Get Mystery Box with random crypto!

Bo'lmag'ur reklama

Telegram kanalining logotibi boshqatdanqil — Bo'lmag'ur reklama B
Telegram kanalining logotibi boshqatdanqil — Bo'lmag'ur reklama
Kanal manzili: @boshqatdanqil
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 988
Kanalning ta’rifi

Reklamachi va marketologlar uchun "bunday qilish mumkin emas" mavzusidagi reklamalar ro'yxati.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-13 13:07:30
Агробанкда ақлли Smart Office очилди

Аҳоли ва бизнес вакиллари, шунчаки банк хизматларидан фойдаланмоқчи бўлган фуқаролар учун Агробанк "Smart Office" хизматларини йўлга қўйишни бошлади.

Smart Office - ақлли шахобча бўлиб, банк ходимлари иштирокисиз 24/7 режимида фаолият юритади.

Офисда “Ресепшн-Робот” мижозларни қизиқтирган саволларга жавоб бериб, кўрсатилаётган хизматлар ва қурилмалардан қандай фойдаланиш ҳақида батафсил маълумот беради.

Картомат қурилмасида мижозлар HUMO ва Visa пластик карталарини олиш ёки яроқлилик муддати ўтган ёки носоз бўлиб қолган ҳамда йўқолган шу турдаги пластик карталарни қайта чиқариш имкониятига эга бўлади.

Юридик шахс ва якка тартибдаги тадбиркорлар учун банкка ташриф буюрмасдан онлайн тарзда ҳисоб рақамига инкассация қилиш, нақд миллий валюта орқали барча турдаги пластик карталарни тўлдириш ва Агробанк томонидан расмийлаштирилган кредитга ҳисобланган фоизларни нақд миллий валютада тўлаш каби кўплаб хизматлар мавжуд.
Реклама
851 views10:07
Ochish/sharhlash
2022-05-13 12:37:45
Agrobank o'zining 4-5ta bankomat jamlangan budkasini hammayoqda "smart ofis" deb reklama qilyapti. Oddiy ATM budka.

Bu bankomatlarni eplab, chiroyliroq qilib, sezdirmay (нативно) joylashtirgan bo'lsa ham mayli edi. SMART OFIS tushunchasidan esa bu narsa umuman uzoqda.

Bo'lmaydi, @boshqatdanqil
863 viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2022-05-12 17:54:14
Hyundai nomini ko’pchilik hamma noto’g’ri talaffuz qiladi. Shuning uchun brend doim buning ustida ishlaydi, matnlarda, reklamada, blogerlar orqali.

Hyundai Uzbekistan saytida ham brend nomi rus tilida talaffuzga to’g’rilab yozilgan. Ammo o’zbek tilida esdan chiqibdi.

Bo’lmaydi, @boshqatdanqil
919 views14:54
Ochish/sharhlash
2022-05-05 08:43:42
Nakrutka bu muvaffaqiyatmi yoki mag’lubiyat?

Shaxsiyga bir mashxur odamning marketing va biznes haqida yangi kanalidan skrin shot yuborishdi va “qanday qilib uch kun oldin 800 ta obunachisi bor kanalda birdaniga 10,000 ta qo’shilgan?” - deb savol keldi.

Qanday? Albatta, “nakrutka” orqali. Lekin bu javobni berishdan oldin kanalni ochiq resurlar orqali tekshirib ko’rdim. Haqiqatdan, bir kunda, bir dona ham reklamasiz, 12,600 (hozir undan ham ko’proq) obunachi qo’shilgan. Reklama bo’lganida ham bir fursatda bunday ko’rsatkichga chiqish imkonsiz.

Obunachilar botmi yoki haqiqiy foydalanuvchi ekanligi “nakrutka” qaysi tarif bo’yicha xarid qilinganiga bog’liq.

Nakrutkali kanallar ko’p, ammo bunaqa toza bo’lmagan ishlar bilan o’zini mutaxassis deb ataydigan, bo’lib ham marketing sohasidagi odam shug’ullansa - odam soha uchun, bu sohaga qiziqqan, kimlargadir muxlis bo’lganlar uchun afsuslanar ekan.

Bo’lmaydi, @boshqatdanqil
4.6K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2022-05-04 17:24:58
“Pozitsiyashtiring” - deydi Traut

Brend - bu kompaniya va mahsulot haqidagi iste’molchining fikri, tuyg’usi va tasavvurlari. Bu tasavvur, uzoq vaqt bir xillikka rioya qilgan holda shakllantiriladi.

Brending, brend strategiya, kommunikatsiyalar - bu brend qurishning qurollari. Nom va ijtimoiy tarmoq sahifalari ham.

Brendni biron so’z / iboralar bilan nomlab, undan o’zgacha harakatlar qilib bo’lmaydi. “Books” - deb yozilgan sahifada kitob reklama qilinishi kerak. Kiyim yoki tekstil mahsulotlari uchun boshqa sahifa talab etiladi. Yoki, kategoriyalarni umumlashtirish rejasi bo’lsa - unda books so’zini olib tashlagan ma’qul.

Bo’lmaydi, @boshqatdanqil
1.7K views14:24
Ochish/sharhlash