Get Mystery Box with random crypto!

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU B
Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU
Kanal manzili: @buxdu_uz
Toifalar: Taʼlim , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.10K
Kanalning ta’rifi

• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
@buxdurektorgamurojaatbot
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
998 65 221-29-14

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 134

2022-09-23 16:06:18
Doktorantura kvotalari tasdiqlandi

2023-yilda stajyor tadqiqotchilik, doktorantura, tayanch hamda maqsadli doktoraturada davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ta'lim oluvchilarning OTM va ilmiy tashkilotlar kesimida taqsimoti

PDF shaklda yuklab olish

Eslatma: hujjatlar phd.mininnovation.uz platformasi orqali 15-oktabrga qadar onlayn qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.2K views13:06
Ochish/sharhlash
2022-09-11 12:49:50 Germaniyaning "Deutsche Welle" akademiyasi vakillari — Buxoro davlat universitetida
1.0K views09:49
Ochish/sharhlash
2022-09-11 10:54:22
Супер-контракт нархлари (сиртқи, кечки ва масофавий)
#abituriyent

Юқоридаги суратлар орқали 2022 йил учун йўналишлар кесимида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

Бу ерда 10 фоизлик чегирма қўшиб ҳисобланган. Яъни тўланиши керак бўлган охирги сумма мана шу.

PDF вариант бу ерда
(қидирув имконияти бор).
https://drive.google.com/file/d/1HpjNlw7tLnl0tAcah0wUT2VPw_itFJUE/view

КУНДУЗГИ таълим нархлари бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/15926


@xushnudbek
1.5K views07:54
Ochish/sharhlash
2022-09-11 10:54:11
Супер-контракт нархлари (кундузги)
#abituriyent

Юқоридаги суратлар орқали 2022 йил учун йўналишлар кесимида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

Бу ерда 10 фоизлик чегирма қўшиб ҳисобланган. Яъни тўланиши керак бўлган охирги сумма мана шу.

PDF вариант бу ерда
(қидирув имконияти бор).
https://drive.google.com/file/d/1suZ7echWvt6N56rAHkJpWZ52GYGebE3r/view

СИРТҚИ, КЕЧКИ ва МАСОФАВИЙ таълим шакли нархлари бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/15936


@xushnudbek
1.2K views07:54
Ochish/sharhlash
2022-09-08 06:53:41 Buxoro davlat universiteti pedagog-kadrlar lavozimlari uchun yangi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilinadi

Talabgorlar diqqatiga!

Pedagog-kadrlari lavozimlariga tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 7-sentabrdan 13-sentabrgacha qadar davom etadi.

Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.

Hujjatlar qabuli universitetning https://uniwork.buxdu.uz/ elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

https://uniwork.buxdu.uz/ Ariza beruvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarni elektron tizimga biriktirishi talab etiladi:

1. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr va magistr diplomi), xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan nomzod bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi diplom (mavjud bo‘lsa);
2. Rezyume (ma’lumotnoma-obyektivka)
3. Xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa qabul jarayonida ustuvorlik beriladi)

Qo‘shimcha imtiyozlar:

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan nomzod O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-sonli Farmoniga muvofiq yosh mutaxassislarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanadi;

Universitetda joriy qilingan KPI tizimi asosida 100 % gacha qo‘shimcha haq to‘lanadi;

C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Tanlov o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqida tanlov bo‘ladigan kundan kamida ikki kun oldin nomzodga Tizim orqali shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi.
Nomzod ishga kirish uchun hujjatlari o‘z vaqtida to‘liq Tizimga biriktirilmaganda yoki bila turib soxta hujjatlar yoxud yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda nomzodning arizasi rad etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rish
696 views03:53
Ochish/sharhlash
2022-09-07 19:43:14
Siz ingliz tiliga qiziqasizmi?
Dastlabki ta'lim kerakmi?

Unda bizga murojaat qiling. BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan ingliz tili kurslari aynan siz uchun. 
Biz bilan ingliz tilini zamonaviy usullarda o'rganishingiz mumkin. Biz sizga quyidagi o'quv darslarini taklif etamiz:

• IELTS
• ENGLISH FOR KIDS
• GENERAL ENGLISH
• ONLINE LESSONS
• ENGLISH FROM 0

Aynan talabalar uchun qulay tanlov. Nega deysizmi?
Qiziqarli metodlar, tajribali o'qituvchi, arzon narxlar hamda qulay joylashuv.

Murojaat uchun:
@Moni_c_o
@ngn_yu

Tel: +998 91 447 08 29

Manzil: Buxoro davlat universiteti
Yoshlar ittifoqi xonasi.
1.6K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2022-09-07 18:34:21
#BuxDU_yangiliklari
#Xalqaro_forum

Isroildan tashrif buyurgan hamkor OTMlar qatorida Ariel universiteti vakillari, jumladan rektor Albert Pinhasov, Ariel universiteti prezidenti Yehuda Shoenfeld, Tabiiy fanlar fakulteti dekani Gary Gellerman, Strategik loyihalarni ishlab chiqish loyihasi direktori Dr. Nadia Iermakova boshchiligidagi delegatsiya BuxDU bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, muhandislik, tabiiy fanlar, tibbiyot va arxitektura yo’nalishlarida olib borilayotgan yangiliklar va ushbu sohalarda kelajakda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Forum doirasida Ariel universiteti vakillari va Filologiya va Tarix fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida “21-asr Madaniy merosi” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Davra suhbati professor Golda Akhiezer tomonidan ochib berildi va uchrashuv davomida madaniy merosning hozirgi yoshlar uchun ta’siri haqida muhokamalar bo’lib o’tdi.

@buxdu_uz
2.1K views15:34
Ochish/sharhlash
2022-09-07 18:32:41
#BuxDU_yangiliklari
#Xalqaro_forum

BuxDU va Isroilning Holon texnologiyalar instituti bir necha yillar davomida hamkorlik olib bormoqda. “STEM – Birinchi Isroil – O’zbekiston akademik forumi”ning ikkinchi kunida Turizm sohasida bugungi kunda olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, mazkur sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, turizmning hozirgi zamonda katta roli va kelajak avlod uchun qanchalik foydali ekanligi haqida Holon texnologiyalar universiteti professorlari Rawet David, Cramsky Ehud, Schler Jonathan, Levy Tony Iqtisodiyot va turizm fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida seminar-trening olib bordi.

Batafsil: https://telegra.ph/Batafsil-09-07-4

@buxdu_uz
1.8K views15:32
Ochish/sharhlash
2022-09-07 18:31:59
#BuxDU_yangiliklari
#Xalqaro_forum

Bugun Buxoro davlat universitetida davom etayotgan STEM xalqaro konferensiyasi doirasida xorijlik OTMlar ishtirokida muzokaralar olib borildi. Xususan, Ozarbayjonning Baku davlat universiteti rektori Elchin Babayev boshchiligida delegatsiya a’zolari ushbu universitetda 18 mingdan ortiq talabalar tahsil olishi, bugungi kunda universitetda Mexanika va matematika, Fizika, Jurnalistika, Huquq, Xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot, Tabiiy fanlardan iborat fakultetlar mavjudligi haqida ma'lumot berdi hamda ushbu yo’nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan vazifalar va rejalar haqida kelishib olindi. Uchrashuv davomida BuxDU va Baku davlat universiteti o’rtasida o’zaro almashinuv memorandumlari imzolandi.

@buxdu_uz
1.8K views15:31
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:09:58
Hurmatli BuxDUga Ikkinchi oliy ta’lim uchun hujjat topshirib, suhbat jarayonlarida qatnashgan abiturientlar diqqatiga!

25-26-27-avgust kunlari BuxDUda ikkinchi oliy ta’lim suhbat jarayonlarida bevosita ishtirok etgan abiturientlar 2022-yilning 8-sentabrdan boshlab quyidagi xujjatlarni Sirtqi bo‘limning mas’ul xodimlariga keltirib topshirishingiz so‘raladi:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (5 dona asli ko‘rsatilgan holda);
3. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom va uning ilovasini asl nusxasi (oxirgi 3 yil davomida davlat granti asosida ta’lim olganlar diplomdan ko‘chirma);
4. 3,5x4,5 fotosurat (12 dona);
5. Hujjatlar yig‘ma jildi;
6. Konvert A5 formatida.

Murojaat uchun telefonlar:
65 221 2681,
65 221 2685,
65 221 2906,
65 221 2587.
2.7K viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash