Get Mystery Box with random crypto!

Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik! Oʻzimiz zoʻrdayin hotiri | Islomiy_she'rlar✨

Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Oʻzimiz zoʻrdayin hotirimiz jam,
Qancha yuraklarni qaygʻuga soldik.
Boʻhtonlar agʻdardik qilsin deb alam,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Aybini ahtarib, gunohin sanab,
Tav'basin oʻylamay oʻrtaga oldik.
Bir bora koʻrmadik koʻngliga qarab,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Qarshilik qilganda urishdik tinmay,
Qalbini ikkiga achinmay yordik.
Rostlarin bir bora eshitib koʻrmay,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Kuldik, kulaverdik birov ustidan,
Oʻzimizga tinmay gunohni oldik.
Suyaksiz tilimiz, soʻzlar dastidan,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Barchasini bugun oʻylab qarasam,
"Gunohkor koʻp" deya hayotdan toldik.
Goʻyoki oʻzimiz bikirday, bekam,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Yaxshi tomonini koʻrmadik sira,
Tinmayin aybini yuziga soldik.
Tilimiz zahar-u qalbimiz yara,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Soʻz kelsa, gapirdik oʻylab oʻtirmay,
Doʻzah dunyosiga yoʻllanma oldik.
"Gunohkor" ataldik bilib yo bilmay,
Gʻiybatchi insonga aylanib qoldik!

Mumtozbegim