Get Mystery Box with random crypto!

Shunaqangi muhtasham chiqdiki, tovuqsevarlar albatta sinab ko' | Рецепты Chef School

Shunaqangi muhtasham chiqdiki, tovuqsevarlar albatta sinab ko'rishingiz kerak!

Tovuqli böreklar

Masalliqlar: 6 dona uchun
Lavash hamiri (yufka) - 1 pachka
Tovuk filesi - 1,5 ta
Piyoz - 1 ta kichik
Garmdori - 1 ta
Qizil bulğori - 1 ta kichik
Zelyoniy gorox - 4 osh qoshiq
Jöxori - 3 osh qoshiq
Tomat pastasi - 0,5 osh qoshiq
Qirilgan pishloq - 1 hovuch
Tuz, murch, paprika
Suv - yarim piyola

Lavashni yopishtirish uchun:
Un - 2 osh qoshiq
Suv - 5 osh qoshiq

Sousi uchun:
Smetana yoki qatik - 4 osh qoshiq
Mayonez - 1 osh qoshiq
Maydalangan sarimsoq - 1 ta donacha
Tuz, rayhon

Tayyorlanishi:
1. Tovuk filesini kubik shaklida töğrab tovada qizartirib olamiz, ortidan mayda töğralgan piyozni ham qöshib 2 daqiqacha qovuramiz.

2. Mayda töğralgan garimdori, bulğori va tomatni solamiz, biroz yana qovuramiz.

3. Ohirgi bölib zelyoniy gorox, jöxori, tuz va ziravorlar solinadi. Yaxshilab aralashtirilgandan söng ustidan suv quyib past olovda 2 daqiqa pishiramiz.

4. Sovishu uchun olovdan olamiz va sovigandan söng qirğichdan chiqarilgan pishloğimizni qöshamiz.

5. Lavashni chetlarini yopishtirish uchun un bilan suvni aralashtiramiz. Silliq, qöyiq ham emas, suyuq ham bölmagan massa tayyorlab olamiz.

6. Lavash hamirini yarim doira shaklida kesamiz va videoda körib turganingizdek hovuchimizda konus shakliga keltirib olamiz va ochilib ketmasligi uchun bir tarafiga unli qorishmadan surib, yaxshilab bosib qöyamiz.

Muhimi ichini nachinka bilan ortiqcha töldirmaslik. Ohirida biroz bösh joy qoldiring.

7. Konuslarimizni ichiga tovuqli nachinkamizdan solamiz va konus chetlariga unli qorishmamizdan surib yopishtirib chiqamiz.
Bu qismi biroz ovora qiladi, lekin yopishadi

8. Uchburchak shaklidagi böreklarni listga teramiz va oldindan 190°C da qizdirilgan pechda usti qizarguncha pishiramiz.
Ohirroğida ustiga biroz sariyoğ surib qöyishni tavsiya qilaman.

9. Sousi uchun butun masalliqlarni aralashtirib dasturhonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

#ovqat

Telegram Instagram