Get Mystery Box with random crypto!

#kitobdan 3-qism Ro'za turlari Lozim ro' | Subyektiv | blog

#kitobdan
3-qism

Ro'za turlari

Lozim ro'za 2 ga bo'linadi: farz va vojib
1. Farz ro'za ham 2 ga bo'linadi:
Tayin qilingan farz ro'za - Ramazon ro'zasini ado qilishdir.
Tayin qilinmagan farz ro'za - Ramazonning qazosi va kafforatining ro'zasidir.
2. Vojib ro'za ham 2 ga bo'linadi:
Tayin qilingan vojib ro'za - muayyan nazr (tayinli kun) ro'za va Ramazon oyining hilolini ko'rib, shahodati qabul qilinmagan kishining ro'zasidir.
Tayin qilinmagan vojib ro'za -
А) Nazr ro'za (mutlaq ro'za ham deyiladi). Bu kunni tayin qilinmasdan, bir kun ro'za tutishni nazr qilgan kishining ro'zasidir.

Б) Muayyan kunda ro'za tutishni nazr qilib, tuta olmagan kishining qazo ro'zasidir.

В) Nafl ro'zani tutishni boshlab, oxiriga yetkazmay, ochib yuborgan kishining o'sha kun uchun tutadigan qazo ro'zasi.

Г) Рўза тутишга касам ичиб, зиммасига рўзани вожиб килиб олган кишининг рўзаси.

д) каффорат рўзалари: зиҳор, катл, Рамазоннинг рўзасини касддан очиб юбориш ва касамни бузганининг каффорати учун тутиладиган рўзалар.

е) Таматтуъ ва кирон учун эҳромга кириб, курбонлик кила олмаган кишининг ўн кунлик рўзаси.

ж) Эхромдалик чогида, вакти кирмасидан олдин соч
олдирган кишининг каффорат учун тутадиган уч кун- лик рузаси.

3) Харамда ов килишнинг жазоси учун тутиладиган рўза.

и) Эътикофини бузиб кўйган кишининг казо рўзаси.

Davomi bor...

Share
And
Join for more:
@Booker_blog