Get Mystery Box with random crypto!

KOPTOK VA OYNA Bolakay koptok tepib, Oʼyinga xoʼp berildi. Bi | BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

KOPTOK VA OYNA

Bolakay koptok tepib,
Oʼyinga xoʼp berildi.
Bir payt koptogi uchib,
Derazaga urildi.

Sinibdi chil-chil boʼlib,
Derazaning bir koʼzi.
Bolajon qattiq qoʼrqib,
Oqarib ketdi yuzi.

Bunday ish uchun chindan,
Jazo berishar «boplab».
Bolakay choʼchib shundan,
Qoldi juftakni rostlab.

Xar narsaga aslida,
Berib boʼlmas doim chap.
Shuning uchun baʼzida,
Bir kesing, yetti oʼlchab!