Get Mystery Box with random crypto!

#davolashtaktikasi #rozasea Rozaseaning oldini olish. Kofein | Teri va tanosil kasalliklari

#davolashtaktikasi #rozasea
Rozaseaning oldini olish. Kofein va alkagol iste'moliga chek qo'yish samarali bo'ladi.
Rozaseani davolash taktikasi.
Mahalliy davo.

Metronidazol gel yoki krem , 0.75 yoki 1% kuniga1 - 2 mahal yuz terisiga suriladi.
Ivermektin krem( demodeks follikulorum kanasi aniqlangan taqdirda).
Mahalliy antibiotiklar( eritromitsin gel yoki krem) qo'llash mumkin lekin samarasi yuqori darajada emas.
Sistemik davo.
Oral(ichishga) antibiotiklar mahalliy davolashga nisbatan ancha yuqori samaraga ega:
Minosiklin yoki doksisiklin , 50 -100 mg dan kuniga 1 yoki 2 mahal ichiladi, ular birinchi tartib davo preparatlari bo'lib juda yuqori samaraga ega. Yoki Tetrasiklin 1- 1.5 gr /kun
dozaasi bir necha mahalga bo'lib ichiladi. Keyinroq yuzdagi toshmalar tuzalgach birdan toxtatiilmasdan 250-500 mg 1 mahal/kun dozada qaabul qilinib boriladi. Yoki oral(ichishga) Mitranidazol 500 mg 2 mahal dozasi ham oģir kechganda yaxshi samaraga ega.
Ushlab turuvchi vosita. Oral minosiklin yoki doksisiklin 50mg/kun dozasi qo'llaniladi.
Oral Izotretinoin . Og'ir kechayotgan, antibiotiklar va mahalliy davo ta'sir etmagan III darajali rozaseada qo'llaniladi. 0.5mg/kg/kun dozasi ko'pchilik bemorlar uchun yetarli ammo ayrim hollarda 1mg/kg/kun qollash zarur bo'lishi mumkin.
Ivermektin 1 martalik 12 mg doza per oral(ichishga) qabul qilinadi
Rinofema va telangiektaziyalar esa jarroxlik va lazer jarroxligi usullarida samarali davolash mumkin.
Yuz qizarishini kamaytirish uchun beta-blokator Karvedilol 6.5 mg /kun dozada ichish mumkin. Shu kabi topikal 0.5% li brimonidon geli eritema va telangiektaziyani tezda kamaytirishi mumkin.
@dermatolog_uzb