Get Mystery Box with random crypto!

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU B
Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU
Kanal manzili: @buxdu_uz
Toifalar: Taʼlim , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.10K
Kanalning ta’rifi

• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
@buxdurektorgamurojaatbot
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
998 65 221-29-14

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 137

2022-09-05 14:44:02
#BuxDU_yangiliklari
#Yangi_óquv_yili

Bugun Buxoro davlat universiteti barcha fakultetlarida "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda Buxoro davlat universitetining prorektorlari, dekanlari va mas'ul xodimlar tomonidan o’quv tarbiya, kredit modul tizimida talabalarni o’qitish, universitet ichki tartib qoidalari, yotoqxonada talabalarning joylashuvi va fakultet shart-sharoitlari, labaratoriya jihozlari, o’quv xonalari, fakultet professor o’qituvchilar tarkibi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga yo’nalishlar kesimida davlat granti asosida talabalik baxtiga muyassar bo’lgan bir guruh talabalarni fakultet ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tashkil qilingan o'quv darslari jarayonida birinchi bosqich talabalarining universitet haqida fikrlari tinglandi, o'z taassurotlari haqida tengdoshlari bilan fikr almashdi.

@buxdu_uz
2.3K views11:44
Ochish/sharhlash
2022-09-05 13:32:58
#Yangi_o‘quv_yili

Talabalarni yotxonaga joylashtirish qanday bormoqda?

Buxoro davlat universiteti talabalarining TTJga joylashishi uchun yengillik va qulaylik yaratish maqsadida imtiyoz va imkoniyatlar berildi. Jumladan:

TTJga joylashish uchun maxsus elektron platforma orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yildi;

TTJ uchun 1 oylik to‘lov miqdori 193 ming so‘mdan 150 ming so‘mga kamaytirildi;

TTJning o‘zida ALOQA BANKning sayyor kassasi tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
2.3K views10:32
Ochish/sharhlash
2022-09-05 12:26:13
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Talaba_yoshlarni_birlashtiradigan_loyiha

Talaba-yoshlarning universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko'mak berish, talabalarni Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida Buxoro davlat universitetida Orientation week" loyihasining 1-kuniga start berildi.

Loyihaning 1-kunida Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Narzullayev talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularga loyiha doirasida o'tkaziladigan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Loyiha 5-9-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Aziz talabalar siz ham “Orientation week” loyihasida faol ishtirok eting!
3.5K views09:26
Ochish/sharhlash
2022-09-05 11:43:57
Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
2.3K views08:43
Ochish/sharhlash
2022-09-05 10:33:53 Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun иш вақти ҳафтасига 36 соатдан ошмаслиги lozim.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.

Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga таълим кредити beriladi.

Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – «Ёшлар дафтари» ishga tushirilgan.

«Ёшлар дафтари»ga kiritilganlarning nogiron oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 баравари миқдорида ёрдам кўрсатилади.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 млн сўмгача субсидия ажратилади.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 нафар ёшлар учун Президент гранти joriy qilingan.

Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

Mahalladagi ёшлар етакчилари tavsiyasi asosida yoshlarga 20 турдаги ёрдам beriladi.

Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan тўловлардан озод этилади.

«Moziyga sayohat» dasturi doirasida «Ёшлар дафтари»ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun шарт-шароит яратилади.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
2.9K viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2022-09-05 10:14:41
#BuxDU_yangiliklari

Bugun Buxoro davlat universitetida 2022/2023-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun tanishtiruv jarayonlari boshlandi. BuxDU rektori iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov 1-bosqich talabalar bilan uchrashib, talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni qutlab, bir guruh yuqori ball bilan o'qishga kirgan yoshlarga tashakkurnomalarni topshirdi.

@buxdu_uz
2.8K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:44:29
DIQQAT!!! DIQQAT!!!
Hurmatli talabalar
barchangizga yangi o'quv yili qutlug' bo'lsin. Sizlarga yangi o'quv yilida yangi-yangi zafarlar tilab qolamiz.

HURMATLI TALABA SIZ
Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanmoqchimisiz
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi
Nomli davlat stipendiyalari sohibi
Prezident granti sohibi
Turli xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari g'olibi
Xalqaro va respublika miqyosidagi turli tanlovlar g'olibi
Start-up loyihalar tanlovlari g'olibi
Innovatsion loyihalar tanlovlari g'olibi
Turli davlat mukofotlari sohibi bo'lib
ilmning yuksak cho'qqilarini egallamoqchi bo'lsangiz unda bizga murojaat qiling
Buxoro davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo 'limi.
Bo'lim faoliyati to'g'risida to'liq ma'lumotni ko'rish uchun quyidagi havolaga kiring
Telegram raqam: 97 305 62 20. @Umida_Mirovna
Manzil: Bosh bino 205-xona
Telefon raqam: 65 2212682
Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling HAVOLA
1.1K views05:44
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:23:14
#LIVE
#ONLINE

Bugun - talabalar intiqib kutgan kun. Barcha talabalar xushkayfiyat bilan Oliy ta'lim muassasasi tomon yo'l olishdi.
Buxoro davlat universitetida ham bugun o'zgacha kun. Erta tongdan birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar bilan BuxDU rektori Obidjon Xamidov suhbatlashdi. Ularni talaba bo'lganliklari bilan samimiy tabrikladi. Kelgusidagi o'qishlarida muvaffaqiyat tiladi. Rahbariyat a'zolari tomonidan Buxoro davlat universiteti faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
1.9K views04:23
Ochish/sharhlash
2022-09-04 22:03:09 O'qishning birinchi kuni bilan tabriklayman )

#

@buxdu_uz
3.3K views19:03
Ochish/sharhlash
2022-09-04 19:07:09 “Orientation week” loyihasi ushbu kunlik reja asosida o'tkaziladi
3.6K views16:07
Ochish/sharhlash