Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал B
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
Telegram
Instagram
All tags
Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
Telegram
Instagram
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.78M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 546

2022-04-21 19:23:50
“Forbes” sanktsiyalar tufayli rossiyalik milliarderlar qancha pul yoʻqotganini hisoblab chiqdi.

Eng koʻp boyligini yoʻqotgan rossiyalik milliarderlarning 10 taligi quyidagicha:
1. Aleksey Mordashov – 29,1 milliard dollar edi, hozir 13,2 milliard dollar.
2. Vagit Alekperov – 24,9 milliard dollar edi, hozir 10,5 milliard dollar.
3. Sulaymon Kerimov – 15,8 milliard dollar edi, hozir 4,4 milliard dollar.
4. Tatyana Bakalchuk – 13 milliard dollar edi, hozir 2,1 milliard dollar.
5. Leonid Mixelson – 24,9 milliard dollar edi, hozir 14 milliard dollar.
6. Gennadiy Timchenko – 22 milliard dollar edi, hozir 11,3 milliard dollar.
7. Vladimir Potanin – 27 milliard dollar edi, hozir 17,3 milliard dollar.
8. Denis Sverdlov – 10,6 milliard dollar edi, hozir 1,4 milliard dollar.
9. Vladimir Lisin – 26,2 milliard dollar edi, hozir 18,4 milliard dollar.
10. Roman Abramovich – 14,5 milliard dollar edi, hozir 6,9 milliard dollar.

@BugungiGap
10.9K views16:23
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:38:00
Mehribonlik uyidagi holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv.

Bugun, Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyida yuzaga kelgan holat yuzasidan Dalil.uz jurnalistlari surishtiruv ishlarini olib borishdi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ular bilan yomon munosabatda boʻlgan muassasa hamshirasini ishdan ketishini talab qilishgan.

@BugungiGap
11.7K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:18:20
Toshkentdagi mehribonlik uyida yuz bergan holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasining maʼlum qilishicha, 21-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari muassasa hamshirasini binoga kirishiga qarshilik koʻrsatmoqchi boʻlishgan. Hozirda vaziyat nazoratga olinib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kun tartibi boʻyicha shugʻullanishmoqda.

@BugungiGap
12.3K views15:18
Ochish/sharhlash
2022-04-21 17:10:17
Toshkentda namoyish qilgan bolalar mehribonlik uyiga olib kirib ketildi.

Ayni paytda Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyi xodimlari darvoza oldida toʻplanib olgan bolalarni binoga olib kirib ketishgani aytilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelgan.

Manba: Nova24

@BugungiGap
12.9K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-04-21 17:10:04
Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshga kirdi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 21-aprel kuni Angliyadagi qirollik oilasiga qarashli Sandringem saroyida oʻzining 96 yoshini nishonlamoqda.

@BugungiGap
12.4K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-04-21 17:09:24
QON BOSIMNI 1 KUNDAYOQ NORMAGA TUSHIRISH!

Dorilarsiz qon bosimini normal darajaga tushirish!

BATAFSIL: exuz.ru/g

(Batafsil ko'rish uchun yuqoridagi havolani bosing)
12.2K views14:09
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:38:56
Toshkentdagi mehribonlik uyida kuzatilgan holat.

Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyi darvozasi oldida plakat ko‘tarib olgan bolalar yig‘ilib, “ketinglar” deb baqirishgan. Hozirda holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

@BugungiGap
12.9K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:00:04
Prezident oilaviy bolalar uylari tashkil qilgan insonlarga minnatdorlik bildirdi.

“O‘zbek millati ko‘p millatli xalq ekanligi, bolajon xalq ekanligi, ertangi kuniga befarq emasligiga yana bir bor butun dunyo hamjamiyatiga namuna bo‘lyapsizlar” – deydi davlat rahbari.

@BugungiGap
13.2K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2022-04-21 15:59:38
O‘zbekistonda 15 ta yangi gidroelektr stansiyasi quriladi.

O‘zbekistonda 2022–2026-yillarda 15 ta yangi gidroelektr stansiya (GES) qurish va mavjud 5 ta GESni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, yangi GESlar yiliga qo‘shimcha 868 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

@BugungiGap
13.0K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-04-21 15:42:25
Jizzaxdagi sel oqibatida halok boʻlganlar soni 5 kishiga yetdi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida yuz bergan kuchli sel oqibatida 4 kishi halok boʻlgani va 1 kishi bedarak yo‘qolgani aytilgan edi. Jizzax viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan shaxsning jasadi topilgan.

@BugungiGap
13.4K viewsedited  12:42
Ochish/sharhlash