Get Mystery Box with random crypto!

Davronbek Turdiev Official

Telegram kanalining logotibi dovranbekturdievsupermiya — Davronbek Turdiev Official D
Telegram kanalining logotibi dovranbekturdievsupermiya — Davronbek Turdiev Official
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.33K
Kanalning ta’rifi

Biznes, sport, intizom va miyani rivojlantirish haqida gaplashamiz.
Bu mening yagona rasmiy kanalim!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 16:41:54 TADBIRKOR

Tadbirkor uchun eng asosiy xususiyat bu noma'lumlikda harakatlana olish, chunki biznes 90%ga noma'lumlikdan va tavakkaldan iborat. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi, ammo ayrim biznes trenerlar buni rad qilishga harakat qilishadi. Biznes kitoblarni o'qish, biznesmenlardan tajriba olish, biznes sirlarini o'rganish yomon emas albatta, lekin bular barchasi muvaffaqiyatingizning ehtimolini oshirib beradi, ammo muvaffaqiyatingizga kafolat bo'la olmaydi.

Biznes bu test. Biznes bu kurash. Biznes bu hali hech kim qilib ko'rmagan ishni boshlab ko'rish. Har bir tadbirkor yangi yo'lni ochishga majbur va agar u haqiqiy lider bo'lsa uning orqasidan juda ko'p odamlar ergashishni boshlaydi. Agar sizni tadbirkorlik g'oyasi faqatgina pul uchun qiziqtirsa, demak siz tadbirkorlikda eng yuqori darajalarga chiqolmaysiz. Tadbirkorlikning boshlanishida boshlagan ishingizdan pul chiqarolmaysiz, chunki "foyda" sifatida yuzaga kelgan pul biznesingizni kengayishi uchun, qayta biznesga "tikishingiz" kerak bo'ladi. Aks holda siz katta kompaniya qurishingiz juda qiyin bo'lib qoladi.

Yani tadbirkor puli bo'lmasayam biznesni qurishni bilishi kerak. Tadbirkorlik bilan shug'ullanmagan inson uchun bu gap g'alati tuyulishi mumkin. Qanqasiga pulsiz yoki foydasiz biznes qilish mumkin axir? Aynan siz uchun qiziqarli statistika:

hammamiz juda yaxshi biladigan "Dodo pizza" korxonasi hozirgi kunda Rossiya fast food lari orasida 3 - o'rinda turibdi. Undan faqatgina jahon franshizalari bo'lmish KFC hamda Burger King oldinda xolos. Dostavka bo'yicha esa "Dodo pizza" birinchi o'rinda. Ayni damda "Dodo pizza" brendi ostida 800 ga yaqin kafe ishlaydi va uning asoschisi Fedor Ovchinnikov bu sohadagi eng yirik tadbirkorlardan hisoblanadi. Ammo ko'pchilik bu chiroyli hikoya ortida qancha qiyinchiliklar borligini tasavvur qilolmaydi. Oddiy misol: "Dodo pizza" kompaniyasi 2011 - yilda o'z faoliyatini boshlagan bo'lsa, faqatgina 2018 - yilga kelib u "foydaga kirdi". Qisqa qilib aytganda 7 yil mobaynida bu biznes nafaqat pul keltirmagan, balki zararga ishlagan va uning asoschisi, hozirda millioner Fedor Ovchinnikov o'ziga hattoki moshina olishga sharoiti bo'lmagan.

Shuning uchun biznes bilan shug'ullanishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishni tavsiya qilaman!

Ammo agar o'zingizga ishonsangiz, stressga bardosh berolsangiz, qiyinchiliklarga qaramasdan harakatni davom etirish darajasida irodagiz kuchli bo'lsa, sizdan yaxshi tadbirkor chiqadi!
6.9K views13:41
Ochish/sharhlash
2022-08-22 16:01:07 REJALASHTIRISH

Muvaffaqiyatda kerak bo'ladigan eng asosiy xususiyatlardan biri, bu rejalashtirishdir. Agar siz ishingizni o'z kayfiyatingizga, vaqtingizga va energiyangizga qarab to'g'ri rejalashtirishni bilmasangiz, siz ko'p ishlaringizni oxirigacha yekaza olmaysiz!

Kundalik hayotni to'g'ri rejalashtirish uchun, bir nechta usullar bor. Ulardan eng mashxuri: Get Thins Done. Ushbu usul, samaradorlik bo'yicha dunyoda taniqli bo'lgan mutaxassis David Allenga tegishli. Muallif aytishicha aynan uning usuli insonlarga eng katta natijani berishi mumkin. Bu usulni va "Get things Done" nomli kitobni butun dunyo bo'yicha millionlab odamlar ishlatishadi va ularning gaplariga qaraganda usul haqiqatdan ham juda samarali. Ammoooo.... ikkita asosiy haqiqatni hech qachon unutmang! Birinchidan, mashxur - degani, yaxshi ishlaydi - degani emas. Ikkinchidan, insonlarning fikriga emas, obyektiv isbotlarga ishonish kerak. Shuning uchun yaxshilab tushunib oling, agar usul insonning tabiatini inobatga olmasa demak u to'g'ridan to'g'ri foyda berolmaydi.

Yuqoridagi gapimni chuqurroq tushuntirish uchun ozgina mushaklarni shug'ullantirish haqida gaplashsak. Agar siz mushaklaringizni samarali shug'ullantirmoqchi bo'lsangiz, siz (yoki murabbiyingiz) mushaklar nimalardan iborat, nima uchun o'sishini va kuchayishini yaxshi tushunishingiz kerak. Qisqa qilib aytganda mushaklar adaptatsiya yani moslashuv mehanizmlari tufayli o'sadi. Siz mushaklaringizga yuklanma berganingizda, ular stress holatiga uchraydi (stress nazariyasi va uning bizga ta'sirini Tasodifga Aldanganlarning ikkinchi sonida batafsil aytib berganman) va bu stress mushaklarni yaxshi tomonga o'zgartirishni boshlaydi. Yani ma'lum vaqt o'tganidan so'ng mushaklaringiz mashg'ulotdan oldingi holatidan sal kuchliroq bo'ladi, bu holatni ilmiyotda "superkompensatsiya" deyiladi. Olimlarning izlanishlariga qaraganda, mushak to'qimalarining "superkompensatsiya" holati og'ir mashg'ulotdan so'ng 14 - kunga yuzaga keladi. Yani samarali va to'xtovsiz o'sishni hohlasingiz eng og'ir yuklanmalarni 2 haftada bir marta bajaring.

Yuqoridagi ma'lumot ilmiy izlanishlarning natijasi, bu natijalarni olimlar havodan olishmagan, bu natijalar tanamizning fiziologiyasidan kelib chiqib qayd etilgan. Endi tasavvur qiling shu bilimlarga ega inson bilan umuman fiziologiyani tushunmaydigan insonning mashg'ulotlarini. Agar qolgan o'zgaruvchilar bir xil bo'lsa, bilimi bor odamda samara ko'proq bo'ladi. Doim!

Shuning uchun miyamiz qanday ishlashini, dangasalikning kelib chiqishini, inson xarakterini, miya fiziologiyasini, miya qayerdan energiyani olishini va shu kabi yuzlab yoki minglab narsalarni bilmay turib, qanday qilib samarali rejalashtirish tizimini o'ylab topish mumkin? Siz: tajribaga asoslanib - deyishingiz mumkin, ammo yo'q! Inson tajribasi bu subyebtiv kechiruv va bir kishida ish bergan narsani aynan nima uchun ish berganini subyebtiv tajribaga asoslanib aniqlab bo'lmaydi.

Agar siz kitoblardan, internerdan yoki kusrlardan rejalashtirish, vaqtni boshqarish va dangasalikni yengish kurslarini izlamoqchi bo'lsangiz, ma'lumot nimaga asoslanganligini tekshirib ko'ring. Agar u shaxsiy tajribaga asoslangan bo'lsa ammo hech qanday ilmiy tadqiqot orqali tekshirilmagan bo'lsa, demak u ma'lumot shunchaki fikr.

Foydali maslahat: bugundan boshlab bloknot tutib, kundalik topshiriqlaringizni yozib, rejalashtirib boring. Keyingi postlarda bu mavzuni chuqurroq ko'rib chiqamiz.
6.5K views13:01
Ochish/sharhlash