Get Mystery Box with random crypto!

​​#viza KOREYADA UZOQ MUDDAT YASHASH VIZASI (F-5-10) F-5-10 | Chetel.uz | Rasmiy kanal

​​#viza
KOREYADA UZOQ MUDDAT YASHASH VIZASI (F-5-10)

F-5-10 vizasi Koreyada doimiy yashash(영주권) huquqini beruvchi viza turi bo’lib, tugash muddati cheklanmagan bo’ladi. ID-karta esa har 10 yilda yangilanadi. Bu viza quyidagi shartga to’g’ri keladigan chet elliklarga berilishi mumkin:

Magistratura va undan yuqori darajani (Bakalavr darajasi uchun IT va unga bog’liq sohani) bitirgan (이공계 학사 또는 석사 이상 학위증);
Koreyada universitetni tamomlaganiga 3 yildan oshgan;
Koreys firmasida 1 yildan ortiq doimiy ishchi bo’lib ishlayotgan;
O’tgan yilgi daromadi 1 GNIdan yuqori bo’lgan;
KIIP dasturini bitirgan.

F-5-10 vizasini ko’rib chiqish muddati – 6 oy. Yuqoridagi talablarga mos kelgan shaxs F-5-10 vizasi uchun quyidagi kerakli hujjatlarni topshiradi. 
– Ariza (통합신청서);
– Arizachi to’ldirishi kerak bo’lgan Immigratsiya formasi (신청자 기본 정보 양식);
– Pasport (여권);
– ID-karta (외국인등록증);
– Yashash joyi shartnomasi nusxasi (체류지 입증 서류);
– O’zbekistonda sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma apostili (해외범죄경력증명서);
– Kafolat xati (신원보증서);
– Soliq idorasidan daromadlari haqida ma’lumotnoma (세무서 발급 소득금액지명원);
– Universitet diplomi nusxasi (학위증);
– Kompaniyaning biznes litsenziyasi (사업자등록증);
– Ishlashi haqida ma’lumotnoma (재직증명서);
– Mehnat shartnomasi nusxasi (근로계약서);
– Firma ishchilarining sug’urtaga a’zolik ro’yxati (사업장 4대보험 가입명부);
– Rasm 1 dona (3.5 X 4.5, oq fonda);
– Viza to’lovi – 230,000 von.

Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarni (xat, tarjima, notarius, apostil) tayyorlashga yordam beramiz. Biz bilan bog’laning~

Murojaat uchun: @cheteluz_bot

@cheteluz