Get Mystery Box with random crypto!

Manba kerak Fikrimcha, maktablarda o’quvchilarga o’rgatilishi | Dildora Yuldosheva

Manba kerak

Fikrimcha, maktablarda o’quvchilarga o’rgatilishi kerak bo’lgan elementar ko’nikmalardan biri - o’z maqola/ insho / referatlarida iqtibos, boshqa birovga tegishli har qanday gapning manbasini keltirish.

Oliy ta’lim muassasalarida ham iqtibos keltirish yoki ilmiy ishda bibliografiya bo’lishiga qattiq e’tibor berilmaydi. Vaholanki, manbalar va bibliografiya:

• bizning argument, fikr yoki g’oyalarmizni qo’llab-quvvatlovchi dalil bo’lib xizmat qiladi;

• boshqaning g’oya, fikrini o’g’irlashlik (plagiat)dan yoki bo’lmasa o’quvchilar uchun ko’chirmachi sifatida gavdalanib qolishdan himoya qiladi;

• yoritilayotgan mavzu o’quvchi uchun qiziq bo’lsa, ko’proq va chuqurroq ma’lumot beruvchi resurs bo’ladi;

• standardlarga javob beradigan har qanday maqola / ilmiy ish / shaxsiy yozuvning bo’lagi hisoblanadi.

Misol:

1. Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishga ega bo‘lishlari mumkin (P. Durev, 2022). [1]

2. Durov (2022) o’zining telegram kanalida xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishga ega bo‘lishlari mumkinligini ta’kidlagan. [1]

3. WhatsAppdan foydalanishni maslahat bermayman, sababi «Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlaridagi hamma narsaga to‘liq kirishga ega bo‘lishlari mumkin», deydi Durov (2022). [1]


1. Pavel Durov, 2022. https://t.me/durov/196 [7 Oktabr 2022]

P.S. Iqtibos keltirish haqida ko’proq ma’lumot olish uchun havola.