Get Mystery Box with random crypto!

Chetel.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi cheteluz — Chetel.uz | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi cheteluz — Chetel.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @cheteluz
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 942
Kanalning ta’rifi

🌎 Chet el hayotiga oid ma'lumot va xizmatlar
✈️ Arzon aviachiptalar va sayohat
📑 Tarjima, notarius va konsalting xizmatlari
🎓 Chet elda ta'lim va grantlar
Murojaat uchun: @cheteluz_bot
Instagram: instagram.com/cheteluz
Sayt: chetel.uz

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-02 11:49:47 ​​​​#talim
KOREYA TAʼLIM TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Ushbu postda Koreyaning maktab va oliy ta’lim tizimi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Koreyaning maktab taʼlimi tizimi quyidagi 12 yillik uch bosqichni o’z ichiga oladi:
1. Boshlangʻich maktab – 6 yil (초등학교)
2. Oʻrta maktab – 3 yil (중학교)
3. Yuqori maktab – 3 yil (고등학교)

Har bir o’quvchi uchun boshlang’ich va o’rta maktablarni tamomlash majburiy sanaladi. Yuqori maktab ixtiyoriy bo’lsa-da, hamma o’quvchilar yuqori maktabni bitiradi. Yuqori maktab mutaxassislikka yo’nalgan bo’lishi mumkin.

Oliy ta’lim tizimi esa quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
1. Kollej – 2~3 yil (전문학사)
2. Bakalavriat – 4 yil (학사)
3. Magistratura – 2 yil (석사)
4. Doktorantura (PhD) – 3 yil (박사)

Ta’lim tizimida oʻquv yili odatda 2 semestrga boʻlinadi:
1-semestr (bahorgi): martdan ~ iyungacha
2-semestr (kuzgi): sentabrdan ~ dekabrgacha

Ta’lim muassasalarida yilda 2 marta ta’til beriladi:
Yozgi ta’til: iyun oxiridan avgustgacha
Qishki ta’til: dekabr oxiridan fevralgacha

Oliy ta’lim dasturlari universitetlarda bevosita darslar orqali professor va talabalar ishtirokida olib boriladi. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan elektron ta’lim ko‘rinishida ta’lim beruvchi kiber universitetlar soni ham ko‘paymoqda. Koreyada ta’lim muassasalari tashkil etilishiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
Markaziy hukumat tomonidan tashkil etiladigan va boshqariladigan milliy universitetlar – 국립대학
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashkil etiladigan davlat universitetlar – 공립대학
Xususiy notijorat ta’lim jamg‘armalari tomonidan tashkil etiladigan xususiy universitetlar – 사립대학 (OTMlar orasida eng katta ulushga ega).

@cheteluz
171 viewsedited  08:49
Ochish/sharhlash
2022-07-02 11:07:08 ​​#viza
KOREYADA UZOQ MUDDAT YASHASH VIZASI (F-5-10)

F-5-10 vizasi Koreyada doimiy yashash(영주권) huquqini beruvchi viza turi bo’lib, tugash muddati cheklanmagan bo’ladi. ID-karta esa har 10 yilda yangilanadi. Bu viza quyidagi shartga to’g’ri keladigan chet elliklarga berilishi mumkin:

Magistratura va undan yuqori darajani (Bakalavr darajasi uchun IT va unga bog’liq sohani) bitirgan (이공계 학사 또는 석사 이상 학위증);
Koreyada universitetni tamomlaganiga 3 yildan oshgan;
Koreys firmasida 1 yildan ortiq doimiy ishchi bo’lib ishlayotgan;
O’tgan yilgi daromadi 1 GNIdan yuqori bo’lgan;
KIIP dasturini bitirgan.

F-5-10 vizasini ko’rib chiqish muddati – 6 oy. Yuqoridagi talablarga mos kelgan shaxs F-5-10 vizasi uchun quyidagi kerakli hujjatlarni topshiradi. 
– Ariza (통합신청서);
– Arizachi to’ldirishi kerak bo’lgan Immigratsiya formasi (신청자 기본 정보 양식);
– Pasport (여권);
– ID-karta (외국인등록증);
– Yashash joyi shartnomasi nusxasi (체류지 입증 서류);
– O’zbekistonda sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma apostili (해외범죄경력증명서);
– Kafolat xati (신원보증서);
– Soliq idorasidan daromadlari haqida ma’lumotnoma (세무서 발급 소득금액지명원);
– Universitet diplomi nusxasi (학위증);
– Kompaniyaning biznes litsenziyasi (사업자등록증);
– Ishlashi haqida ma’lumotnoma (재직증명서);
– Mehnat shartnomasi nusxasi (근로계약서);
– Firma ishchilarining sug’urtaga a’zolik ro’yxati (사업장 4대보험 가입명부);
– Rasm 1 dona (3.5 X 4.5, oq fonda);
– Viza to’lovi – 230,000 von.

Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarni (xat, tarjima, notarius, apostil) tayyorlashga yordam beramiz. Biz bilan bog’laning~

Murojaat uchun: @cheteluz_bot

@cheteluz
154 views08:07
Ochish/sharhlash
2022-06-30 18:50:09
Assalomu alaykum va rohmatulloh,

Chet elga bormoqchi bo'lgan va chet elda yashayotgan yurtdoshlarimizga oz bo'lsada qulaylik yaratish maqsadida @cheteluz loyihasini ishga tushirdik. Siz bu yerda chet el hayotiga oid turli mavzulardagi (ta'lim, hayot tarzi, ishlash, viza, sayohat, qonunchilik, va h.k.) ma'lumot va xizmatlarni topishingiz mumkin. Dastlab, Koreyaga oid ma'lumot va xizmatlarni taqdim qilamiz va yaqin orada boshqa mamlakatlarni ham qo'shib boramiz.

Ma'lumotlar siz uchun foydali bo'lsa, do'st va yaqinlaringizni ham "Chet el"ga taklif qilsangiz, mamnun bo'lamiz

Murojaat uchun: @cheteluz_bot

@cheteluz

Instagram • Telegram • Website
394 views15:50
Ochish/sharhlash