimcha sifatida shuni aytish mumkin. Bu raqamlar kuniga 8 soat (8 dan 4 gacha), haftasiga 5 kun ishlagandagi ko’rsatkich. Merkel haftasiga 40 soatdan ko’p ishlagan bo’lsa kerak.

Hukumat rahbaridan ko’ra ko’proq oylik topish mumkin ekanligi haqidagi fikrni ayrimlar aslo hazm qila olmaydi. Ammo qora jentra olishni hayotdagi asosiy maqsadiga aylantirish hech qanday savol tug’dirmaydi.

Harakat qilgan odam esa nafaqat bu fikrni hazm qila oladi, balki Merkeldan ko’proq oylik topa oladi.

Hammaga salomatlik tilab.

Bek Olimjon
04.04.23
Norvegiya