Get Mystery Box with random crypto!

PROFESSIONAL Men anchadan beri o'zimning YouTube kanallarimga | Davronbek Turdiev Official

PROFESSIONAL

Men anchadan beri o'zimning YouTube kanallarimga video joylamayapman. Buning sababi juda oddiy: menga yaxshi montajer operator kerak. Men bilan ishlash niyatini bildirganlar bo'ldi albatta, ammo deyarli hech bir kelgan odam menga to'g'ri kelgani yo'q. Hammada bir xil muammolar: intizomsizlik, gigiyenik muammolar, ishga bo'lgan layoqatsizlik va o'z ishida o'sishni xohlamaslik. Ilgari qo'limda ishlagan montaj ustasiyam huddi shu "kasallikka" chalingan edi.

Deyarli 25 ga yaqin montajer operatorlarni ko'rib chiqdim, ulardan 4 - 5 tasi to'g'ri keladiganga o'xshadi. Hozircha jim-jitlik.

Hozirgi informatsion dunyoda haqiqiy professional topish juda qiyin bo'lib qolgan. Qani ko'ramiz, balki kimnidir ishga olarman yaqin orada. Bitta narsani o'zim uchun aniq tushundim, kerakmas odamni ishga olgandan ishchisiz qolib ketgan yaxshi ekan. Ishlayman - deganlar ko'p, ammo to'g'ri keladiganlari juda kam.

Qissadan hissa shuki: agar siz ishingizning haqiqiy ustasi bo'lsangiz, siz deyarli hech qachon ishsiz qolmaysiz va insonlarni iloji bo'lsa muxtojlikdan ishga olmang, ozgina sabr qilsangiz yaxshi odamni topasiz.