Get Mystery Box with random crypto!

BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂

Telegram kanalining logotibi botirbannop — BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂 B
Telegram kanalining logotibi botirbannop — BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂
Kanal manzili: @botirbannop
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 368
Kanalning ta’rifi

Sochlarim to'zg'igan fikrlar chalkash.
Yuragim tanamga sig'may qolmoqda,
Qanday bo'lay endi, buyuk qalamkash.
She'rlarim tug'ilmay nobud bo'lmoqda.
@BotirBannop
@BotirBannopfanclub
@BotiraliBannopov
Tel 910404054

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-10 13:46:12 15-#Hikoyam

YANA BIR OʻRNAK

Avvalambor, assalomu alaykum! Sizlarga mamnunlik bilan bir muxlisimizning hikoyasini oʻrnak sifatida aytmoqchiman. (Hikoyada ba'zi joylari oʻzgartirilgan boʻlishi mumkin.)
U menga shunday yozgan edi: "Men ilm olishni va ilm majlislarida qatnashishni sevganim uchun bir oʻqishga borib qoldim va kuzatuvchi sifatida darslariga kirdim. Arab tili ekan. Bolalarning 90% ini boshlangʻich maktab oʻquvchilari tashkil qiladi. Ularni yuzlaridan nur, qorachiqlaridan xursandchilik, tillaridan esa bu galgi musobaqa tushmas edi. Ularni koʻrib, hayriyat, bizdan ham yaxshiroq ilmni sevadigan tolibi ilmlar bor ekan deb juda sevindim. Soʻng dars boshlandi. Boshlanganda ham bir yoʻla musobaqa bilan boshlandi. Uni sharti– kelgan mavzularini tez oʻqish ekan. Men esa bir varaqqa ularni oʻqiyotgan matnini necha daqiqada tugatgani yozib turdim. Oʻquvchilar soni 10dan ziyod boʻlsa ham vaqt qanday oʻtgani bilinmadi...
Hayajonli daqiqalar muallim birdaniga gap boshladi:
— Oxirgi oʻrinni kim oldi?
Men: —Anavi bola 2-daqiqayu 27-soniyada oʻqib tugatdi,— dedim. Menimcha oʻsha bola guruhning eng kichkinasi edi. Muallim bolani yoniga chaqirdi.
—Bu boladan oldingisi qancha avval tugatdi?
Men: —17soniya,— desam, bolani yumshoqqina qoʻlariga oddiygina chizgʻich bilan ogʻriqsiz 17ta urib qoʻydi. Soʻng undan keyingi bola chiqdi.
U ham oʻzidan avvalgi boladan qancha soniya qolib ketgan boʻlsa shuncha jazo oldi.
Soʻng yana boshqasi chiqdi va shunday davom etaverdi. Bu jazoni 1-oʻrinni olgan bola olmas ekan xolos. Ogʻriqsiz jazo olayotgan bolalarning navbatdagisi chiqdi. U ham oʻng qoʻlini tutqazdi. Kerakli jazoni olgach, haligi bola chap qoʻlini ham tutqazib: —Bunga ham uring!— deya, faxr bilan turardi. Men erkalik qilib ustozga oʻzini koʻrsatyapti, shekilli deb oʻyladim. Muallim ham narigi qoʻliga ogʻrir-ogʻrimas yana urib qoʻydi. Keyin mendan,
— Nimaga urgizganini bilasizmi?— deb savol berdi mualim.
Men shosha-pisha:— Yoʻq, nega?— desam, jazoni olgan bola chidab turolmay::— Ustoz urgan tana —In Shaa Alloh doʻzaxda yonmaydi!— deb ixlos bilan gapirdi. Agar yonimda hech kim boʻlmaganida gapidan ta'sirlanib yigʻlashga tayyor edim. Bu bolalardagi bunday jasoratni koʻrib ba'zi maktablardagi kichik, lekin insonni uyaltiradigan koʻngilsizliklar koʻz oldimga keldi. Koʻp eshitamiz, "Ustozi urgan ekan. Ota- onasi maktabga kelib, ustozini sharmanda qilib ketdi!"- degan gaplarni. Eh, afsus shu kap-katta oʻquvchilar va ularni ota- onalarini jasorati shu bolalarchalik boʻlolmayotganiga achinib ketasan kishi.
Xulosa oʻzingizdan. Shu maktabdagi ustozlar ham yaxshi boʻlsin deb oʻquvchini urishadi, soʻkadi. Agar siz bilan biz shu arzimas yegan kaltaklarimizni ham bizga foydasi borligini bilib va shu bolalarchalik ilmni sevganimizda, albatta, yanada koʻproq olimlar chiqar edi. Ha, aytgancha, ilm olishga hali ham kech emas!

Muallif: Botir Bannop

Sana: 2022-yil, 9-iyun.

T.me @BotirBannop
4.3K views10:46
Ochish/sharhlash
2022-06-07 08:23:11
Robbim, seni qancha suyganim sari,
Meni yomon koʻrib boryapti shayton.
Ketar chogʻim tilda aytib kalimang
Beraolsam edi qani endi jon.

Botir Bannop

T.me @BotirBannop
3.2K viewsedited  05:23
Ochish/sharhlash
2022-06-04 12:03:18
Botir Bannop sheʼri

MUSLIMASIZ

Ijroda ham oʻzi
T.me @BotirBannop
3.1K viewsedited  09:03
Ochish/sharhlash
2022-06-03 17:55:10
Chidolmayman gapirmang hech,
Dinga qarshi so'zingizni.
Tavba qiling qolmasdan kech,
Tarbiyalab... o'zingizni...

Botir Bannop

T.me @BotirBannop
3.6K views14:55
Ochish/sharhlash