Get Mystery Box with random crypto!

Мысли в слух O'glim bilan bugun klinikada bo'ldik. Har bir es | Dildora Yuldosheva

Мысли в слух

O'glim bilan bugun klinikada bo'ldik.
Har bir eshik oldida katta navbat. Kimnidir bolasi yig'lagan, boshqasiniki yo'talgan. Tabiiyki, farzandi kasal va uyida yana bir dunyo ishi bo’lgan har qanday odam bunday vaziyatda hotirjam bo'lishi qiyin masala.

Navbat poylardik. Bir ayol kelib qolib, 1 soat avval navbat olib ketganini uqtirdi va bizdan oldin kirib ketdi. Yonimdagilar mendan haqqimni talab qilishimni so'rashdi. Kim bilandir talashish meni ruhan charchatib qo’yadi.

Yugoridagi kabi vaziyatlarda hotirjamlikni saqlash uchun shunday o’ylayman va u doim ish beradi: Demak, biz uyga kechroq borishimiz hayrli. Vahliroq bu yerdan chiqib ketganimizda, ko’chada ko'ngilsizlik (avtohalokat) bo’larmidi. Alloh bizni shu yo'l bilan asragan. Yoki u ayol kechroq bu yerdan chiqqanida unga biror nima bo'lishi mumkin edi. Balki Alloh meni sababchi qilib, u ayolni bir balodan saqlayotgandir.

Muddao: agar sizda ham ko'ngilsizlik/asab buzarliklar bo'lsa, unga eng qimmat vaqt va energiyangizni sarflab o'tirmang. Hayr qidiring, topasiz biiznillah.