Get Mystery Box with random crypto!

#kitobdan 2-qism Hadislar to'plami Abu Hu | Subyektiv | blog

#kitobdan
2-qism

Hadislar to'plami

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vassalam aytadilar: "Alloh taolo dedi: "Odam bolasining hamma amali o'zi uchun, faqat ro'za Men uchundir va uning mukofatini O'zim beraman".
Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Bashir ibn Xasosiya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vassalam shunday dedilar: "Alloh aytdi: "Ro'za do'zahdan qalqondir. Ro'za Mening uchundir, uning mukofatini O'zim beraman. Zero, ro'zador Meni deb yeyishdan, ichishdan va nafsoniy istaklaridan voz kechadi. Ro'zador og'zining hidi Alloh uchun mushk hididan ham yoqimliroqdir".
Bag'aviy va Tabaroniy rivoyat qilishgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vassalam: "Kim Ramazon ro'zasini iymon bilan, savob umidida tutsa, o'tgan gunohlari kechiriladi", deganlar".
Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Abu Sa'id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vassalam: "Kim Allohning yo'lida bir kun ro'za tutsa, Alloh uning yuzini do'zahdan 70 kuzlik(yillik masofaga) uzoq qiladi", dedilar".
Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vassalam: "Kim ro'zadorga iftor qilib bersa, unga uning ajricha ajr bo'ladi. Shu bilan birga, ro'zadorning ajridan hech narsa kam bo'lmaydi", dedilar".
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.

P.s. Buni o'qiguncha hadislarni o'qi, ilmingizga ilm qo'shilsin. Post uzun ekan deb o'qimay ketaverasanmi.

@Booker_blog