Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
Telegram
Instagram
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.78M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 538

2022-04-26 15:58:47
“Andijon polkasi”ga raqsga tushish uchun toqqa chiqqan oʻquvchilar.

Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida yuzlab oʻquvchilar toqqa chiqib “Andijon polkasi”ga raqsga tushishayotgani aytilmoqda.

@BugungiGap
12.9K views12:58
Ochish/sharhlash
2022-04-26 14:31:23
Pentagon rahbari Rossiya zaiflashishi kerak deb aytdi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Amerika Rossiya zaiflashganini ko‘rmoqchi. Shuningdek, AQSh Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidek, boshqa hech bir davlatga hujum qilmaydigan darajagacha zaiflashishini xohlaydi.

@BugungiGap
13.3K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-04-26 14:31:23
Bolgariya Bosh vaziri Ukrainaga yordam berish uchun xalqni oylik maoshidan voz kechishga chaqirdi.

Ukrainaga yordam berish uchun Bolgariya Bosh vaziri Kiril Petkov oʻz maoshidan voz kechdi. U Bolgariya xalqini ham shunday qilishga chaqirdi. Vazir barcha yigʻilgan pullar Ukraina armiyasiga qurol-yaroq sotib olish uchun sarflanishini maʼlum qilgan.

@BugungiGap
13.0K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:50:31
Qashqadaryoda kuchli sel keldi.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining togʻli hududida joylashgan qishloqqa kuchli sel keldi. Qishloq maktabi hududini suv bosgani aytilmoqda.

@BugungiGap
13.3K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:38:40
“Andijon polkasi”ga raqsga tushish boshlab yuborildi.

Andijon viloyati hokimining topshirigʻiga binoan maktablarda oʻqituvchi va oʻquvchilar “Andijon polkasi”ga raqsga tushishmoqda.

@BugungiGap
14.3K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:01:52
BMT Bosh kotibi Moskvaga yetib keldi.

Ayni paytda Moskva shahrida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish oʻrtasida muzokaralar boshlandi. Keyin Gutterish Putin bilan uchrashuv oʻtkazadi.

@BugungiGap
13.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-04-25 20:00:25
Rossiya AQShdan Ukrainaga qurol yubormasligini talab qildi.

Moskva Vashingtonga Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatish talabi bilan nota yubordi. Bu haqda Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qilgan. Antonovning ta’kidlashicha, AQSh vaziyatni og‘irlashtirishga harakat qilmoqda.

@BugungiGap
10.4K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-04-25 19:57:34
O‘zbekistonda 2026-yilgacha 25% elektr energiyani tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Xalqaro moliya korporatsiyasi Oʻzbekistonning ekologik toza energiyaga o‘tishini va elektr energiyasiga o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun shamol stansiyalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim imzoladi. Oʻzbekistonda 2026-yilgacha 5 gigavatt quyosh va 3 gigavatt shamol energiyasini ishga tushirish maqsad qilingan.

@BugungiGap
10.5K views16:57
Ochish/sharhlash
2022-04-25 19:16:07
UzAuto Motorsʼning daromadi 2021-yilga nisbatan ikki baravar oshdi.

2022-yilning yanvar-mart oylaridagi UzAuto Motors kompaniyasining umumiy daromadi 8,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Kompaniyaning daromadi 2021-yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshdi. O‘tgan yilning aynan shu davrida UzAuto Motors 4,4 trillion so‘m daromad ko‘rgan.

@BugungiGap
11.6K views16:16
Ochish/sharhlash
2022-04-25 18:00:50
Sanksiyalar kuchaysa Rossiya arogʻi Oʻzbekistonga joʻnatilishi mumkin.

Agar Ukrainadagi harbiy harakatlar sabab Rossiyaga qarshi qoʻllanilgan sanksiyalar kuchayishda davom etsa, Yevropaga atalgan spirtli ichimiliklar O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, Armaniston va Belarus bozorlariga joʻnatilishi mumkin.

@BugungiGap
14.2K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash