Get Mystery Box with random crypto!

#rozasea Klinikasi. Issiq ichimliklar, alkogol, kofe, o'tkir | Teri va tanosil kasalliklari

#rozasea
Klinikasi. Issiq ichimliklar, alkogol, kofe, o'tkir ziravorli ovqatlar, yoki quyosh nuri, yuzi tez qizaradigan odamlar kasallanishga kòproq moyil.
Davomiyligi. Hafta yoki oylar
Teridagi o'zgarishlar. Ilk I daraja: Yuz terisining markaziy qismi va yanoq sohasi qizarib ketadi va kapilyar tomirlar kengayib ko'rinib qoladi. II daraja: mayda papula(2-3 mm) va ularning cho'qqisida mayda pustulalar(1 mm yoki kichik) toshadi. III darajada yirik to'q qizil rangli papulalar va nodul(tugun)lar hamda telangiektaziyalar bo'ladi. Rozaseada husnbuzardan farqli tarzda komedonlar uchramaydi. Xronik kechganda burun terisidagi yog' bezlari giperplaziya va gipertrofiyaga uchrab, burun shakli buziladi hamda kattalashadi. Bu o'zgarishlar yuzning boshqa sohasida uchrashi ham mumkin. Rinofima- burunda, metofima- peshonada, blefarofima- qovoqlarda, otofema- quloq suprasida, gnatofima- yonoqda yuqoridagi o'zgarishlar(yog' bezi giperplaziya va fibrozlanishi) kuzatilganda qo'llaniladigan terminlar.
Joylashuvi. Asosan yuzda simmetrik joylashadi. Oģiz va kòz bevosita atrofi kòpincha toza, toshmalarsiz. Kamdan kam hollarda bo'yin, ko'krak yoki boshda.
Bog'liqligi. Seborik dermatit bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Rozaseada ko'z ham jarayonga jalb qilinishi mumkin. Bunda konyuktivit va blefarit ham kuzatiladi.
@dermatolog_uzb