Get Mystery Box with random crypto!

Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi

Telegram kanalining logotibi doraline_company — Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi P
Telegram kanalining logotibi doraline_company — Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi
Kanal manzili: @doraline_company
Toifalar: Sport , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.14K
Kanalning ta’rifi

Planbaby.uz - Siz ham farzandli bo'ling!
DORA LINE - Pharmaceutical Company.💊
Murojaat uchun:
✍️ Tel: 71 200-08-07
Telegram: @planbabychat
❤️ Instagram.com/planbaby_doraline
🌐 www.planbaby.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-12 17:26:58
Ochilish daqiqalariga oz qoldi

Plan Baby Clinic Samarqand filiali ochilish marosimida barchangizni kutamiz

Fayzli kunlarimizda yaqinlarimiz safida bòling

Plan Baby bilan ozrular ushaladi
Manzil: Samarqand shahri, Rudakiy ko’chasi 6-uy

Telegram Chat |Instagram | Youtube
6.6K viewsedited  14:26
Ochish/sharhlash
2021-02-02 11:57:38

182 views08:57
Ochish/sharhlash
2021-02-02 11:56:34
#Мутахассис_тавсияси

МАШИНАДА КЎНГИЛ АЙНИГАНДА...

М. СОАТОВА, терапевт:

Кўнгил айнишининг биринчи аломатлари бошланиши билан оғзингизга бир бўлак лимон солинг.

Ялпизли конфет ва сақичнинг самарадорлиги лимонникидан камроқ бўлсада барибир ёрдам беради.

Агар шахсий машинада юрсангиз, машина ичига ялпиз ва игнабаргли дарахтлар ҳидини таратувчи дезодорантлар ёки воситаларни сотиб олиб қўйинг.

Бўйин ва чаккаларингизни нам сочиқ билан артиб кўринг.

Бундай пайтда уқалаш ҳам яхши ёрдам беради. Битта қўлингизнинг кафтини юқорига қилиб тизза устига қўйинг. Бошқа қўлнинг бош бармоғи билан билак остини уқаланг, кейин кўрсаткич ва бош бармоқ билан кафт ўртасини уқаланг.

Агар шунда ҳам аҳволингиз енгиллашмаса машинани тўхтатиб тоза ҳаводан нафас олинг.

Яқинларингизга ҳам улашинг!

@DoraLine_company
204 views08:56
Ochish/sharhlash
2021-02-02 07:56:37 Анор шарбатининг фойдали жиҳатлари ҳақида

Анор шарбати таркибида қанд миқдори кам бўлганлиги учун қандли диабет касаллигини олдини олади.

Анорнинг 5 та асосий хусусияти бор:

организмни витаминлар билан таъминлайди. Маълумки, коронавирус касаллигида қон қуюқлашади ва уни суюлтиришда аскорбин кислотасини истеъмол қилиш керак. Анор ёки унинг шарбати эса аскорбин кислотасига бойдир;
юрак-қон томир касалликларининг олдини олади;
антиоксидант;
стрессни енгиллаштиради;
камқонликни даволайди.

Шунингдек, анор шарбати бошқа мева шарбатларига қараганда анча тиниқ бўлади

Манба: "Ойдин ҳаёт LIVE" дастури. Ўзбекистон телеканали.

@DoraLine_company
1.1K viewsedited  04:56
Ochish/sharhlash
2021-02-02 04:56:38
#Xayrli_tong

Muallim savol qildi:

— Bolalar, agar Alloh hammamizning jannatga kirishimizni istasa, nega bu dunyoga yubordi?
Bir o‘quvchi o‘rnidan turib javob berdi:

— Muallim siz ham hammamizning a’lo baholar bilan sinfdan sinfga ko‘chishimizni istaysiz, ammo nega imtihon qilasiz. Barchamizga birday besh baho qo‘yib chiqmaysiz?!

* * * *

O‘qituvchi keltirgan qand-qutisini yashirib darsga kirdi-da, o‘quvchilarga qarab:

— Alloh bor deydiganlar, qani, hozirning o‘zida bergin deb undan biron nima, masalan, qand so‘rashsin-chi, Allohlari ularga berarmikin. Ammo mendan so‘rasangiz shu zahoti berishim mumkin, — debdi. O‘qituvchining hiylasini bilib qolgan bir o‘quvchi debdi:

— Muallim, qand menga allergiya beradi, yaxshisi sizdan bitta olma so‘ray qolay...

@DoraLine_company
1.4K views01:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 20:33:02

1.4K views17:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 19:56:37
#Xayrli_tun

Ozgina tabassum

- Dadasi, yaxshi keldingizmi? Sizga 2 ta yangilik bor, biri yaxshi, biri yomon!

- Qani, yomonidan gapirchi ..

- Siz yig‘ib yurgan pullaringizning hammasini yo‘qotib qo‘ydim!

- Iya, yaxshisini gapirchi...

- Kambag‘al bo‘lsangiz ham sizni yaxshi koʻraman ))

@DoraLine_company
1.6K views16:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:56:38
ХОЛЕСТЕРИН МИҚДОРИНИ МЕЪЁРГА КЕЛТИРИШ

Қондаги холестерин миқдорини меъёрига келтириш учун:
150 мл.дан сабзи ва ерқалампир (хрен) ширалари,
3 дона лимон ширасини,
2 пиёла асал
билан қўшиб, ёғоч қошиқда аралаштирилади.

Сўнг ундан кунига 1 чой қошиқдан 3 маҳал қабул қилинади.
Даволаш давомийлиги танаффус билан 2 ой мобайнида олиб борилади.

@DoraLine_company
1.8K views12:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 13:56:37 Bolalar ko‘p kasal bo‘lishining 7 sababi

Ko‘p kasal bo‘ladigan bola har qanday onani juda og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Shifokor qabuliga tinimsiz qatnashlar, yaxshi shifokor izlash, tahlillar, dori-darmonlar, kasallik ta’tiliga chiqishlar va haftalar davomida to‘rt devor ichida qamalib qolish azoblari. Bolaning bunday tez-tez kasal bo‘lishiga sabab nima?

Ruhiy muammolar

Ular psixosomatik deb ataluvchi har xil kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Stresslar, og‘ir kechinmalar, hayajonli daqiqalar bolalar immunitetiga kuchli putur yetkazadi.

Nasldan naslga o‘tish

Agar ota-ona hayotining ko‘p qismini burnida ro‘molcha bilan o‘tkazgan bo‘lsa, bolaning tez-tez kasallikka chalina boshlashidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Homiladorlik paytidagi muammolar

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ona qornida rivojlanishdagi muammolar, homiladorlik va tug‘ishning og‘ir kechishi, bo‘lg‘usi onadan o‘tkazilgan infeksiyalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloq immunitetiga zarar yetkazadi.

Vaqtidan oldin tug‘ilish

Agar go‘dak muddatidan oldin tug‘ilsa, u ham tez-tez kasallikka chalinish xavfi bo‘lgan guruhga kiradi.

Allergiya

Bunda bolaning aynan nimaga reaksiyasi borligi muhim emas. Tibbiyot xodimlari atopik dermatit, oziq-ovqatlar allergiyasi, pollinoz, bronxial astma va burun-xalqum infeksiyalarining hammasi uchun bitta gen javob berishini isbot qildi. U ham nasldan naslga o‘tadi.

To‘g‘ri ovqatlanmaslik

Bola ratsionida vitaminlar, oqsil, mikroelementlar, kletchatkalarning kamligi yoki u sun’iy ovqatlar bilan boqilayotgan bo‘lsa, bu immunitet uchun iz qoldirmasdan o‘tib ketmaydi.

Noto‘g‘ri yashash tarzi

Agar bola uyda o‘tirsa, kamdan-kam sayrga chiqsa, sport bilan shug‘ullanmasa va toza havoda faol o‘yinlar o‘ynamasa uning virusga chalinish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Jamoat transportlarida ko‘p yuradigan, yopiq joydagi guruhlar ichida ko‘p shug‘ullanadigan, bolalar bog‘chasiga boradigan, turli xil tadbirlarga va odamlar to‘planadigan joylarga ko‘p qatnashadigan bolalar haqida ham xuddi shuni aytish mumkin.

@DoraLine_company
1.9K viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 13:06:34
1.7K views10:06
Ochish/sharhlash