Get Mystery Box with random crypto!

Teri va tanosil kasalliklari

Telegram kanalining logotibi dermatolog_uzb — Teri va tanosil kasalliklari T
Telegram kanalining logotibi dermatolog_uzb — Teri va tanosil kasalliklari
Kanal manzili: @dermatolog_uzb
Toifalar: Sport , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 551
Kanalning ta’rifi

Teri va tanosil kasalliklari haqida kanal. Man hali studentman kasallik bòlsa dermatologga murojaat qiling.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-06-19 23:53:44 #davolashtaktikasi #rozasea
Rozaseaning oldini olish. Kofein va alkagol iste'moliga chek qo'yish samarali bo'ladi.
Rozaseani davolash taktikasi.
Mahalliy davo.

Metronidazol gel yoki krem , 0.75 yoki 1% kuniga1 - 2 mahal yuz terisiga suriladi.
Ivermektin krem( demodeks follikulorum kanasi aniqlangan taqdirda).
Mahalliy antibiotiklar( eritromitsin gel yoki krem) qo'llash mumkin lekin samarasi yuqori darajada emas.
Sistemik davo.
Oral(ichishga) antibiotiklar mahalliy davolashga nisbatan ancha yuqori samaraga ega:
Minosiklin yoki doksisiklin , 50 -100 mg dan kuniga 1 yoki 2 mahal ichiladi, ular birinchi tartib davo preparatlari bo'lib juda yuqori samaraga ega. Yoki Tetrasiklin 1- 1.5 gr /kun
dozaasi bir necha mahalga bo'lib ichiladi. Keyinroq yuzdagi toshmalar tuzalgach birdan toxtatiilmasdan 250-500 mg 1 mahal/kun dozada qaabul qilinib boriladi. Yoki oral(ichishga) Mitranidazol 500 mg 2 mahal dozasi ham oģir kechganda yaxshi samaraga ega.
Ushlab turuvchi vosita. Oral minosiklin yoki doksisiklin 50mg/kun dozasi qo'llaniladi.
Oral Izotretinoin . Og'ir kechayotgan, antibiotiklar va mahalliy davo ta'sir etmagan III darajali rozaseada qo'llaniladi. 0.5mg/kg/kun dozasi ko'pchilik bemorlar uchun yetarli ammo ayrim hollarda 1mg/kg/kun qollash zarur bo'lishi mumkin.
Ivermektin 1 martalik 12 mg doza per oral(ichishga) qabul qilinadi
Rinofema va telangiektaziyalar esa jarroxlik va lazer jarroxligi usullarida samarali davolash mumkin.
Yuz qizarishini kamaytirish uchun beta-blokator Karvedilol 6.5 mg /kun dozada ichish mumkin. Shu kabi topikal 0.5% li brimonidon geli eritema va telangiektaziyani tezda kamaytirishi mumkin.
@dermatolog_uzb
6.7K viewsedited  20:53
Ochish/sharhlash
2020-06-18 00:23:19
#rozasea
Rozasea III daraja.
@dermatolog_uzb
6.6K viewsedited  21:23
Ochish/sharhlash
2020-06-18 00:22:51
#rozasea
Rozasea III daraja burun rezinasimon teksturaga ega deformatsiyalangan, kattalashgan (rinofima). Yuzda shish bor.
@dermatolog_uzb
6.4K viewsedited  21:22
Ochish/sharhlash
2020-06-18 00:22:36
#rozasea
Rozasea I daraja yuz terisi qizargan va kapilyar tomirlar kengayib ko'rinib qolgan(telangiektaziyalar).
@dermatolog_uzb
6.2K viewsedited  21:22
Ochish/sharhlash
2020-06-18 00:22:04
#rozasea
Rozasea xronik kechganda burun terisidagi yog' bezlari giperplaziya va gipertrofiyaga uchrab, burun shakli buziladi hamda kattalashadi.
@dermatolog_uzb
6.1K viewsedited  21:22
Ochish/sharhlash
2020-06-18 00:19:30 #rozasea
Klinikasi. Issiq ichimliklar, alkogol, kofe, o'tkir ziravorli ovqatlar, yoki quyosh nuri, yuzi tez qizaradigan odamlar kasallanishga kòproq moyil.
Davomiyligi. Hafta yoki oylar
Teridagi o'zgarishlar. Ilk I daraja: Yuz terisining markaziy qismi va yanoq sohasi qizarib ketadi va kapilyar tomirlar kengayib ko'rinib qoladi. II daraja: mayda papula(2-3 mm) va ularning cho'qqisida mayda pustulalar(1 mm yoki kichik) toshadi. III darajada yirik to'q qizil rangli papulalar va nodul(tugun)lar hamda telangiektaziyalar bo'ladi. Rozaseada husnbuzardan farqli tarzda komedonlar uchramaydi. Xronik kechganda burun terisidagi yog' bezlari giperplaziya va gipertrofiyaga uchrab, burun shakli buziladi hamda kattalashadi. Bu o'zgarishlar yuzning boshqa sohasida uchrashi ham mumkin. Rinofima- burunda, metofima- peshonada, blefarofima- qovoqlarda, otofema- quloq suprasida, gnatofima- yonoqda yuqoridagi o'zgarishlar(yog' bezi giperplaziya va fibrozlanishi) kuzatilganda qo'llaniladigan terminlar.
Joylashuvi. Asosan yuzda simmetrik joylashadi. Oģiz va kòz bevosita atrofi kòpincha toza, toshmalarsiz. Kamdan kam hollarda bo'yin, ko'krak yoki boshda.
Bog'liqligi. Seborik dermatit bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Rozaseada ko'z ham jarayonga jalb qilinishi mumkin. Bunda konyuktivit va blefarit ham kuzatiladi.
@dermatolog_uzb
6.0K viewsedited  21:19
Ochish/sharhlash
2020-06-18 00:16:09
#rozasea
Klinikasi. Rozasea odatda teri rangi och bo'lgan o'rta yashar ayollarda uchraydi. Yanoq, burun iyak sohasi qizarishi va telangiektaziyalar paydo bo'lishi hamda husnbuzarga o'xshash papula(tuguncha) va pustula(yiringcha)lar toshishi bilan xarakterlanadi. Quyidagilar bilan birga kelishi mumkin:
Rinofima(rhinophyma)- burun sohasida joylashgan yog' bezlarining gipertrofiya va giperplaziyasi.
Konyuktivit- ko'z shilliq qavati yallig'lanishi
Blefarit- qovoqlar shilliq qavati yallig'lanishi
@dermatolog_uzb
5.8K viewsedited  21:16
Ochish/sharhlash
2020-06-15 19:50:55
#rozasea #darajalari
Rozasea ning 3 ta darajasi mavjud.
I daraja: Eritema(qizarish) va telangiektaziyalar(kapilyarlar kengayishidan hosil bo'lgan yulduzchalar)
II daraja: Eritema(qizarish), telangiektaziyalar, papulalar va mayda pustulalar(yiringchalar)
III daraja: Chuqur doimiy eritema(qizarish), zich joylashgan telangiektaziyalar, papulalar, pustulalar(yiringchalar) va nudulalar(tugunlar) . Yuzning markaziy qismida shish bo'lishi mumkin.
Eslatma. Bir darajadan ikkinchiga o'tish har doim ham kuzatilishi shart emas. Rozasea II yoki III bosqich bilan boshlanishi ham mumkin va bosqichlar orasida aniq chegara yo'q.
@dermatolog_uzb
6.0K viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2020-06-15 19:45:44
Tarifi. Soch-yog' bezi birligining xronik yallig'lanish kasalligi bo'lib, yuz terisini zararlaydi.
Sababi. Rozasea ning sababi aniq emas. Kasallik ko'pincha yuzi tez qizaradigan(issiqqa, emotsional yoki ziravorli ovqatlarga) oq tanli 30-50 yoshli ayollarda uchraydi. Erkaklarda va turli yoshlarda ham kuzatilishi mumkin. Demodeks folliculorum teri kanasining roli mavjud bo'lishi mumkin lekin tasdiqlanmagan. Yuzaga kelishida ahamiyatli bo'lgan omillar:
-topikal steroidlar
-yog' asosli kremlar
-issiq ichimliklar va iqlim
-kuchli ziravorli ovqatlar, kafein, alkogol
-stress, jismoniy mashqlar, emotsional qo'zg'alish
-gormonal barqarorlikning buzilishi( mensturatsiya, menopauzalar)
Tarqalishi. Teri rangi och bo'lgan odamlarning 10% qismida kasallanish kuzatiladi.
Boshlanish yoshi. 30-50 yosh . Eng yuqori cho'qqisi 40 va 50 yosh orasida uchraydi.
Jins. Ayollar ko'proq zararlanadi. Lekin rinofema asosan erkaklarda yuz beradi.
Irq. I va II fototipga mansub shaxslar(oq ranglilar) ko'proq kasallanadi.
@dermatolog_uzb
5.8K viewsedited  16:45
Ochish/sharhlash
2020-06-13 20:15:00
Keyingi kasallik Rozasea(Pushtirang husnbuzar)- Rosacea- Розацеа

Reja
1. Ta'rifi
2. Epidemiologiya va etiologiyasi
3. Klinik kechuvi
4. Tashxisoti
5. Differensial tashxisoti
6. Davolash taktikasi


15.06.2020 Ta'rifi, epidemiologiya va etiologiyasi
16.06.2020 Klinik kechishi
17.06.2020 Tashxislash va qiyosiy tashxislash, davolash taktikasi
@dermatolog_uzb
5.8K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash