Get Mystery Box with random crypto!

Pavlova Oson. Yengil. Lazzatli. Yangi Yil dasturxoniga juda y | Рецепты Chef School

Pavlova

Oson. Yengil. Lazzatli. Yangi Yil dasturxoniga juda yarashadi


Beze uchun:
Tuxum oqi - 4 ta
Shakar pudrasi - 150 gr
Shakar - 4 osh qoshiq
Limon cedrasi - 1 ta
Vanil ekstrakti - 0,5 osh qoshiq yoki vanilin
Sirka - 0,5 osh qoshiq
Tuz - 1 chimdim

Krem uchun:
Qaymoq 30% li - 300 ml
Shakar pudrasi - 3 osh qoshiq
Vanil ekstrakti - 0,5 osh qoshiq yoki vanilin
1ta limon cedrasi

Tayyorlanishi:
1. Duhovkani 150°C ga yoqib qo'yamiz.

2. Bir chimdim tuz bilan tuhumni oqargunga qadar mikserda aralashtiramiz.

3. Shakar pudrasini asta sekin, 3 ga bo'lib elab-elab tuhumga kiritamiz va qattiqroq massa hosil bo'lguniga qadar "mikserlash"da davom etamiz.

4. So'ngra shakar, vanil ekstrakti va limon cedrasini qo'shib, qo'yiq massa hosil bo'lguniga qadar mikserda aralashtiramiz.

Umumiy 7-10 daqiqa atrofida vaqt ketadi.

5. Sirkani qo'shamiz va beze o'tirib qolmasligi uchun spatula bilan extiyot bo'lib aralashtiramiz.

6. Pergamentga doira chizib olib, tayyor massani spatula bilan yoyib chiqamiz va chetlariga "bortik" chiqaramiz. Ya'ni chetlarini biroz balandroq qilamiz.

7. Pech haroratini 120°C ga tushuramiz va bezeni 1 soatu 30 daqiqa davomida, duxovka eshigini hech ochmasdan, pishirib olamiz. So'ngra olovni o'chirib, bezeni duxovka ichida yana 1 soatga sovishga qoldiramiz.

8. Krem uchun barcha masalliqlarni qo'yilgunga qadar mikser bilan aralashtiramiz.

9. Bezeli korjimizni o'rtasiga kremimizni suramiz va hoxlagan mevalar bilan bezatamiz.

Ustiga shakar pudrasidan qor yog'diramiz.
Yoqimli ishtaha!


#desert #tort

Yaqinlaringizga ham yuboring

Telegram      Instagram