Get Mystery Box with random crypto!

Stress (2-qism) Hayotimizda o’zgarishlar sodir bo’lar ekan, b | Dildora Yuldosheva

Stress (2-qism)

Hayotimizda o’zgarishlar sodir bo’lar ekan, biz ularga go’yoki osonlik bilan ko’nikib ketadigandek hayol qilamiz.

Oddiy misol, ko’p homilador ayollar tug’ruqdan keyin turmush tarzidagi, tana va garmonlardagi o’zgarishlarga e’tibor bermaydilar. Avvalgidek ovqatlanishga, ishlar bilan shug’ullanishga, o’zlariga vaqt ajratishga va avvalgidek “forma”ga birdaniga erishishni istaydilar.

Lekin ayol hayoti, vujudi va turmush tarzidagi bu o’zgarish charchoqqa, holsizlikka, ko’proq ovqat iste’mol qilishga va semirishga sabab bo’lishi mumkin. Bunga e’tiborsizlik qilgan ayolda esa o’z-o’zidan tug’ruqdan keyingi depressiya holati kuzatilishi tabiiy hol.

Demak, hayotimizda o’zgarish bo’lganida (xoh pozitiv, xoh negativ), biz bu stressni o’zimizga bosim qilmagan holda bosib o’tganimiz afzal.

@dorayuldash