Get Mystery Box with random crypto!

BOLA VA ERTAK Qor, izgʼirin tashqari, Guvillab yonar pechka. | BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

BOLA VA ERTAK

Qor, izgʼirin tashqari,
Guvillab yonar pechka.
Quyosh botib gʼarb sari,
Vaqt borib qolgan kechga.

Choʼpchak aytar bolaga,
Kampir pechka oldida.
Bir payt bola koʼziga,
Uyqu kelib qoldi-da,

Buvisi koʼtardi-da,
Koʼrpasiga oʼradi.
Аlbatta u tushida,
Ertaklarni koʼradi.

Ertak yolgʼon boʼlsa xam,
Berilib eshitarlar,
Bolalar ulgʼaysa xam,
Uni qoʼmsab yasharlar!