Get Mystery Box with random crypto!

Dildora Yuldosheva

Telegram kanalining logotibi dorayuldosh — Dildora Yuldosheva D
Telegram kanalining logotibi dorayuldosh — Dildora Yuldosheva
Kanal manzili: @dorayuldosh
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 264
Kanalning ta’rifi

Kundalik qaydlar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-25 19:18:09
Parda ortida - bu filmni shunday nomlagan bo’lardim. Sahnada baxtli, parda ortida yig’laganlar.

Hamma narsa ham bizga ko’rsatilayotganidek go’zal emasligi meni hafa qiladi.

Vaqtingiz bo’lganda shu kinoni (мальчик в полосатой пижаме) ko’rishni tavsiya qilaman.
489 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-08-22 19:50:35 Ba’zi ishlar biz uchun uddalab bo’lmas va o’ta mushkul bo’lib ko’rinishi mumkin. Boshlab ko’rmagunimizga qadar.

Boshlamaslikning o’zi bizni ruhan toliqtirib qo’yadi. Qilmoqchi bo’lgan ishimiz emas.
499 viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2022-08-20 11:56:01
Pushti ko’zoynakni yechish vaqti

Nega har yil go’zallik tanlovlarini o’tkazish an’anaga aylanib qoldi?

Kindigini ko’rsatgan ayollarni televizor ekranlarida ko’rsatishdan maqsad nima?

Ma’lum davlatning tilini o’zgartirishdan nima naf?

Nega SSSR davrida yuqori lavozim egalari, premya sohiblari yoki tanlov g’oliblarining turmush o’rtoqlari rus millatiga mansub bo’lgan (aksar hollarda)?

Ateistlar musulmon o’lkalarda nima bilan shug’ullanadilar?

Qanday qilib erkak-ayol bir yerda cho’milishi oddiy holdek qabul qilinadigan davrga yetib keldik?

Yozuvchi-olimlar o’z-o’zidan qirilib ketdimi?

O’qishga arzigulik asar yo’qmi yoki kitobxon?

Biz g’arbga taqlid qilyapmizmi yoki g’arb bizni o’ziga o’xshatish ilinjidami?

Rivojlanyapmizmi yoki botqoqlikka cho’kyapmizmi?

Javobi qiziq bo’lsa, Omina Shenliko’g’lining «Mariya» kitobini tavsiya qilaman.
510 viewsedited  08:56
Ochish/sharhlash
2022-08-19 23:13:29 Biz tanlagan din - eng go’zal din. Ta’rifga til ojiz bo’lgan din.

Lekin g’ayridinlarga dindan gap ochsak, ular qo’limizga qarashadi. Qo’limiz bilan ko’rsatayotgan oyga emas.
366 viewsedited  20:13
Ochish/sharhlash
2022-08-17 17:53:17 Bir donishmanddan so’rashibdi:
- Insonning ruhi tushkun bo’lib, o’zini
baxtsiz his qilib, sinovlarda aqli oqsab
qolsa nima qilish kerak?
Donishmand dedi:
-Bunday holatda eng yaxshi dori
“Mehr-Muhabbatdir”.

Yana so’rashibdi:
-Agar bu kor qilmasachi?
Shunda donishmand:
- Miqdorini oshirish kerak, -deb kulib
qo’ygan ekan.
431 viewsedited  14:53
Ochish/sharhlash
2022-08-17 14:40:22 Ko’proq chaynang

Taomni ko’proq chaynashni foydalari ko’p:
1. Ovqat quvvatini to’lig’icha qabul qilinadi.
2. Hazm jarajoni tezlashadi.
3. Aralash yeyishdan saqlanasiz.
4. Oshqozon, oshqozon osti bezi, jigar va buyraklarning ishi osonlashadi.
5. Mavjud kasalliklarga salbiy ta’sir o’tkazmaydi.
8. Semizlikdan qutqaradi.
9. Kamroq gapirasiz

Yaxshi chaynalmagan taom jigar, taloq va yurakka og'ir yuk bo'ladi.

Manba: Oydin Solih, «Haqiqiy tibbiyot»

P.S. 1,5 yoshgacha chaynashni bilmagan, ona sutidan tashqari boshqa ozuqani hazm qila olmaydigan bolalarga taomni maydalab, kichik kubiklarga bo’lib berish afzal. Chaynash muskullari rivojlanishiga yordam beradi va ichaklar kengayishining oldini oladi.
407 viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:20:28 Stress (2-qism)

Hayotimizda o’zgarishlar sodir bo’lar ekan, biz ularga go’yoki osonlik bilan ko’nikib ketadigandek hayol qilamiz.

Oddiy misol, ko’p homilador ayollar tug’ruqdan keyin turmush tarzidagi, tana va garmonlardagi o’zgarishlarga e’tibor bermaydilar. Avvalgidek ovqatlanishga, ishlar bilan shug’ullanishga, o’zlariga vaqt ajratishga va avvalgidek “forma”ga birdaniga erishishni istaydilar.

Lekin ayol hayoti, vujudi va turmush tarzidagi bu o’zgarish charchoqqa, holsizlikka, ko’proq ovqat iste’mol qilishga va semirishga sabab bo’lishi mumkin. Bunga e’tiborsizlik qilgan ayolda esa o’z-o’zidan tug’ruqdan keyingi depressiya holati kuzatilishi tabiiy hol.

Demak, hayotimizda o’zgarish bo’lganida (xoh pozitiv, xoh negativ), biz bu stressni o’zimizga bosim qilmagan holda bosib o’tganimiz afzal.

@dorayuldash
407 views16:20
Ochish/sharhlash
2022-08-15 17:11:30 Stress (1-qism)

Stress - bosim ostida bo’lganimizdagi yoki biz bilan o’zgarish sodir bo’lgandagi holatga reaksiyamiz. Odatda boshqarish imkoni yo’q yoki biz uchun begona bo’lgan vaziyatlarda stress yuzaga keladi.

Stress negativmi? Yo’q, u doim ham negativ emas. Pozitiv stresslarga ham misollar ko’p: turmushga chiqish/uylanish, yangi ishga kirish, ko’chib o’tish, homiladorlik, lavozim ko’tarilishi va hkz.

Aslida pozitiv bo’lishiga qaramay, yuqoridagi holatlarda inson stressga tushishi tabiiy. Sababi, barchasi bizni normal holatimizni buzadi. Agar bu holatlarni to’g’ri baholamay, o’zimizga bosim o’tkazishda davom etsak, keyinchalik bu surunkali charchoq, lanjlik, depressiyaga sabab bo’ladi.
387 viewsedited  14:11
Ochish/sharhlash
2022-08-13 23:34:48 Bizni kuzatadiganlar diqqatiga

Shu vaqtgacha obunachilarim kamligi va yozgan qaydlarim yarim yil o’tar o’tmas o’zimga yoqmasligini bahona qilib yozishdan to’xtagan edim. Lekin, 3-4 kishidan aynan shu qaydlar ular uchun kerakli vaqtda kerakli gaplar bo’lgani haqida iliq xabaralar oldik. Bundan xursandmiz.

Muddao shuki, endi xabarlar odatdagidan ko’proq bo’lishi mumkin. Bezor bo’lmaysiz degan umuddamiz.

P.s. Sizga savol: yozishdagi uslubni o’zgartirish kerakmi?
394 views20:34
Ochish/sharhlash
2022-08-13 17:26:14 Maqsadlar dangasalikka olib keladimi?

Ha, sababi, dangasalik inson xarakteridagi kamchilik yoki muntazam kuzatiladigan odat emas. Aksincha, biror maqsadga erishish davrida yuzaga keladigan holat. Bunga asosan quyidagilar sabab bo’ladi:

• haddan tashqari katta maqsadlar qo’yish - ularni o’ylash quvonchdan ko’ra xavf yoki qo’rquv hissini beradi;

• mavhumlik - maqsadlarni aniq vaqt, muddat va sonlar bilan tuzmaslik;

• singdirilgan qadriyat - atrof-muhit bosimi ostida maqsadlar qo’yish;

• hayot tarzida katta o’zgarishga sabab bo’ladigan maqsadlar;

Bu holatlar yechimi sifatida yuqoridagilarni aksini bajarish kifoya qiladi:

• maqsadlar doim aniq va ijobiy bo’lishi
• maqsad aynan o’zimizga tegishli bo’lishi
• maqsadga erishish muddati bo’lishi
• maqsadlar hayot tarzini o’zgarishiga sabab bo’lsa, avval bir o’zgarishga moslashib, keyin ikkinchisiga o’tilgani ma’qul.
423 viewsedited  14:26
Ochish/sharhlash