Get Mystery Box with random crypto!

SHUNAQA Bilmam, neni yozay, ko'nglingiz xushlab, Sheʼrlarim q | BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂

SHUNAQA

Bilmam, neni yozay, ko'nglingiz xushlab,
Sheʼrlarim qogʻozlar bezagan payti.
Topolmadim minglab lug'atlar ichra,
Xaqiqiy shoirning bir dona bayti.

Sizni yozay desam so'z topilmaydi,
Bitta sheʼr ne boʻpti, yozish osonku!
Sochlaringiz rangin yozish sharaf, lek,
Sizga quvonch boʻlsa, menga gunohku!..

Oʻylamang, qalbimni g'arib, nodon deb,
Uyaldim, o'ylamay har ne deyishdan.
Qo'rqaman shaxvoniy so'zlarim uchun,
Qiyomat kunida javob berishdan.

Har bitta soʻzimni bordur hisobi,
Har bitta soʻzimga beraman javob.
Nojoiz yozilgan misralar uchun,
Sizni deb bu ruhim boʻlmasin harob.
Sizni deb bu ruhim boʻlmasin harob.

Botir Bannop

P/s menga Sheʼr yozib bering deb murojaat qilgan qizlarning xammasi uchun qoʻldan kelgancha yozdim. Xatolari boʻlsa ayibga buyurmaysizlar