Get Mystery Box with random crypto!

17-#HIKOYAM HAQIQIY SEVGI Har doimgidek bugun ham bozorga er | BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂

17-#HIKOYAM

HAQIQIY SEVGI

Har doimgidek bugun ham bozorga erta tongda narsa sotgani yoʻlga otlandim. Biroz sovuqligini hisobga olmaganda hammasi yaxshi. Erta tongda uyqusiragan quyosh bilan goʻyo poygalashgandek bozorga ham yetib keldim. Birinchi savdo barakali boʻlgani uchunmi, bozorim rosa oʻxshadi. Soʻng, kun qizdirib odamlarni ozaytira boshladi. Bozor ham tugash arafasida yonimdagi savdogar yigit bilan beixtiyor tanishib qoldim. Aytishicha, qoʻshni viloyatdan ekan. (ishonasizmi, menga sevgan qizi haqida toʻlib- toshib gapirib berdi.) Oʻzi savdoga qiziqmasa ham ataylab Andijondan Fargʻonaga faqat oʻsha qizni koʻrgani kelar ekan.
Savolga tutib undan soʻradim:
—Uni rostdan ham haqiqatdan ham sevasizmi?
—Ha, albatta, borimni berib sevaman! U uchun hamma narsaga tayyorman!, - xullas oʻsha mubolagʻaga boy gaplar bilan rosa ta'rif berdi. U qiz nechanchi yil-u, otasi qayerdan, onasi qayerdan, akasi nima ish qiladi, xullas, hamma maʼlumotni aytib berdi. Kulimsirab- "Qoyil qoldim!"- dedim, koʻzlariga qarab, bola hayron boʻlib - "Nega siz hechkimni bu qadar sevmaganmisiz ?–dedi. —Nega endi sevaman Allohni, Paygʻambarimni–, desam, – "Ha, ularni men ham sevaman"‐, deya gapini toʻgʻirlab oldi.
–Hoʻp, doʻstim, ularni sevar ekansiz oʻsha qizni ma'lumotini bilganingiz kabi Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida ham shunchalik bilasizmi? Bilsangiz ayting, menga ham takror boʻlsin. Qayerda tugʻilgan, otasi kim boʻlgan, nima ish bilan shugʻullangan?– deb sukut saqladim. Rosti achinib ketdim. Hattoki, paygʻambarimizni ismini eshitib, salovat aytishni bilmagani uchun.
–Hoʻp, doʻstim, unda menga bitta misol ayting. Allohni qanchalik sevishingiz haqida oʻsha qiz uchun boshqa viloyatdan har hafta koʻrgani kelar ekansiz, eng uzoq masjidga Allohni baytiga yana boshqa ahli ilmlardan ham ilm olgani qaysi masjidga borgansiz?– deb soʻrashimga uyalgancha,
– Yoʻq, men endi Namozni boshlamoqchiman–, deya gapni boshqa tomonga burdi.
–Xullas, doʻstim, sizga zoʻr maslahat beraymi?- desam,
– Ha, bering, faqat u qizdan keching, demang! Usiz yasholmayman...– degancha, hayajonlanardi. –Maslahatim ham shu! Shaytoniy tuygʻularni yigʻishtiringda, halolingizni kutib yashayvering. Qoʻrqmang, doʻstim, sizga yozilgan inson menga kelib qolmaydi. Taqdiringizda oʻsha qiz yozilgan boʻlsa boʻldi. Sevgini unutingda, Allohdan xayrli juft berishini soʻrang. Agar siz rostan ham u qizni sevsangiz, uni unutasiz! U bilan birga qoʻl ushlashib, xabarlar yozishib u qizni gunohini koʻpaytirishdan qoʻrqing. Hali ham kech emas. Siz haqiqiy sevgilingiz Allohni sevgisini qozonishi uchun intiling. Banda oʻrtasidagi har qanday nikohsiz sevgi bu– Shaytoniy sevgidir!

P/s Oʻsha bolani oʻrnida siz boʻlib qolganingizda savollarimga javob bera olarmidingiz? Oʻzingizga savol berib koʻring. Qisqa gapiraman– eng yaxshisi ALLOHDAN HAYO QILING.


Botir Bannop

2022-yil

T.me @BotirBannop