Get Mystery Box with random crypto!

DILOROM RAIMXOJAYEVA - "DIL OROMI"

Telegram kanalining logotibi dilorom_raimxojayeva — DILOROM RAIMXOJAYEVA - "DIL OROMI" D
Telegram kanalining logotibi dilorom_raimxojayeva — DILOROM RAIMXOJAYEVA - "DIL OROMI"
Kanal manzili: @dilorom_raimxojayeva
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.15K
Kanalning ta’rifi

✔️Yetuklik psixologiyasi
✔️Ilmiy psixologiya
📍Agar Sizga ezoterika, qalbshunoslik, parapsixologiya qiziq bo'lsa, bu kanal Siz uchun emas!
Shogirdlarim natijalari👇
@DILOROMI_NATIJALAR
Oliy ma'lumotli pedagog-psixolog👇
@DILOROM_RAIMXOJAYEVA

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-29 12:23:58
#Minnatdorlik #Natija

"Svejiy" minnatdorlik har bir ishning boshida ixlos va harakat turadi.
O'qib mazza qivoraman-da natijalarni
Hayot millionta imkoniyatlarga to'la, faqat millionta imkoniyatlarga ochiq bo'lsak bo'lgani

Aytgancha, "svejiy"ning o'zbekchasi "barra"

@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar
226 views09:23
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:05:27
"Tochka"siga urdi, deydi-ku


@Dilorom_Raimxojayeva
255 views09:05
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:02:18 Ajoyib o'zim uchun kashf qilgan amaliyotni Sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

"Mening qo'limdan nimalar keladi, qanday imkoniyatlarga egaman, nimalarni yaxshi bajara olaman?" savolini oldingizga qo'yin. Va eng kamida 100 ta javob yozing. Nimalarni yaxshi uddalaysiz, nimalarni qila olasiz, nimalar qo'lingizdan keladi, qanday hunarlaringiz bor ekan?! Bir chekkadan yozib chiqing.

Shu savolga o'zim javob yozish jarayonida men qila oladigan, lekin ancha yillardan beri qilmay qo'ygan bir "talantim"ni kashf qilib qoldim. Tarjimonlik!!

Yozgan sarim qila oladigan ishlarim ko'z oldimga kela boshladi, ongimning chuqur qatlamlaridan chiqa boshladi. Esimda, 11-sinfdaligimda va universitetda 1-kursda o'qiganimda ingliz tilidan qisqa hikoyalar tarjima qilardim. Har holda, tarjimalarim yaxshi chiqqan, shekilli, gazetalarga bersam, chop etishardi. Keyinchalik bu ish o'z-o'zidan to'xtab qoldi.

Endi esa shu "talantim"ni qisqa hikoyalar tarjima qilib, yana rivojlantirsammikan, deb o'ylab qoldim. Albatta, bo'sh vaqtimda.
Yozishdan esa to'xtamayapman.

Siz ham shu amaliyotni bajarib ko'ring, albatta


@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar
266 viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:53:39
Aylanib-o'rgilib, kitoblar bor joyga borib qolaveraman. Aslida boshqa maqsad bilan borgan joylarimda ham kitoblar bo'ladi

Bu qiziq, lekin ba'zan zerikarli. Fokusni boshqa joyga ham qaratish payti keldi.


@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar
266 views08:53
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:47:27
Temperamentlar haqida mening xulosaviy fikrim o'zgarmagan.

Sizda xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxoliklik bir paytda mavjud bo'ladi. Faqat bittasi dominant bo'ladi. Hayot davomida esa dominantlik o'zgarishi mumkin yoki o'zgarmasligi ham mumkin.

Bu insonning o'ziga, o'z ustida ishlashiga bog'liq.


@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar
302 viewsedited  08:47
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:23:11
Yakshanba uchun kinotavsiya

"Sizga maktub"

Bugun shu filmni ko'rmoqchimiz. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Raqobatning muhabbatga aylanishi. Tashqi shakl ichki dunyo emasligi haqida.

@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar
565 viewsedited  17:23
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:21:48 O'zini sevish haqida

O'zini sevish men boshqalardan ustunman deyish emas, men ham hamma kabi insonman, pastda ham, balandda ham emasman, deb tan olish.

O'zini sevish men endi hamma narsani qilsam bo'ladi, deyish emas, aksincha o'zining va o'zgalarning chegaralarini hurmat qilish.

O'zini sevish men hamma narsaga loyiqman emas, yaxshi narsalarga hamma kabi loyiqman deyish.

O'zini sevish o'zgalarni kamsitish evaziga shakllanmaydi.

O'zini sevish o'zini Allohning eng go'zal yaratiqlaridan biri ekanligini inkor qilgan insonning Allohga qaytishi, ishonishi.

O'zini sevish insonlarni mavqeiga qarab past yoki baland olish emas, har bir insonni o'zi kabi tan olish, qabul qilish degani.

O'zini sevish o'zini har xil ko'yga solish emas, Alloh yaratgan husnini, tanasini boricha qabul qilish.

O'zini sevish o'z qobilyatlarini hurmat qilish, ularni shakllantirish, ular ustida mehnat qilish degani.

O'zini sevish kamchiliklarni bostirish, berkitish emas, ularni tan olib, o'z ustida ishlash.

O'zini sevish boshqalarni g'iybat qilib, yerga urib mazza qilish emas, o'z holatini ko'zguga solish.


O'zini sevishni kibr deganlar uchun eslatma yozdim.

@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar
558 viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:21:06 Bugun "Men o'zimni sevaman" marafonini yakunlab oldim. Xudoga shukr. Natijalar ajoyib, vaqti bilan bo'lishib boraman

Marafondagi o'zini sevish haqidagi qisqa xulosalarimni yozib yuboraman.
529 viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:18:35 Telegram juda qulay platforma. Yozish ham, o'qish ham, tartib ham bor.

Yoqtirganingni kuzatasan, insta, facebookka o'xshab aralash-quralash bo'tqa emas. Tik tokni esa bo'tqa emas, botqoq desak ham bo'laveradi.

You tube ham juda yaxshi platforma.


@Dilorom_Raimxojayeva
543 views17:18
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:46:53 Савол "Одамлар наздида қандай инсон эканман"дан "Аллоҳ наздида қандай инсон эканман"га ўзгармагунча ҳолимиз ислоҳ бўлмайди.

@MubashshirAhmad
572 views01:46
Ochish/sharhlash