Get Mystery Box with random crypto!

BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂

Telegram kanalining logotibi botirbannop — BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂 B
Telegram kanalining logotibi botirbannop — BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂
Kanal manzili: @botirbannop
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 368
Kanalning ta’rifi

Sochlarim to'zg'igan fikrlar chalkash.
Yuragim tanamga sig'may qolmoqda,
Qanday bo'lay endi, buyuk qalamkash.
She'rlarim tug'ilmay nobud bo'lmoqda.
@BotirBannop
@BotirBannopfanclub
@BotiraliBannopov
Tel 910404054

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-06 05:28:09
YOZILMAGAN SHE'R

Sheʼrlar tugʻilgandi yomgʻir yoqqan tun,
Tomchilar quchoqlab olgandi yerni.
Qoʻlga qalamini olgancha shoir,
Shoshib yozar edi bitmagan sheʼrni.

Joniga tegmasdi uyqusiz kecha,
Xayolot dunyosi zabt etgan uni.
Jununvash hislarga duch kelmasada,
Oʻzi darvesh misol yurgan har kuni.

Nur sochgan tuyg'ular oqshom bag'rida,
She'r dardin ko'ksiga joylab borardi.
Shoirona orzu istaganda dil,
Gʻaflat ko'zlarini aldab qolardi.

Majruh so'zlar bilan yonma-yon turib,
Sezmasdi chalajon yonganligini.
Afsus, shoir ko'ngli bilmas edi-da,
Sheʼrlari tugʻilmay oʻlganligini.

Botir BANNOP

2022-yil

Telegram
2.1K views02:28
Ochish/sharhlash
2022-08-05 15:01:02
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh

Kimga qiziq bilmadimku sizlar tufayli yutuqlarim soni bittaga oshdi...
1.2K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2022-08-03 21:54:23 Смотрите "Botir Bannop Roʻmol haqida yozgan sheʼri bilan Yozuvchilar uyushmasida xammani qoil qoldirdi" на YouTube
https://youtube.com/shorts/_63AELAHphc?feature=share
1.7K views18:54
Ochish/sharhlash
2022-08-02 16:43:45
#nazm

Алдайверинг, ҳижолат бўлманг,
Ёлғонларга ўрганиб қолдим.

Ростгўйларнинг ёлғонларини,
Мен ўзимга дўст қилиб олдим.


Элъмира Мухтор

Ботир Банноп

@Elmira_Muxtor

2.5K views13:43
Ochish/sharhlash
2022-07-31 10:18:47 ***

Sendan qolgan edi xotirli soʻzlar...
Barisi ajoyib, barisi goʻzal.
Quloqqa yoqardi hammasidan ham,
"Xayrli" soʻzini aytishing har gal.

Qara uch yil boʻldi ishongim kelmas,
Seni topmasimdan yoʻqotganimga.
Ishqni deb yuragim qoq oʻrtasiga,
Hijron miltigʻidan oʻq otganimga.

Senda qolib ketgan alamlarim koʻp,
Biru-bir boʻlmagan hazillar (misol).
Javobsiz savollar ortidan quvib,
Joningga tekanim rostdir, ehtimol.

Bugun esga oldim, ayniqsa oʻsha
"HM"-, degan soʻzingni sogʻinib rosti.
Chorasiz chidolmay bechora ko'nglim,
Sensizlik dorida oʻzini osti.

Sendan qolgan edi xotirli soʻzlar...
O'chirib bo'lmaydi hech birin dildan .
Bilmam, nega meni yolg'izlatgansan,
Xayrli bo'lmagan ayriliq bilan.

Botir Bannop

2022-yil

Telegram
3.2K viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash
2022-07-29 18:54:03
UYALDIM

Men seni sevmoqqa uyaldim,
Yuragim senga joy berolmas.
Pokiza qalbingning oldida,
Baralla "sevaman" deyolmas.

Bu tuygʻu ulugʻki shu qadar,
Koʻnglingni zanjirband etadi.
Oʻziga oʻrgatib naqadar,
So'ng, yana olislab ketadi.

Ichikib qolmayin xozirdan,
Koʻzlaring koʻzimda qoldi-da.
Men seni sevmoqqa uyaldim,
Pokiza qalbingning oldida.

BOTIR BANNOP

Sana 2022-yil

T.me @BotirBannop
2.6K views15:54
Ochish/sharhlash
2022-07-27 15:19:17 3 nafar finalchilar aniqlandi.

1) Ilyos Hamroz
@axir_men_bormanku_nega_yiglaysan

2)Shoxruh Davron Ergashev
@Sezimlarim

3) Muhammadjon Hodiyev
@Hodi_Muhammad

1)Gulnoza Alimjonova
@Gulnoza_Alimjonova_Ijodi

2)Asadbek Tursunzoda
@asadbek_Tursunzoda

3)Botir Bannop
@BotirBannop

Yarim final shu kanalda boʻlar ekan
@Asadbek_Tursunzoda
1.3K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-07-26 04:34:18
OʻRANGAN OY YUZINGIZNI ALLOH SUYSIN


HAYRULLA HAMIDOV


ALLOH SUYSIN

Qora koʻzlar soyangizga tushmasidan,
Yoʻlingizda farishtalar sergak tursin.
Bu dunyoda soʻraganim sizlar uchun,
Oʻrangan oy yuzingizni Alloh suysin!

She'rlar yozsam kitoblarda sizni maqtab,
Janonalar hasadlarda oʻqib kuysin.
Yosh avlodga oʻrnak boʻlgan muslimalar,
Oʻrangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Quyoshdanda taftli ekan yuragingiz,
Dinni sevgan Iymoningiz kulib tursin.
Islom uchun hijob oʻrab yurgan, singlim,
Oʻrangan oy, yuzingizni Alloh suysin!

Qalbi koʻrlar sizni koʻrib havas qilib,
Amallarda taqvodorlik ishqin tuysin.
Haloliga asrab qoʻyib ziynatlarin,
Oʻrangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Sizni deya Jannatlarda In Shaa Alloh,
Yoringiz ham yoningizda birga yursin.
Bu dunyoda sizni faqat hammadan koʻp
Oʻrangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Botir Bannop

Sana: 2022-yil

T.me @BotirBannop
2.6K viewsedited  01:34
Ochish/sharhlash
2022-07-24 09:51:06 Yarim finalga yoʻl olgan
12 nafar ijodkorlar.

Barchaga omad yarim final haqida maʼlumotlarni 24- iyul kuni maʼlum qilamiz.


1) Sodiqjon Xoʻjamurodov
@sodiqjon_shoir

2) Hodiyev Muhammadjon
@Hodi_Muhammad

3) Alisher Ergashev

4) Gulnoza Alimjonova
@Gulnoza_Alimjonova_Ijodi

5) Asadbek Tursunzoda
@Asadbek_Tursunzoda

6) Shohrux Davron Ergashev
@sezimlarim

7)Bahromjonov Akromjon
@ali_Baxromzoda

8)Ilyos Hamroz

9) Umid Rasul

10) Oydin Raxmatullayeva
@Miss_Oydin

11)Botir Bannop
@BotirBannop

12) Xusanova Bibisora
@sora_unsiya_sherlari

@Asadbek_Tursunzoda
1.2K views06:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 04:30:02
#Oq_She'r

OʻLIM

Oʻlim qandayin baxt-a?!
Barini unitib ketasan,
Dardlardan qutilib shunchaki.
Sovuq qabr tomon asta yetasan,
Ortingda qoladi ortdan gapirgan
Ogʻzi boʻsh-u, katta quloqlar.
Qabringni bezaydi hammasidan ham
Somondan qilingan shuvoqlar.
Qiyomat boshlanar sen uchun—
Ruhingni Jannat yo doʻzaxga tortasan.
Musulmon holatda yashagan boʻlsang,
Aytgin doʻstim nedan qoʻrqasan.
Koʻplar senga qiladi havas
Maysalar oʻsganda qabringdan.
Eslagandek boʻlib oyda, yilda bir
...Uyalib keladi qadringdan!..
Sen baxtga erishding In Shaa Alloh,
Baxtlilar jannatda deyilgan!
Biz uchun bilmadim qay vaqtda
Qazoimiz vaqti berilgan.
Oʻlmoq bilsang qanchalar quvonch,
Asli bu ham katta bir toʻyda.
Ortingdan yo savob yo gunoh,
Borishini bir oʻylab koʻrda.
Huzayfa ne-amal qilgansan ?
Shunchalik oʻlimni yoqtirib.
Men faqat yashayman oʻlim bahona–
Allohning vasliga oshiqib.

Botir Bannop

2022-yil, iyul.

T.me @BotirBannop
2.9K viewsedited  01:30
Ochish/sharhlash