Get Mystery Box with random crypto!

“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon | 2021

“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.

Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;

Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
Tanlov nizomi bilan tanishish