Get Mystery Box with random crypto!

#kitobdan 1-qism Ro'za qanday ibodat Ro'za Payg'am | Subyektiv | blog

#kitobdan
1-qism

Ro'za qanday ibodat

Ro'za Payg'ambarimiz Madinaga hijrat qilgandan 1,5 yil o'tgach, ya'ni 18 inchi oyi, sha'bon oyining 10-kunida qibla Baytul maqdisdan Ka'ba tarafga o'zgarganidan keyingi oyda farz qilingan.

Shar'iy istilohda Ramazon oyida tong otgandan to quyosh botguncha niyat bilan ovqat yemaslik, ichimlik ichmaslik, jinsiy yaqinlik qilmaslik "ro'za" deyiladi.

Ro'za Alloh taologa muhabbat va ixlos belgisi sifatida bajariladi hargiz sog'likni tiklash va shunga o'xshash boshqa niyatlarda emas.

Kishi niyatsiz kunni quyosh botgunicha yemasdan, ichmasdan va jimo qilmasdan o'tkazgani bilan ro'za tutgan hisoblanmaydi, chunki ro'zada yeyish ichish va jimodan saqlanish niyat bilan bo'lishi farzdir.

Mo'minning qalqoni

@Booker_blog