Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.69M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 542

2022-04-23 13:45:02
O‘zbekistonda bekatlarda to‘xtashni taqiqlovchi belgi paydo bo‘ldi.

Ushbu belgi yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmaydigan transport vositalarini bekatlarda toʻxtashini taqiqlaydi. Bunday qoidabuzarlik uchun jarima 540 000 so‘mni tashkil etadi. Tez orada bunday belgilar Toshkentdagi barcha gavjum avtobus bekatlarida paydo boʻladi.

@BugungiGap
13.3K views10:45
Ochish/sharhlash
2022-04-23 13:00:53
“Guanchjou” klinikasining firibgarligi yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guanchjou” tibbiy klinikasining firibgarligi fosh boʻldi degan videolar tarqalgan edi. Bu holat yuzasidan “GUANGZHOU MEDICAL of CHINA” MCHJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi (“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish”) alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

@BugungiGap
13.6K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-04-23 13:00:35
“Rossiya gazisiz Yevropa bir hafta ham yasholmaydi” – Medvedev.

“Yevropa komissiyasi gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishga ruxsat berdi, demak Rossiya Prezidentining farmoni hali ham Yevropa biznesi tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Ammo jiddiy aytsa, ular Rossiya gazisiz hatto bir haftaga ham yetib bormaydi”, – deb yozgan Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

@BugungiGap
12.9K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-04-22 20:41:31
Putin BMT bosh kotibi bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Vladimir Putin 26-aprel kuni Moskvaga Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazish uchun tashrif buyuradigan BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qiladi.

@BugungiGap
10.4K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-04-22 19:21:59
Oʻzbekistonliklar “Starlink” sputniklari uchishiga guvoh boʻlishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nomaʼlum uchar jismlar videosi, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli “Starlink” sunʼiy yoʻldoshlari ekanligi maʼlum boʻldi.

@BugungiGap
13.5K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-04-22 18:48:47
Oʻzbekiston osmonida nomaʼlum uchar jismlar tasvirga olindi.

Katta ehtimol bilan bu Ilon Maskning “Starlink” sunʼiy yoʻldoshlari boʻlishi mumkin. Video Toshkentda tasvirga olinganligi aytilmoqda.

@BugungiGap
15.9K views15:48
Ochish/sharhlash
2022-04-22 18:41:27
Oʻzbekiston FIFA-2022 translyatsiyasi huquqini sotib oldi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) joriy yil 21-noyabrdan 18-dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha FIFA-2022 Jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi. Jahon chempionati uchrashuvlari “Sport” va “Mahalla” telekanallarida namoyish etiladi.

@BugungiGap
13.5K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-04-22 18:16:59
Afgʻonistondagi masjidda portlash sodir boʻldi.

Bugun, Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi “Mavlaviy Iskandar” masjidida portlash yuz berdi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan.

@BugungiGap
13.2K views15:16
Ochish/sharhlash
2022-04-22 17:13:07
Buyuk Britaniya bosh vaziriga nisbatan tergov boshlandi.

Buyuk Britaniya parlamenti bosh vazir Boris Jonsonga karantin paytida koronavirus cheklovlarini buzgani yuzasidan tergov boshladi. Tergovga bosh vazirning 2020-yilda umummilliy karantinda hukumat qarorgohida ziyofat uyushtirgani sabab bo‘lgan.

@BugungiGap
13.7K viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2022-04-22 17:13:07
Dunyoning faqat 4 ta davlatida 0,001 foiz aholining boyligi qolgan 80 foiz aholisining boyligidan koʻproq hisoblanadi. Bular Rossiya, Braziliya, Chili va Janubiy Afrika.

@BugungiGap
13.3K views14:13
Ochish/sharhlash