Get Mystery Box with random crypto!

'Bounty' ruleti Tayyorlanishi tez va oson bo'lgan, ta'mi es | Рецепты Chef School

"Bounty" ruleti

Tayyorlanishi tez va oson bo'lgan, ta'mi esa haqiqiy "Bounty"ni eslatadigan desert tayyorlaymiz. Mexmonlarga ham juda manzur keladi!

Hamiriga:
Pesochnoe pechenye - 220 gr
Kakao - 4 osh qoshiq
Sut - 120 ml

Nachinkasiga:
Kokosovie strujki - 100 gr
Shakar pudrasi - 80 gr
Sariyoğ - 100 gr

Tayyorlanishi:
1. Pechenyelarni maydalab, kakao bilan sutni qo'shamiz va hamir qoramiz.

2. Yumshagan sariyoğni shakar pudrasi bilan mikserda aralashtiramiz va kokosoviy strujkani ham qo'shib yana aralashtiramiz.

3. Hamirimizni 2 qavat streych plyonkani orasiga olib 3-5 mm qalinlikda yoyib olamiz va nachinkamizni ham hamir bo'ylab yoyamiz.

4. Ruletimizni o'rab olganimizdan so'ng uni streych plyonkani orasiga olib, 4 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Kechasi bilan tursa undan ham yaxshi.

Tayyor bo'lgan ruletimizni kesib dasturhonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

#desert

Yaqinlaringizga ham yuboring


Telegram Instagram