Get Mystery Box with random crypto!

Islomiy_she'rlar✨

Telegram kanalining logotibi diniy_sherlar — Islomiy_she'rlar✨ I
Telegram kanalining logotibi diniy_sherlar — Islomiy_she'rlar✨
Kanal manzili: @diniy_sherlar
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.66K
Kanalning ta’rifi

🕊Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuh 🕊
23.02.2021 In Sha Allah manfaatli
Mo'min va mo'minalar uchun🍃📿❤️‍🩹
Qalbga taskin beruvchi she'rlar faqat bizda❤️‍🩹❤️‍🔥
Allohni tanimaydigan qalblardan uzoqroq yuring!🔐✨💫
Admin @izladingizmi ?

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-30 18:02:18
#Bazilar

Koʼchada yurganda yoʼqdir roʼmollar
Tiriklar shahvatin qoʼzgʼar hayollar.
Faqat qabristonda roʼmol oʼralar,
Oʼlikdan uyalar bizning ayollar.

 
@diniy_sherlar
1.1K views Jasmina , 15:02
Ochish/sharhlash
2022-11-29 21:07:00
Bu telefon haqiqiy erkaklardek yashadi va erkaklardek o'ldi. Yalong'och ayollarni rasmini ko'rmadi, ularni rasmga tushurmadi. Va dunyo bo'ylab faxsh ish yoki fitna tarqatmadi!

@diniy_sherlar
1.1K views Jasmina , 18:07
Ochish/sharhlash
2022-11-25 14:08:16 Bir darveshga "Xayrli Jumalar" deyishibdi. 
U esa "Juma shundoq ham xayrli" debdi. 
Keyin "Juma muborak" deyishibdi. 
U esa "Juma shundoq ham muborak kun" debdi. 
Unda nima deylik, sen ayt deb so‘rashibdi. 
U "Jumaning xayri va barokati senga bo‘lsin" deng, degan ekan.

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin!

@diniy_sherlar
1.7K viewsI.J.J. , 11:08
Ochish/sharhlash
2022-11-25 02:33:30 Meni suyganlarni qadrlab òtay
Qadrini qadrimdan balandroq tutay
Gar meni duoda eslasa bir bor
Qabrimga kirguncha duoda otay
Qadirdonim JUMA MUBORAK
1.8K views Я М у с у л м а н , 23:33
Ochish/sharhlash
2022-11-23 08:46:36 Fohisha demanglar bilib bilmasdan

Oqni qora deysiz qaronichi oq!
Birovni qalbini bilib bilmasdan!
Kimningdur singlisin kimning opasin!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!


Balki yolg‘izlikdur uning taqdiri?
Kimningdur taqdiri o‘xshab ketar-u?
Hayotni sindurar o‘zganing fikri!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!


Halol mehnat bilan ro‘zg‘or tebratar!
Jilmayib birovga qaray olmaydi!
Qalbidagi dardni u kimga aytar?
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!

Sochlariga qarang oralagan oq!
Yolg‘on-u tuxmatdan ezilgan biroq!
O‘zingizga avval bering siz so‘roq!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!

Qalbi kemtiklar-u ko‘ngli eziklar!
Ortidan oh qancha kezar g‘iybatlar!
Tilingizni tiying hoy vallomatlar!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan


Siz kimsiz? O‘zgani so‘roq qilasiz?
Ayting siz ularni qaydan bilasiz?
Oxiratda qaytib javob berasiz?
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!

Mayliga opadeng mayliga singlim!
Qo‘lingizdan kelsa yordamni qiling!
Aslo siz o‘ksitmang sindirmang ko‘nglin!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!

Al qasos-u minal haq degan gap bor!
Allohdan qo‘rq erta qaytishi ham bor!
Es xushingni ertaroq yig‘gin darxol!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!

Eh ummat aytingchi, bizga ne bo‘ldi?
Masiyatga botib qalbimiz o‘ldi!
G‘iybatdan tozalang endi bu tilni!
Fohisha demanglar bilib bilmasdan!!!

NurMuhammad     29.05.2022

@diniy_sherlar
1.7K viewsI.J.J. , 05:46
Ochish/sharhlash
2022-11-22 11:54:17
Ҳудо берган қоматдир бу шукрин қилинг.
Куп нолиманг Аллоҳ қаҳри келар билинг.
Нима булса йийавиринг олинг олинг.
Парҳиз қилиб йурадиган опаларим.

Чекловларни яна қанча ой қиласиз
Кам куч булиб узингизга вой қиласиз.
Бу туришда фитнис зални бой қиласиз.
Парҳиз қилиб йурадиган опаларим.

Ошқазонни токайгача қийнайсизми.
Урганиш деб бу одатни қуймайсизми.
Ёқмай қолмай эримга деб уйлайсизми.
Парҳиз қилиб йурадиган опаларим.

Вазм улчаб чарчатдингиз тарозини.
Ё узингиз узингиздан норозими.
Тушунволинг сузларимни маносини.
Парҳиз қилиб йурадиган опаларим.

Ошса энди ошибди сал килограм.
Семиролмас озғинларга қилсин алам.
Ҳа узира ранжиманглар Моҳинурдан.
Парҳиз қилиб йурадиган опаларим.

Асли баҳтдир бу оламда борларингиз.
Куҳликлару ҳам йузи анорларингиз.
Борингизча севсин севса ёрларингиз.
Парҳиз қилиб йурадиган опаларим.


МОҲИНУР ШЕЬРИ

@diniy_sherlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
1.6K viewsI.J.J. , 08:54
Ochish/sharhlash
2022-11-21 05:16:17
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Oʻzimiz zoʻrdayin hotirimiz jam,
Qancha yuraklarni qaygʻuga soldik.
Boʻhtonlar agʻdardik qilsin deb alam,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Aybini ahtarib, gunohin sanab,
Tav'basin oʻylamay oʻrtaga oldik.
Bir bora koʻrmadik koʻngliga qarab,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Qarshilik qilganda urishdik tinmay,
Qalbini ikkiga achinmay yordik.
Rostlarin bir bora eshitib koʻrmay,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Kuldik, kulaverdik birov ustidan,
Oʻzimizga tinmay gunohni oldik.
Suyaksiz tilimiz, soʻzlar dastidan,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Barchasini bugun oʻylab qarasam,
"Gunohkor koʻp" deya hayotdan toldik.
Goʻyoki oʻzimiz bikirday, bekam,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Yaxshi tomonini koʻrmadik sira,
Tinmayin aybini yuziga soldik.
Tilimiz zahar-u qalbimiz yara,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Soʻz kelsa, gapirdik oʻylab oʻtirmay,
Doʻzah dunyosiga yoʻllanma oldik.
"Gunohkor" ataldik bilib yo bilmay,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Mumtozbegim
1.8K viewsAllohnikiman , 02:16
Ochish/sharhlash
2022-11-18 03:55:32 Hafta ichra turli kun,
Turli sahar, turli tun.
Eng muqaddas, nurli kun,
Juma ayyom muborak!

Dinimiz doim omon,
Dillarda ishqu imon.
Ey muhtaram musulmon,
Juma ayyom muborak!

Alloh duolarimizni ijobat,
Farzandlarimizga salohiyat,
Ibodatlarimizga go‘zallik,
Rizqimizga baraka bersin!
Allohning panohida bo‘ling!

@diniy_sherlar

Yaqinlaringizga ham ulashing!
2.4K viewsJasmina Istamova , 00:55
Ochish/sharhlash
2022-11-17 22:01:02 Allohning iymon nurlarini sochayotgan ushbu kunida, 

sizga namozning ulugi, 

sajdaning eng halovatlisi, 

savobning eng mukofotlisi, 


farishtalarning eng muhabbatlisi va

Allohimning sevgisi yor bölsin... 

 
@diniy_sherlar

Yaqinlaringizga ham ulashing!

JUMA AYYOMINGIZ muborak bölsin 
2.1K viewsJasmina Istamova , 19:01
Ochish/sharhlash