Get Mystery Box with random crypto!

Dildora Yuldosheva

Telegram kanalining logotibi dorayuldash — Dildora Yuldosheva D
Telegram kanalining logotibi dorayuldash — Dildora Yuldosheva
Kanal manzili: @dorayuldash
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 371
Kanalning ta’rifi

Kundalik qaydlar

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-08-20 06:06:22 Westminster universitetida o’qish osonmi?

Universitet talabasi sifatida faqat bir narsani ayta olaman - darsdan tashqari mustaqil o’qimasangiz (uqmasangiz) kerakli natija va tajribaga erisha olmaysiz, xatto eng nufuzli oliygoh bo’lsa ham.

Tashqaridan Westminsterda o’qish qiyin emasligi, haftasiga 3-4 para dars bo’lishi, imtihonlari ham juda osonligi haqida ko’p eshitaman. Ko’p abiturientlar ham shunday fikrda bo’lishadi. Bunga mening javobim:

Ha, Westminsterda o’qish oson, agar haftada bir darsga kelib tursangiz (darsdan keyin do’stlaringiz bilan tushlik qilish uchun) va kurs ishilarni sotib olsangiz. Xullas, ko’z boylamachilik. Bu o’qish emas, o’qiyotgan bo’lib ko’rinish.

Yo’q, aslida unchalik ham oson emas. To’g’ri, haftalik dars soatlari o’quv binosida boshqa universitetlarga o’xshab ko’p bo’lmaydi. Sababi oddiy - sizni mustaqil o’rganish va ko’nikmalaringizni amalda qo’llash qobiliyatini shakllantirish.

Oddiy misol, darslarda ustozlar biror masalani yechib bermaydilar, qanday yechilishini tushuntiradilar. Uni yechib olish esa sizning mustaqil vazifangiz.

Kurs ishlarni yozish uchun esa kamida 50-60ta maqola o’qib chiqishingiz kerak (mustaqil). Ba’zida aholi o’rtasida so’rovnoma, turli kompaniya vakillari bilan intervyular o’tkazishingiz yoki guruhdoshlaringiz bilan bir jamoa bo’lib ishlashingiz kerak bo’ladi. Bularning barchasi katta tajriba.

Westminsterda oson o’qiyotgan talabalar shuncha imkoniyatni o’zlari boy berishyapti xolos.

@dorayuldash
6.0K viewsedited  03:06
Ochish/sharhlash
2021-08-19 12:04:23 Post egasini topadi

1. «Eeey, bu yoqqa qara» deydigan erning ayoli ismi bilan chaqirilishidan qanchalik baxtiyor bo’lishi mumkin?

Bir umrlik turmush o’rtog’idan ismini eshitishni kutib yashash qanchalik og’ir? Bir og’izdan «Eey», «O’oo» ni o’rniga 4-12 harfli ism chiqishichi?

2. “O’ziz tuqqanmisiz?” , - nazarimda eng bemani savol. Kim tug’ib berishi mumkin birovning o’rniga?

Savolni o’zgartirsa to’g’riroq bo’ladi: «Farzandingizni tabiiy yo’l bilan dunyoga keltirganmisiz?». Undan ham yaxshirog’i, agar buni bilishdan manfaat bo’lmasa so’ramaslik.

P.s. «Kasalxonadan bir kun» turkumidan

@dorayuldash
1.5K viewsedited  09:04
Ochish/sharhlash
2021-07-21 17:24:26 Sizlarga va'da qilingan darslikning birinchi va ikkinchi bo'limi tayyor bo'ldi.

Kitob 2-5 yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan. Dunyoni anglashga harakat qilib, turli savollar beradigan bolalarga chiroyli javob berish uchun yaxshi qo'llanma.

Barchamizga maanfatli ilm bo'lsin.

@dorayuldash
2.9K views14:24
Ochish/sharhlash
2021-07-11 20:01:09 Hammasi niyatdan boshlanadi...

“Har kun barvaqt uxlayman. Kechasi 4 larda mashinamga gaz quydirgani borishim kerak, kunduzi navbat ko’payib ketadi. Bira to’lasi namozimni ham o’qib olaman.”

Amakining bu gaplarini eshitsam ham, e’tiborga olmagandim. Oradan vaqt o’tib, shu gaplar hayolimdan o’ta boshladi. Mushohada qilib ko’rdim.

Postning davomini o’qishdan oldin gaplarni qaytadan o’qing. Gapning tag ma’nosini ilg’adingizmi?

Amakining niyati va gaplari biroz boshqacharoq bo’lgandachi: “Har kun barvaqt uxlayman. Kechasi 4 larda bamdod namoziga turaman, qazo qilmaslik uchun. Bira to’lasi mashinamga gaz ham quydirib olaman.”

Endi o’zimning niyatlarim va maqsadlarimni mushohada qilishni boshladim. Niyatlarim va amallarimning ko’pi amakinikidan qolishmas ekan.

Masalan, ingliz tilini o’rganishga deyarli 3 yil sarflaganman. Niyatim o’zim xohlagan universitetga kirish, chet davlatlariga bemalol sayohat qilish va chet el adabiyotlarini o’qish edi. Agar niyatim ingliz tili o’rganish orqali ummatga xizmat qilish, ko’plab hayrli ishlarga qo’l urish va insonlar og’irini yengil qilish bo’lganida, balki har bir o’rganayotgan kunim uchun savob olgan bo’larmidim...

Hunar o’rganayotganda ham, ilm olayotganda ham, turmush qurayotganda ham yoki farzand ko’rayotganda ham go’zal niyat qilib, u uchun har kun savob olishdan kattaroq baxt bo’lmasa kerak.

P.S. Kichik bolalar uchun juda foydali kitobim bor, ingliz tilida. Ammo har bir o’zbek oilasida ham shu kitobni mutola qilinishini istayman. Keyingi hafta birinchi bo’limini tarjima qilib kanalda bo’lishiman.

@dorayuldash
4.5K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2021-06-07 05:11:53 2-qadam. (SDVGni yengish)

Yaxshi ko’ra olish qobiliyati

Yaxshi ko’rgan ishimizni ham, yomon ko’rgan ishimizni ham qilishga bir xil vaqt va energiya sarf qilamiz. Yagona farq shundaki, yaxshi ko’rib qilingan ish ruhiyatni charchatmaydi, balki baxtiyorlik garmonini ishlab chiqaradi.

Ammo qilayotgan ishni yaxshi ko’rish charchoqlik hissidan qutilish uchun yetarli emas. Juda oddiy, ko’pchilik e’tibor bermaydigan faktor bu - insonlarni yaxshi ko’ra olish qobiliyati.

Qilayotgan ishni yaxshi ko’rish bilan birga ishlayotgan jamoasini yaxshi ko’ra olish muhim.

O’rganayotgan ilmi bilan birga o’rganayotganlarni va o’rgatayotganlarni yaxshi ko’ra olish muhim.

Xizmat ko’rsatish bilan birga kompaniya o’z mijozlarini yaxshi ko’ra olishi muhim.

Agar yaxshi ko’ra olish qo’ldan kelmasa, tark etgan afzalroq.

@dorayuldash
2.8K viewsedited  02:11
Ochish/sharhlash
2021-05-28 20:41:51 Ismingizni to’g’rilashdan boshlang

Ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor berishimiz shart bo’lgan ba’zi bir muhim narsalar haqida. (Ehtiyot bo’ling chili qo’shilgan gaplar))

- ijtimoiy tarmoqlarda iloji boricha o’zingizni ism-familiyangiz bilan ifodalang;
E’tibor bersangiz, insonlarga dastlab ko’rinishi, so’ngra ovozi undan keyin esa fikrlari orqali baho beriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham xuddi shunday: dastlab ko’rinishidan (yozib qo’ygan ismi va qo’ygan rasmidan), so’ngra yozishmasidan, undan keyin esa yozishmadagi ma’nodan…

Profilingizda ism-familiyangizni yozib qo’yishingiz - sizni haybatli, jiddiy va mas’uliyatli qilib ko’rsatadi. Lekin, profilingizda “sevgm senga uvol, kechrmaymn yuqol”, “shokoladka” deb yozib qo’ysangiz sizni qanday tushunish kerak?!

Bittasini o’qib qotib qolibman, 25 yoshga kirib, kunning yarmida, hayotimda bunchalik bema’ni gap o’qiyman deb o’ylamagan edim: “qizimi sensrli ayfoni bolmasayam gulli romoli bosn”, ekandaa Eng qizig’i telegram profilida shunaqa yozib qo’yishadi.

Bunaqa narsalar sizning haybatsiz va qadrsiz ekanligingizni bildiradi. Vazningiz yo’q. Insonning vazni, haybati va chiroyi uning muomala madaniyati bilan belgilanadi. Muomala madaniyatining birinchi alomati esa, ism-familiyasini to’g’ri yozishi. Xullas bu borada gapirsa gap ko’p.

- iloji boricha o’zingizning rasmingizni qo’ying;
Profilingizda asosiy fonda turadigan eng chiroyli narsa bu - o’zingizning rasmingizdir. Yoki, aynan sizni ifodalay oladigan bir surat. Albatta hammaga ham o’zining suratini joylash yoqmaydi, bunday holatlarda hech bo’lmaganda yuqoridagidek aforizmlar yozilgan rasm qo’ymang, iltimos. “dostlarim kasal bolsa kerak bolsa ibn sinoni uygotaman”, auf, degandek…

O’zingizni hurmat qiling, shundoq chiroyli yuzingizga nomunosib narsani yopishtirib olyapsiz.

- yozishmalaringizga juda e’tiborli bo’ling;
Farosatsizlarcha yozmang. Chiroyli salom bilan boshlang, sog’liq so’rang, undan keyin maqsadga o’ting. Muammolaringiz va dard-u dostonlaringizning o’rni bo’lmasa (modomiki buvijoningizga yozmayotgan bo’lsangiz) yozmang. Ishonavering u hech kimga qiziq emas. So’roq, undovlarni bitta qo’yavering, 3 ta qo’ymang (??? qilib, yoki befarosatmisiz…)

Xatlaringizni bo’lib yozmang. Bu juda muhim.

Bilmadim-u, menga juda ko’p murojaat bo’lganiga, oxirgi paytlar shunaqa narsalarga e’tibor bermagan odamlarga javob bergim ham kelmaydi.

Imloda xato qilishimiz bu - eng katta dardimiz…

Yuqoridagilar eng muhim narsalar. Shularning o’zini o’z o’rnida qo’yish bilan siz istagingizning 40 foiz qismini hal qila olasiz. Ayniqsa bu narsalarga e’tibor beradigan joylarda.

Ishga kirish maqsadida murojaat qilayotgan bo’lsangiz yozishmalarda quyidagilarga amal qilishingiz zarur:

- yuqoridagilarga amal qilgan holatda, rezyume tashlang;
- o’zingiz haqingizda iloji boricha to’liqroq ma’lumot bering;
- portfolioyingiz bo’lsa, uni ham tashlang;
- xarakteringizni ko’rsatmang;

Lekin nima yuborsangiz ham “forward” qilmang, iltimos. Bu hamma ham sezmaydigan farosatsizlikning everest nuqtasi hisoblanadi.

Biz bu ketishda qachon jamiyatni izzatli qilamiz hayronman, to’g’ri muomala qilishni ham bilmaymiz hali.

@alizairov
2.5K views17:41
Ochish/sharhlash
2021-05-22 20:02:58
Bugun dasturchilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqada g’olib bo’ldik.

Ustozlarimiz Muhammadjavohir Sur’atov va Muhammadxon Najimov hamda “Najot Ta’lim” ga katta rahmat!
5.0K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2021-05-11 03:03:42 ​​Abiturientlik davri 2-3yillik davr emas...

Bugungi kunda davlat imtihonlariga yillab tayyorlanadigan o’quvchilar juda ko’p. Bu holatni qo’llab-quvvatlamayman. Sababi:

1. Insonning 2-3 yillik umri qaysidir kitobni ipidan ignasigacha yodlab olib, imtihondan 3 oy o’tgandan keyin hech narsani eslay olmaslikka arzimaydi.

2. Imtihon o’quvchining bilimini sinashi kerak, yodlab olish san’atini emas.

3. Bilim - bu tarixiy sanalar, mashhur shaxsning aytgan gaplari, bosh miya og’irligi, asar yoki g’azal nomlari emas. Bularni barchasiga Google qidiruvidan javob olsa bo’ladi.

Abiturient aslida kim? Maktab davrini tamomlab, oliy o’quv yurtiga qadam qo’yayotgan o’quvchi. Abiturientda “Imtihonga tayyorlanish davri” degan davr yo’q, aslida.

@dorayuldash
3.4K viewsedited  00:03
Ochish/sharhlash
2021-05-09 22:17:11 ​​Har kun qo’llash mumkin bo’lgan qoida

80/20 qoidasi - 20% qilingan harakat natijaning 80%ini berishi haqidagi qoida.

Bu termin biznes egalari tomonidan ko’p ishlatilinadi. Ammo 80/20 qoidasini har kun, har bir munosabatda qo’llasak bo’ladi:

1. Bo’sh vaqtning 20%ini o’ziga e’tibor berishga sarflash, shaxsiy munosabatlarni 80%gacha yaxshilanishiga sabab bo’ladi.

2. Vazn yoqotish formulasi: 80% foydali ozuqa va 20% jismoniy mashq.

3. Ishchi kunlik vazifasini unga belgilangan vaqtning 80%ida qilib bo’lar ekan. Qolgan 20%ni esa shaxsiy rivojlanish uchun sarflash mumkin (Google kompaniyasida ham shunday).

4. To’yib ovqatlanmaslik (80% ovqatlanish) kasalliklarga chalinishning oldini 20%ga kamaytiradi.

5. Ota-onalar 20% vaqtini farzandalariga sarflashlari, kelajakda ular bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 80% muammoning oldini oladi.

6. O’qituvchi dars vaqtining 20%ida mavzunining 80%ini tushuntirib bera oladi.

7. O’quvchi darsdagi ma’lumotlarning 20%ini eslab qoladi, 80%i unutilib ketadi.

8. Inson o’zida mavjud kiyimlarning 20%inigina kiyadi ko’pincha.

Eng muhimi: aynan nimalar 20% ichiga kirishini aniqlab, ular ustida ishlash va yanada rivojlantirish!

@dorayuldash
3.0K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2021-05-08 22:30:43 1-qadam. Ertalabki 5 daqiqa.

Soat nechchida uyg’onishingizdan qat’iy nazar, 5 daqiqa vaqtni shu strategiyaga ajrating:

1. Ertangi kunda qilishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi ish haqida o’ylab uyquga keting.

E’tibor berganmisiz, hayotimizdagi muhim kunlarda (bayram, imtihon) hech kim uyg’otmasa ham, «будильник»siz turib olamiz. Sababi, uxlashimizdan oldin faqat ertangi kun haqida o’ylaymiz va ko’zimizni ochishimiz bilan hayolimizga keladigan birinchi narsa ham bugungi kunning muhimligi bo’ladi.

2. «Будильник» ni yotoqdan uzoqroq joyga qo’ying.

Yotoqdan turgandan keyin unga qaytib yotish koeffisenti kamroq bo’ladi. Va inson harakatlanganda unda moddalar almashinuvi jarayoni tezlashadi.

3. Boshqa ishga chalg’ishdan avval yuzingizni va tishingizni yuving:
• Uyquni o’chiradi
• Yuzdagi o’lik terilarni ketqizadi
• Og’iz bo’shlig’ida tuni bilan yig’ilgan bakteriyalarni tozalaydi.
Ertalab yuzni yuvish, yoshroq ko’rinishga ham ta’sir ko’rsatar ekan.

4. Bir stakan suv iching.
• Moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi
• Organizmni qayta tiklaydi
• Oshqozonni yuvadi va limfa tizimini muvozanatlashtiradi.

5. Kiyimni almashtiring / Dush qabul qiling / Toza havoga chiqing.

Dush qabul qilish o’lik terilardan qutilishga va yengillikni his qilishga yordam beradi. Kayfiyatni ham ko’taradi.

Xonadagi havo yuqori namlik, hidlar, gazlar va chang moddalariga to’la bo’ladi. Toza havo esa o’pkani tozalaydi. Semirish oldini ham oladi.

Har kun ushbu startegiyaga amal qilish qiyin. Lekin tadqiqot natijalariga ko’ra inson bir ishga odatlanishi uchun shu ishni 30 kun qoldirmay qilishi kerak. Bir hafta bo’lmasdan “menda o’xshamayapti” deb tashlab qo’ymang

@dorayuldash
6.0K viewsedited  19:30
Ochish/sharhlash