Get Mystery Box with random crypto!

​​#hayot_tarzi KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI ALMASHTIRIS | Chetel.uz | Rasmiy kanal

​​#hayot_tarzi
KOREYADA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI ALMASHTIRISH

Koreyada ID-kartaga ega O’zbekiston fuqarosi O’zbekistonda olingan B-turidagi (BC – mumkin emas) haydovchilik guvohnomasini Koreya haydovchilik guvohnomasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun quyidagi hujjatlarni Haydovchilik guvohnomasiga imtihon topshirish markaziga (운전면허시험장) topshirish kerak:
O’zbekiston haydovchilik guvohnomasi – asl nusxasi
O’zbekiston haydovchilik guvohnomasining so’nggi 1 yil ichida apostil qilingan asl nusxasi
Pasport
ID-karta
Rasm 3 dona
Immigratsiya ofisidan olingan Koreyaga kirib-chiqqanligi haqida ma’lumotnoma

Haydovchilik guvohnomasiga imtihon topshirish markazida (운전면허시험장) qisqacha tibbiy ko’rikdan o’tiladi.

Koreya haydovchilik guvohnomasi o’sha kuniyoq beriladi. Amal qilish muddati – 10 yil. Koreya haydovchilik guvohnomasi berilganda O’zbekiston haydovchilik guvohnomasining asl nusxasi haydovchilik guvohnomasiga imtihon topshirish markazida olib qolinadi. O’zbekistonga ketishdan oldin aviachipta va Koreya haydovchilik guvohnomasini olib borib, O’zbekiston haydovchilik guvohnomasining asl nusxasini qaytarib olish mumkin. Bunda Koreya haydovchilik guvohnomasi qaytarib olinmaydi.

Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarni (xat, tarjima, notarius, apostil, va boshqalar) tayyorlashga yordam beramiz. Biz bilan bog’laning~

Murojaat uchun: @cheteluz_bot

@cheteluz