Get Mystery Box with random crypto!

#Xayrli_tong Muallim savol qildi: — Bolalar, agar Alloh hamm | Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi

#Xayrli_tong

Muallim savol qildi:

— Bolalar, agar Alloh hammamizning jannatga kirishimizni istasa, nega bu dunyoga yubordi?
Bir o‘quvchi o‘rnidan turib javob berdi:

— Muallim siz ham hammamizning a’lo baholar bilan sinfdan sinfga ko‘chishimizni istaysiz, ammo nega imtihon qilasiz. Barchamizga birday besh baho qo‘yib chiqmaysiz?!

* * * *

O‘qituvchi keltirgan qand-qutisini yashirib darsga kirdi-da, o‘quvchilarga qarab:

— Alloh bor deydiganlar, qani, hozirning o‘zida bergin deb undan biron nima, masalan, qand so‘rashsin-chi, Allohlari ularga berarmikin. Ammo mendan so‘rasangiz shu zahoti berishim mumkin, — debdi. O‘qituvchining hiylasini bilib qolgan bir o‘quvchi debdi:

— Muallim, qand menga allergiya beradi, yaxshisi sizdan bitta olma so‘ray qolay...

@DoraLine_company