Get Mystery Box with random crypto!

2021

Telegram kanalining logotibi cuufugu — 2021 2
Telegram kanalining logotibi cuufugu — 2021
Kanal manzili: @cuufugu
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-12 05:13:32 Alloh yoʻlida yaxshi koʻrish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

«Kim bir odamni Alloh uchun yaxshi koʻrib, «Seni Alloh uchun yaxshi koʻraman», desa va ikkisi ham jannatga kirsa, oxiratda sherigiga qaraganda yuqoriroq darajada boʻladi va shu darajaga haqliroq boʻladi, chunki u doʻstini Alloh uchun yaxshi koʻrgan edi».

Imom Bazzor rivoyati

Muhammad Hasaniyning «Eng sharafli ummat» kitobidan
#iqtibos

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
41 views02:13
Ochish/sharhlash
2022-09-09 15:00:21 Jannat bogʻiga* marhabo!

29. Allohning bandalariga inʼomlari va fazli | 24-hadis | Arbaʼin suhbatlari

Bugun shom namozidan soʻng «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jomeʼ masjidida Imom Navaviyning «Arbaʼin» asari asosida tashkil qilingan navbatdagi hadis suhbati boʻlib oʻtadi.

Suhbatda quyidagi mavzular yoritiladi:

1. Allohning bandalariga inʼomlari va fazli;
2. Abu Zarr Gʻiforiy roziyallohu anhuning tarjimai hollari;
3. Yigirma toʻrtinchi hadisning matni va tarjimasi;
4. Hadisning sharhi, undan olinadigan foydalar;
5. Hadisga amal.

Suhbatni masjid imom noibi, Qurʼoni Karim xodimi Hasanxon Yahyo Abdulmajid olib boradilar.

Suhbat quyidagi havola orqali jonli efirda taqdim qilib boriladi:




Hadisning audiosi | Hadisning matni

* Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon jannat bogʻlari yonidan oʻtsangiz, sayl qiling», dedilar.
Men: «Jannat bogʻlari nimadir?» dedim.
«Zikr halqalari», dedilar.

#Ilmiy_suhbat

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
46 views12:00
Ochish/sharhlash
2022-09-09 05:00:01
“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.

Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;

Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
Tanlov nizomi bilan tanishish
39 views02:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:05:44 Yodlab oling Rosululloh* bobolarin,
Shon-sharafli nasablarning a'lolarin

Abdulloh so'ng Abdmuttolib**, Hishom so'ngra,
Abdumanof, Qusoy, Kilob, keyin Murra

Ka'b-u Luay, G'olib-u Fihr, Molik, Nazr,
Kinona-yu, Xuzayma, so'ng Mudrikadir.

So'ngra Ilyos, Muzor, Nizor, Maad, Adnon,
She'rni sizga hadya qildi Mahmud Usmon!

*sollallohu alayhi vasallam
** Abdmuttolib - Abdulmuttolib, vazn uchun qisqartirildi.

"Fiqh ilmiga Muqaddima" darslarida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam nasablarini yodlab olish uchun arabch bayt aytgandim, shuni o'zbekchalashtirdim. Adnongacha nasablarida xilof yo'q, Adnondan Ismoil alayhissalomgacha xilof bor. Shunga Adnongacha yodlab olish kerak.
Alloh manfaatli qilsin.


Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
49 views09:05
Ochish/sharhlash
2022-08-22 04:00:35
Prezidentimizning Saudiya Arabistoniga tashrifi va Umra ibodatidagi eng unutilmas lahzalar

#Prezident #Tashrif

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
48 views01:00
Ochish/sharhlash
2022-08-20 10:10:52 «Hazrat bilan hamsafar boʻldim...»

Husaynxon Yahyo Abdulmajid
Turkiyadagi ilm toliblariga fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bilan birga safar qilganlarini, Hazratimizning go'zal axloqlarini, har doim amal qilib yuradigan yaxshi odatlari haqida gapirib berdilar.

Manba: Muhammad Odil Hamidov

Videosini koʻring

Obuna boʻling: @HasanHusayn_Audio

Rasmiy sahifamiz: @HasanHusayn
45 views07:10
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:30:03 #EʼLON: ARBA'IN SUHBATI BO'LIB O'TADI

26. Mustaqim turish va iymon haqida | 21-hadis | Arba'in suhbatlari

Bugun namozidan so'ng, «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome' masjidida Imom Navaviyning «Arba'in» asari asosida tashkil qilingan navbatdagi hadis suhbati bo'lib o'tadi.

Suhbatda quyidagi mavzular yoritiladi:

1. Mustaqim turish va iymon haqida;
2. Abu Amr Sufyon ibn Abdulloh Saqafiy roziyallohu anhuning tarjimai hollari;
3. Yigirma birinchi hadisning matni va tarjimasi;
4. Hadisning sharhi, undan olinadigan foydalar;
5. Hadisga amal.

Suhbatni masjid imom noibi, Qur'oni Karim xodimi Hasanxon Yahyo Abdulmajid olib boradilar.

Suhbat quyidagi havola orqali jonli efirda taqdim qilib boriladi:




Hadisning audiosi

Hadisning matni

#Ilmiy_suhbat

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
34 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-15 17:58:13
#tafakkur

Kanalga obuna boʻling va yaqinlaringizga ulashing!

@ilmxona
36 views14:58
Ochish/sharhlash
2022-08-07 04:00:00
– Meni ataylab lahad qazigani chaqirdingmi, Ubay?
– Yoʻq, uni sensizam qaziyman. Bunaqa ishlarni sen bilan menga oʻxshagan yetimchalar qilmasa, boshqa kim ham qilardi?..
Men yetimcha emasman, Ubay, – dedim shosha-pisha, – oyim tirik, faqat istansada yoʻqotib qoʻyganman, xolos. Dadam qamalib qolgan, yaqinda qamoqdan chiqib keladi. Oyim ham topiladi, mana koʻrasan, Tuzchi xolam oyimni qidiryaptilar...»

II jahon urushi yurtimizda keltirib chiqargan oqibatlarni haqqoniy tasvirlagan kitob oʻqishni istasangiz, albatta, Erkin Malikning «Bolalik va oʻsmirlik koʻchalari», «Yaxshi odamlar koʻp» kitoblarini oʻqib chiqishingizni maslahat beraman. Ushbu kitoblarda muallif oʻzining bolalik xotiralarini kitobxonlar bilan boʻlishadi. Kitob yosh-u qari uchun birday qulay, chunki ham kirill, ham lotin alifbolarida yozilgan. Kitob oʻsmirlar uchun tavsiya qilinadi.

Erkin Malikning «Bolalik va oʻsmirlik koʻchalari» kitobidan #iqtibos

Telegram / Instagram / Facebook / Twitter
39 views01:00
Ochish/sharhlash