Get Mystery Box with random crypto!

Ajoyib o'zim uchun kashf qilgan amaliyotni Sizlar bilan bo'lis | DILOROM RAIMXOJAYEVA - "DIL OROMI"

Ajoyib o'zim uchun kashf qilgan amaliyotni Sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

"Mening qo'limdan nimalar keladi, qanday imkoniyatlarga egaman, nimalarni yaxshi bajara olaman?" savolini oldingizga qo'yin. Va eng kamida 100 ta javob yozing. Nimalarni yaxshi uddalaysiz, nimalarni qila olasiz, nimalar qo'lingizdan keladi, qanday hunarlaringiz bor ekan?! Bir chekkadan yozib chiqing.

Shu savolga o'zim javob yozish jarayonida men qila oladigan, lekin ancha yillardan beri qilmay qo'ygan bir "talantim"ni kashf qilib qoldim. Tarjimonlik!!

Yozgan sarim qila oladigan ishlarim ko'z oldimga kela boshladi, ongimning chuqur qatlamlaridan chiqa boshladi. Esimda, 11-sinfdaligimda va universitetda 1-kursda o'qiganimda ingliz tilidan qisqa hikoyalar tarjima qilardim. Har holda, tarjimalarim yaxshi chiqqan, shekilli, gazetalarga bersam, chop etishardi. Keyinchalik bu ish o'z-o'zidan to'xtab qoldi.

Endi esa shu "talantim"ni qisqa hikoyalar tarjima qilib, yana rivojlantirsammikan, deb o'ylab qoldim. Albatta, bo'sh vaqtimda.
Yozishdan esa to'xtamayapman.

Siz ham shu amaliyotni bajarib ko'ring, albatta


@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar