Get Mystery Box with random crypto!

TADBIRKOR Tadbirkor uchun eng asosiy xususiyat bu noma'lumlik | Davronbek Turdiev Official

TADBIRKOR

Tadbirkor uchun eng asosiy xususiyat bu noma'lumlikda harakatlana olish, chunki biznes 90%ga noma'lumlikdan va tavakkaldan iborat. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi, ammo ayrim biznes trenerlar buni rad qilishga harakat qilishadi. Biznes kitoblarni o'qish, biznesmenlardan tajriba olish, biznes sirlarini o'rganish yomon emas albatta, lekin bular barchasi muvaffaqiyatingizning ehtimolini oshirib beradi, ammo muvaffaqiyatingizga kafolat bo'la olmaydi.

Biznes bu test. Biznes bu kurash. Biznes bu hali hech kim qilib ko'rmagan ishni boshlab ko'rish. Har bir tadbirkor yangi yo'lni ochishga majbur va agar u haqiqiy lider bo'lsa uning orqasidan juda ko'p odamlar ergashishni boshlaydi. Agar sizni tadbirkorlik g'oyasi faqatgina pul uchun qiziqtirsa, demak siz tadbirkorlikda eng yuqori darajalarga chiqolmaysiz. Tadbirkorlikning boshlanishida boshlagan ishingizdan pul chiqarolmaysiz, chunki "foyda" sifatida yuzaga kelgan pul biznesingizni kengayishi uchun, qayta biznesga "tikishingiz" kerak bo'ladi. Aks holda siz katta kompaniya qurishingiz juda qiyin bo'lib qoladi.

Yani tadbirkor puli bo'lmasayam biznesni qurishni bilishi kerak. Tadbirkorlik bilan shug'ullanmagan inson uchun bu gap g'alati tuyulishi mumkin. Qanqasiga pulsiz yoki foydasiz biznes qilish mumkin axir? Aynan siz uchun qiziqarli statistika:

hammamiz juda yaxshi biladigan "Dodo pizza" korxonasi hozirgi kunda Rossiya fast food lari orasida 3 - o'rinda turibdi. Undan faqatgina jahon franshizalari bo'lmish KFC hamda Burger King oldinda xolos. Dostavka bo'yicha esa "Dodo pizza" birinchi o'rinda. Ayni damda "Dodo pizza" brendi ostida 800 ga yaqin kafe ishlaydi va uning asoschisi Fedor Ovchinnikov bu sohadagi eng yirik tadbirkorlardan hisoblanadi. Ammo ko'pchilik bu chiroyli hikoya ortida qancha qiyinchiliklar borligini tasavvur qilolmaydi. Oddiy misol: "Dodo pizza" kompaniyasi 2011 - yilda o'z faoliyatini boshlagan bo'lsa, faqatgina 2018 - yilga kelib u "foydaga kirdi". Qisqa qilib aytganda 7 yil mobaynida bu biznes nafaqat pul keltirmagan, balki zararga ishlagan va uning asoschisi, hozirda millioner Fedor Ovchinnikov o'ziga hattoki moshina olishga sharoiti bo'lmagan.

Shuning uchun biznes bilan shug'ullanishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishni tavsiya qilaman!

Ammo agar o'zingizga ishonsangiz, stressga bardosh berolsangiz, qiyinchiliklarga qaramasdan harakatni davom etirish darajasida irodagiz kuchli bo'lsa, sizdan yaxshi tadbirkor chiqadi!