Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#talim KOREYA TAʼLIM TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Ushbu | Chetel.uz | Rasmiy kanal

​​​​#talim
KOREYA TAʼLIM TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Ushbu postda Koreyaning maktab va oliy ta’lim tizimi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Koreyaning maktab taʼlimi tizimi quyidagi 12 yillik uch bosqichni o’z ichiga oladi:
1. Boshlangʻich maktab – 6 yil (초등학교)
2. Oʻrta maktab – 3 yil (중학교)
3. Yuqori maktab – 3 yil (고등학교)

Har bir o’quvchi uchun boshlang’ich va o’rta maktablarni tamomlash majburiy sanaladi. Yuqori maktab ixtiyoriy bo’lsa-da, hamma o’quvchilar yuqori maktabni bitiradi. Yuqori maktab mutaxassislikka yo’nalgan bo’lishi mumkin.

Oliy ta’lim tizimi esa quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
1. Kollej – 2~3 yil (전문학사)
2. Bakalavriat – 4 yil (학사)
3. Magistratura – 2 yil (석사)
4. Doktorantura (PhD) – 3 yil (박사)

Ta’lim tizimida oʻquv yili odatda 2 semestrga boʻlinadi:
1-semestr (bahorgi): martdan ~ iyungacha
2-semestr (kuzgi): sentabrdan ~ dekabrgacha

Ta’lim muassasalarida yilda 2 marta ta’til beriladi:
Yozgi ta’til: iyun oxiridan avgustgacha
Qishki ta’til: dekabr oxiridan fevralgacha

Oliy ta’lim dasturlari universitetlarda bevosita darslar orqali professor va talabalar ishtirokida olib boriladi. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan elektron ta’lim ko‘rinishida ta’lim beruvchi kiber universitetlar soni ham ko‘paymoqda. Koreyada ta’lim muassasalari tashkil etilishiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
Markaziy hukumat tomonidan tashkil etiladigan va boshqariladigan milliy universitetlar – 국립대학
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashkil etiladigan davlat universitetlar – 공립대학
Xususiy notijorat ta’lim jamg‘armalari tomonidan tashkil etiladigan xususiy universitetlar – 사립대학 (OTMlar orasida eng katta ulushga ega).

@cheteluz